To‘g‘ri ichakka yel haydovchi naycha kiritish
Kerakli ashyolar: yel haydovchi naycha, sudno (tuvak), kleyonka, vazelin, salfetka.
Muolaja algoritmi:
Yel haydovchi naycha, tagga qo‘yadigan tuvak, vazelin, kleyonka tayyorlanadi.
Bemor oyoqlari bukilgan holda, tagiga to‘rt buklangan oqliq solib chap yonboshi bilan yotqiziladi.
Naychaning yumaloqlangan uchiga vazelin surtilib, to‘g‘ri ichakka 20–40 sm ichkariga kiritiladi. Yel haydovchi naychaning tashqi uchi bemorning tagiga qo‘yilgan yoki yonboshida turgan tuvakka tushiriladi. Naycha ichakdagi yel chiqib ketmaguncha turishi kerak. Bir soat o‘tgach, naychani ehtiyotlik bilan chiqarib, orqa chiqaruv teshigi nam doka bilan artiladi, vazelin surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |