KAFEDRA TARIXI “O’zbek va rus tili” kafedrasi 2018 yil 29 avgustdan “Tillarni o’rgatish” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi. Kafedra mudiri etib Nishonov Usmonxon Ibragimovich tayinlandi 1967 yilda tug’ilgan. 1994 yil Simferopol davlat universitetini tamomlagan. Oilali. 2nafar farzandning otasi. Kafedra xizmat ko’rsatuvchi kafedra bo’lib institutning barcha ta’lim yo’nalishlari birinchi bosqich talabalariga rus va o’zbek tili fanlaridan dars mashg’ulotlari olibboradi. 2019 yil dekabr oyidan kafedra O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda.
KAFEDRA TARKIBI
Madumarov Ravshanbek Abdiraxmonovich- katta o’qituvchi
O’QUV-USLUBIY ISHLAR Kafedrada o’zbek va rustillari o’qitilib, professor-o’qituvchilar fanlar bo’yicha test savollari, uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatma, o’quv uslubiy majmua tayyorlaydilar. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladilar. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Qaror va Farmonlari mazmun-mohiyatini o’rganish bo’yicha viloyatimiz shahar va tumanlarida aholining turli qatlam vakillari o’rtasida muntazam targ’ibot–tashviqot ishlari olib borishadi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish borasida fanlardan to’garaklar tashkiletilgan.
ILMIY ISHLAR Kafedra o`qituvchilaridan D.Turdaliyeva O`zbek xalq maqollarining lingvopoetik xususiyatlari mavzusida olib borgan ilmiy tadqiqot ishini muvaffaqiyatli ximoya qilib filolologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Bugungi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan o`qituvchilardan Atadjanova B.T, D. Xolmatova va F.Tursunovalar OTM ilmiyKengashitomonidan tasdiqlangan mavzulari bo`yicha mustaqil izlanishlarini olib borishmoqda.Kafedrada Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini muntazam ravishda tezis va maqola shaklida horijiy va respublika amaliy anjumanlar materiallarida nashr etilib kelinmoqda.
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING CHOP ETGAN MAQOLALARI RO’YHATI:
Nishonov U.I. Rossiya Federatsiyasi «Достижения науки и образования» ilmiy jurnali 2018 yil 15 sonida «Билингвизм и его использование в обучении».
Umarova D.Z AQSH, Boston «INSTITUTE OF NATIONAL IDEOLOGY», nashriyotining 25.12.2017й. 11(42) sonly xalqaro jurnali. “МАШИНА “МАДАДКОР”- ДЛЯ ОЧИСТКИ ОРОШАЕМЫХ ЗЕМЕЛЬ ОТ СОРНОЙ РАСТИТЕЛЬНОСТИ”
Rossiya Federatsiyasi «Вопросы науки и образования» ilmiy jurnali fevral 2(14) sonida «ИННОВАЦИОННЫЕ РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН»
Парпиева М. Rossiya Federatsiyasi «Вопросы науки и образования» ilmiy jurnali 2018 yil mart 3 sonida “Составление текстов как одна из коммуникативных форм работы со студентами “, 2018 yil may 7- sonida «Информационно-коммуникационные технологии в процессе обучения русскому языку как не родному», 2018 yil iyun 8 sonida “Развитие мотивации у студентов к изучению языка”.
Isroilova S. Rossiya Federatsiyasi «Вопросы науки и образования» ilmiy jurnali 2018 yil mart 3 sonida “Понимание «Интерактивность» и «Интерактивное обучение» в образовательной среде”.
М.Abdullayeva. Rossiya Federatsiyasi «Вопросы науки и образования» ilmiyjurnali 2018 yilmart 2 sonida «Интерактивные формы обучения в современном вузе».
Atadjanova B. Rossiya Federatsiyasi «Достижения науки и образования» ilmiyjurnali 2018 yil 8 sonida «Проблемы изучения лексики русского языка в национальных группах».
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR: Kafedra o’qituvchilari shahar, viloyat va institute miqyosidagi tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Davlat miqyosida nishonlanadigan shoir va yozuvchilarning tug'ilgan kunlariga, muhim sanalarga bag'ishlangan turli xil ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, davra suhbatlari o’tkazish an'anaga aylangan. Тalabalar bo’sh vaqtini maqsadli o’tkazishlari uchun, тalabalar yotoqxonasida o’tkaziladigan ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar doirasida har oy yotoqxonada "Kafedra kuni" o’tkaziladi.
21oktabr kuni kafedra o’qituvchilari tomonidan, O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to’lishi munosabati bilan, tadbir o’tkazildi. Tadbirda 40-IDUM o’quvchilari va talabalar ishtirok etdilar. o’quvchilar o’zlarining kontsert dasturlari bilan chiqish qildilar. Ularning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.