ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| 19-Mavzu: Siydik ajralishi muammolarida hamshiralik parvarishi Reja:
Siydik ajratish organlari tuzilishi va funksiyalari
siydik qopini katetrlash, maqsadi va turlari
Siydik ayirish organlari kasalliklarida tashqi jinsiy a’zolar gigienasi
Siydigi tutilib qolgan va siydigini tutib turolmaydigan bemorlarni parvarishlash Siydik tutilishi (ishuriya) – to‘lib ketgan qovuqni bo‘shata olmaslik – siydik
yo‘liga tosh tiqilib qolishi, yallig‘lanishi, o‘sma paydo bo‘lishi yoki chandiqlanib tortishib qolishi tufayli siydik chiqarish kanali o‘tkazuvchanligining buzilishidan vujudga kelishi mumkin. Qo‘shni a’zolar va to‘qimalar jarohatdan shikastlanganda, shuningdek yallig‘lanish, o‘sma kasalliklari va chandiq hosil qiladigan turli-tuman xastalik bilan og‘riganda siydik chiqarish kanali bosilib qolishi mumkin. Siydik tutilishi ko‘pincha keksa yoshdagi erkaklarda o‘sib kattalashgan prostata bezining siydik chiqarish kanalini bosib qolishi natijasida kelib chiqadi. Siydik tutilishi nerv boshqaruvining buzilishi sababli ro‘y beradigan ishuriya markaziy va periferik nerv sistmasining har xil kasalliklarida paydo bo‘ladi, shuningdek vegetativ nerv sistemasi faoliyati buzilganda, operatsiya va tug‘ruqdan keyingi davrda uchrab turadigan asorat hisoblanadi. Ayrim bemorlar odatdan tashqari sharoitlarda: boshqa kishilar oldida, gorizontal holatda qovug‘ini bo‘shata olmaydilar. Siydik tutilishi o‘tkir, surunkali, to‘liq va chala bo‘lishi, azob beradigan darajada zahar tang qilishi bilan va bularsiz o‘tishi mumkin. Siydik chala tutilganda normada to‘la va kuchli bo‘lib turgan siydik oqimi ingichka, jildiragan, uzuq-yuluq bo‘lib qoladi, ba’zan siydik tomchilab turadi. Bunday bemorni parvarish qilayotgan hamshiraning vazifasi bemor qovug‘ini bo‘shatadimi yo‘qmi, uni kuniga necha marta bo‘shatgani va qancha siydik ajratganini kuzatishdan iborat. Nerv sistemasi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga alohida e’tibor berish lozim. Bunday xastaliklar aksariyat qovuqning falajlanishi va sfinkterning spazmi bilan o‘tadi, ayni vaqtda bemor yozilgisi kelmaydi, natijada g‘oyat to‘lib va juda cho‘zilib ketgan qovuq yorilishi mumkin. Operatsiya yoki tug‘ruqdan keyin, shuningdek biror kasallikda olti soat ichida siydik kelmasa, imkoni boricha kateter solmasdan turib, qovuqni bo‘shatish choralarini ko‘rish lozim. Ba’zan22s6iydik kelishi uchun be’morning yakka o‘zini qoldirish yoki uni o‘tirgan holatda ushlab turishning o‘zi kifoya qiladi. Ko‘pincha krandan shildirab oqayotgan suv oqimi siydik ajralishi refleksini vujudga keltiradi.
Xuddi shu maqsadda issiq qilinadi — qorinning pastiga isitgich qo‘yiladi, tashqi jinsiy a’zolar (ayollarda) iliq suv bilan chayiladi yoki jinsiy olat (erkaklarda) iliq suvga solib turiladi, 100 ml iliq suvga huqna, umumiy yoki mahalliy vanna qilinadi (bunga monelik qiladigan hollar bo‘lmasa), bolalarda ikkinchi bolani uning oldida siydirish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |