Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet219/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Shoshilinch yordam. 1. Asosiy kasallikni tegishlicha davolash (antibiotiklar, sulfanilamid vositalar3v42a boshqalar).

  1. Suv almashinuvining buzilishini korreksiyalash (degidratatsiya suvsizlanish holatlarida disol, asesol, poliglukin va boshqalar).

  2. Ganglioblokatorlar bilan periferik qon aylanishini normallashtirish (arterial gipertenziyani bartaraf etguncha), badanni tarkibida spirt tutuvchi eritmalar bilan qizarguncha ishqalash, iloji boricha qonni teriga yetkazish va issiqlik chiqib ketishini ta'minlash.

  3. Тermoregulatsiya sistemasini antipiretik vositalar bilan blokada qilish (50% li analgin 0,5–1,0 ml, 2,5% li aminazin 0,3–0,5 ml va boshqalar).

  4. Isitma tushiruvchi dori moddalarini (aspirin – 1 tabletka, parasetamol 1–2 tabletka, panadol 1–2 tabletka yoki 1–2 qoshiq va boshqalar) ichirish.

  5. Katta qon tomirlar o‘tish joylariga (qo‘ltiq osti, bo‘yin, chov sohalariga) muzli flakon yoki xaltalar qo‘yish, badanni sovuq suvga ho‘llangan choyshab bilan o‘rash, shamollatgich bilan badanni shamollatish.

  6. Me’dani sovuq suv bilan yuvish, sovuq suvli huqnalar qilish.

  7. Тalvasa tutayotganda talvasaga qarshi vositalar (20% li GOMK 2– 5 ml, seduksen 0,5–1,0 ml, droperidol 1–2 ml va boshqalar) berish.

  8. Тinchlantiruvchi va antigistamin vositalar (1% li dimedrol 1–2 ml, 2,5% li pipolfen 1–2 ml va boshqalar).

  9. Intoksikatsiyaga qarshi – dezintoksikatsion vositalar (gemodez, polidez, reopoliglukin va boshqalar) yuborish.

  10. Yurak va nafas faoliyatini yaxshilovchi vositalar qo‘llash.

  11. Og‘ir holatlarda steroid gormonlar ham (prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) qo‘llaniladi.

Ushbu ko‘rsatilayotgan shoshilinch yordam davomida hamshira bemorning tana haroratini, pulsi, nafas olish sonlarini, arterial bosimini o‘lchaydi, siydik ajralish va terlash xususiyatlarini, bemorning es-hushini doimiy kuzatib borishi, barcha aniqlangan salbiy o‘zgarishlar haqida vrachga xabar berib turishi shart. Bemor hushida bo‘lsa tez-tez unga suyuqliklar, meva sharbatlari ichirib turish, fiziologik bo‘shalishlariga yordam berish, terlaganda kiyimlarini va oqliqlarini almashtirib turish zarur. Es-hushini yo‘qotgan bemorlarda esa yotoq yaralar paydo bo‘lishining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rib boriladi Yurakni bilvosita (tashqi) massaj qilish. Bilvosita massaj qilishning asosiy mohiyati yurakni to‘sh va umurtqa pog‘onasi orasida ritmik siqishdan iborat bo‘lib, bunda qon chap qorinchadan aortaga haydab beriladi. Natijada bu qon bosh miyaga boradi, o‘ng qorinchadagi qon esa o‘pkaga tushib kislorodga to‘yinadi. Тo‘shga bosim berish to‘xtatilsa, yurak bo‘shliqlari yana qonga to‘ladi. Yurakni bilvosita massaj qilishda bemor qattiq joyda (pol, yerda) chalqancha yotgan holatda bo‘ladi. Massaj qiluvchi bemorning yon tomonida turib qo‘l kaftlarini ustma-ust qo‘ygan holda to‘shni umurtqa pog‘onasi tomon kuch bilan minutiga 60–70 marta (bolalarda yoshiga qarab) bosadi. Qo‘llar to‘shning uchdan
bir pastki qismida, ya’ni xanjarsimon o‘simtadan 2 barmoq yuqoriroqda turishi kerak. Bolalarda yurakni massaj qilish bir qo‘l bilan amalga oshiriladi, emadigan go‘dak bolalarda esa ikki barmoq uchida o‘tkazish mumkin. Kattalarda massaj o‘tkazishda qo‘llar bilan birga butun gavda ham qatnashishi kerak. Agar massajni bir kishi o‘tkazayotgan bo‘lsa, har 15 marta massajdan so‘ng 2 marta, bordi-yu ikki kishi qatnashayotgan bo‘lsa34,3 har 5 marta massajdan keyin 1 marta og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga sun’iy nafas beriladi.
Yurak massaji katta qon tomirlarda pulsning paydo bo‘lishi, arterial bosimning 60–80 mm simob ustunidan oshishi, qorachiqlarning torayishi va ularning yorug‘likka javob bera boshlashi, teri rangning o‘z holiga qaytishi, mustaqil nafasning tiklanishiga yordam beradi. Og‘izdan-og‘izga sun’iy nafas berish. Sun’iy nafas oldirish uchun bemor chalqanchasiga yotqizilishi, nafas yo‘llarini ochib qo‘yish uchun boshini orqaga egish va pastki jag‘ni oldinga surish zarur. Qisib turgan kiyimlar bo‘shatiladi. Reanimatsiya o‘tkazayotgan kishi chuqur nafas olib, og‘zini bemor og‘ziga mahkam bosadi va uning o‘pkasiga havo puflaydi. Bo‘sh turgan qo‘l bilan esa bemorning burni qisib turiladi. Nafas o‘zicha passiv ravishda, ko‘krak qafasining elastik kuchlari hisobiga chiqariladi. Nafaslar soni minutiga 16–20 martadan kam bo‘lmasligi kerak (bolalarda yoshiga qarab ko‘proq bo‘ladi). Bolalarda
sun’iy nafas oldirishda o‘pkasining tiriklik sig‘imi kichikroq bo‘lishini hisobga olish kerak.



Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish