ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
205
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
ilova
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| 17-Mavzu: Me’da-ichak yo’llari muammolarida bemorlarga hamshiralik parvarishi Reja:
Me’da-ichak tizimi kasalliklarida hamshiralik parvarishi 2.Huqna turlari, maqsad va vazifalari
3.Qusish va uning turlari 4.Qusishda 1-yordam ko’rsatish
Bemorlаrdа huqnа o‘tkаzishning аhаmiyati, mаqsаd vа vаzifаlаri
Sog‘lom odamning ichi muntazam ravishda kuniga bir marta bir paytda bo‘shaladi. Ayrim kasalliklarda bemorlarda ich kelishi to‘xtaydi (qabziyat). Bunday hollarda ichni yumshatadigan mahsulotlar, surgi dorilar, shuningdek, huqnalar qo‘llaniladi. Huqna deb, davo va tashxis maqsadida yo‘g‘on ichakning pastki bo‘lagiga turli suyuqliklarni kiritishga aytiladi. Huqnalarning: tozalovchi, sifonli, oziqli, dorili, tomchili, moyli turlari bo‘ladi. Huqna uchun Esmarx krujkasidan foydalaniladi. Krujka tubida uzunligi 1,5 va diametri 1 sm bo‘lgan yo‘g‘on devorli rezina naycha kiydirilgan so‘rg‘ichli teshik, naycha uchida esa suyuqlikning ichakka tushishini boshqarib turadigan jo‘mragi bo‘ladi. Nay choyning erkin uchiga uzunligi 8–10 sm li ebonit yoki plastmassadan yasalgan uchlik kiydiriladi. U but- butun va chetlari silliq bo‘lishi kerak. Ishlatilgandan so‘ng uchlikni sovun bilan iliq suv ostida yuviladi, 1% li xloramin eritmasida 30 daqiqa zararsizlantiriladi.
Tozalovchi huqna
Kerakli ashyolar: Esmarx krujkasi, vazelin, uchlik, tog‘ora, iliq suv, kushetka, kleyonka, tuvak, osib qo‘yish uchun shtativ, termometr. Ko‘rsatmalar: 1) ich kelmay qolishi; 2) operatsiyalarga, yo‘g‘on ichakni endoskopiya qilish va rentgenologik tekshirishlarga tayyorlash; 3) zaharlanish va intoksikatsiyalar; 4) davo, oziqli va tomchili huqna qilish oldidan.
Monelik hollari: 1) to‘g‘ri va yo‘g‘on ichakdagi yallig‘lanish hollari; 2) qonab turadigan bavosil; 3) to‘g‘ri ichakning tushishi; 4) me’da va ichaklardan qon oqishi.
Muolaja algoritmi:
Xona haroratiga206ega bo‘lgan oddiy suv yoki romashkadan tayyorlangan qaynatma, zararsizlantirilgan uchlik, vazelin tayyorlanadi.
Esmarx krujkasiga uy haroratiga ega bo‘lgan 1,5 litr suv quyiladi, krujka yuqoriga ko‘tariladi, uchlik pastga tushiriladi va jo‘mrakni ochib, ozroq miqdorda suv bilan birga, undagi havo chiqarib tashlanadi. So‘ngra rezina naychadagi jo‘mrak berkitiladi.
Bemorni kushetka chetiga kleyonka to‘shab, chap yonboshi bilan, oyoqlari bukilib, qorniga tortgan holda yotqiziladi.
Uchlikka yaxshilab vazelin suriladi va chap qo‘l bilan bemorning dumbalarini kerib orqa chiqaruv teshigiga asta-sekin kiritiladi. Uchlikni avval yuqoriga va oldinga 8–10 sm kiritiladi, so‘ngra aylanma yengil harakatlar bilan tashqi sfinkter qarshiligini yengib, birmuncha orqaga buriladi.
Esmarx krujkasi 1 m balandlikkacha ko‘tariladi va suv bosim ostida yo‘g‘on ichakka tushadi.
Eritma kirtilgandan so‘ng jo‘mrak yopiladi va aylanma harakat qilib uchlik asta- sekin chiqariladi.
Muolaja tugagach, krujka yuviladi, quriguncha artiladi va ustiga doka yoki sochiq yopib qo‘yiladi.
Ayrim hollarda axlat yig‘indisi shunchalik qattiq bo‘ladiki, huqna qilishga imkon bo‘lmaydi. Bunday hollarda axlatni to‘g‘ri ichakdan vazelin surtilgan rezina qo‘lqop taqib, barmoq bilan chiqarishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |