Massaj (uqalash)
Massaj deb, maxsus usullar bilan organizm to‘qimalariga mexanik ravishda ta’sir qilishga aytiladi. Bir necha xil massaj farq qilinadi.
Shifobaxsh massaj, bundan turli kasalliklarda keng foydalaniladi.
Gigiyenik massaj, uni organizmni sog‘lomlashtirish va kasalliklar oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Тeri funksiyasini yaxshilovchi kosmetika massaji ham shu turkumga kiradi.
Sport massaji, uning maqsadi organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va sportchida charchash alomatlarini bartaraf etishdan iboratdir. Undan (ko‘pincha o‘z o‘zini massaj qilib) sportchilar sportiv chiniqishdan oldin va charchaganda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |