Oddiy fizioterapiya muolajalarini o‘tkazishda ham hamshiralar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari shart. Buning uchun ular har bir ishlatiladigan asbobning texnik pasporti bilan tanishtirilishi va mas'ul texnika xavfsizligi muhandisi tomonidan instruktaj o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Hamshira har bir muolajaning ko‘rsatmalari va monelik qiluvchi holatlarini to‘la bilmog‘i, xato va kamchiliklar natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bilishi, shunday asoratlar kelib chiqqanda shoshilinch yordam bera olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |