Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 6,09 Mb.
bet185/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

ilova


Baholash mezoni va ko’rsatkichlari

t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball



1

Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi



5


2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi


4


3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega


3


4

Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.


2
    1. ilova


Kichik guruhlarda ishlash qoidasi


1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish

205

Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari


  1. ilova



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy

ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy

ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat

natijalari















4.

O’rtacha bahosi












17-Mavzu: Me’da-ichak yo’llari muammolarida bemorlarga hamshiralik parvarishi

Reja:


    1. Me’da-ichak tizimi kasalliklarida hamshiralik parvarishi 2.Huqna turlari, maqsad va vazifalari

3.Qusish va uning turlari 4.Qusishda 1-yordam ko’rsatish

Bemorlаrdа huqnа o‘tkаzishning аhаmiyati, mаqsаd vа vаzifаlаri


Sog‘lom odamning ichi muntazam ravishda kuniga bir marta bir paytda bo‘shaladi. Ayrim kasalliklarda bemorlarda ich kelishi to‘xtaydi (qabziyat). Bunday hollarda ichni yumshatadigan mahsulotlar, surgi dorilar, shuningdek, huqnalar qo‘llaniladi. Huqna deb, davo va tashxis maqsadida yo‘g‘on ichakning pastki bo‘lagiga turli suyuqliklarni kiritishga aytiladi. Huqnalarning: tozalovchi, sifonli, oziqli, dorili, tomchili, moyli turlari bo‘ladi. Huqna uchun Esmarx krujkasidan foydalaniladi. Krujka tubida uzunligi 1,5 va diametri 1 sm bo‘lgan yo‘g‘on devorli rezina naycha kiydirilgan so‘rg‘ichli teshik, naycha uchida esa suyuqlikning ichakka tushishini boshqarib turadigan jo‘mragi bo‘ladi. Nay choyning erkin uchiga uzunligi 8–10 sm li ebonit yoki plastmassadan yasalgan uchlik kiydiriladi. U but- butun va chetlari silliq bo‘lishi kerak. Ishlatilgandan so‘ng uchlikni sovun bilan iliq suv ostida yuviladi, 1% li xloramin eritmasida 30 daqiqa zararsizlantiriladi.

Tozalovchi huqna


Kerakli ashyolar: Esmarx krujkasi, vazelin, uchlik, tog‘ora, iliq suv, kushetka, kleyonka, tuvak, osib qo‘yish uchun shtativ, termometr. Ko‘rsatmalar: 1) ich kelmay qolishi; 2) operatsiyalarga, yo‘g‘on ichakni endoskopiya qilish va rentgenologik tekshirishlarga tayyorlash; 3) zaharlanish va intoksikatsiyalar; 4) davo, oziqli va tomchili huqna qilish oldidan.

Monelik hollari: 1) to‘g‘ri va yo‘g‘on ichakdagi yallig‘lanish hollari; 2) qonab turadigan bavosil; 3) to‘g‘ri ichakning tushishi; 4) me’da va ichaklardan qon oqishi.

Muolaja algoritmi:


  1. Xona haroratiga206ega bo‘lgan oddiy suv yoki romashkadan tayyorlangan qaynatma, zararsizlantirilgan uchlik, vazelin tayyorlanadi.

  2. Esmarx krujkasiga uy haroratiga ega bo‘lgan 1,5 litr suv quyiladi, krujka yuqoriga ko‘tariladi, uchlik pastga tushiriladi va jo‘mrakni ochib, ozroq miqdorda suv bilan birga, undagi havo chiqarib tashlanadi. So‘ngra rezina naychadagi jo‘mrak berkitiladi.

  3. Bemorni kushetka chetiga kleyonka to‘shab, chap yonboshi bilan, oyoqlari bukilib, qorniga tortgan holda yotqiziladi.

  4. Uchlikka yaxshilab vazelin suriladi va chap qo‘l bilan bemorning dumbalarini kerib orqa chiqaruv teshigiga asta-sekin kiritiladi. Uchlikni avval yuqoriga va oldinga 8–10 sm kiritiladi, so‘ngra aylanma yengil harakatlar bilan tashqi sfinkter qarshiligini yengib, birmuncha orqaga buriladi.

  5. Esmarx krujkasi 1 m balandlikkacha ko‘tariladi va suv bosim ostida yo‘g‘on ichakka tushadi.

  6. Eritma kirtilgandan so‘ng jo‘mrak yopiladi va aylanma harakat qilib uchlik asta- sekin chiqariladi.

  7. Muolaja tugagach, krujka yuviladi, quriguncha artiladi va ustiga doka yoki sochiq yopib qo‘yiladi.

  8. Ayrim hollarda axlat yig‘indisi shunchalik qattiq bo‘ladiki, huqna qilishga imkon bo‘lmaydi. Bunday hollarda axlatni to‘g‘ri ichakdan vazelin surtilgan rezina qo‘lqop taqib, barmoq bilan chiqarishga to‘g‘ri keladi.


Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish