Asoratlari:
Aseptika qoidalarining buzilishi va eritmalarning yetarlicha steril- lanmasligi mahalliy yallig‘lanishga va umuman harorat ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin;
0,85% li natriy xlorid eritmasi o‘rniga yanglishib 10% li kalsiy xlorid eritmasi yoki boshqa biror gipertonik eritmani yuborish eritma quyilgan joyda to‘qimalar halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin;
Juda issiq (40°C) eritmani quyishda ham to‘qimalar nobud bo‘lishi mumkin.
Dori moddalarini mushak orasiga yuborish
Mushaklarda qon tomirlar va limfatik tomirlar tarmog‘i birmuncha ko‘p bo‘lib, shuning uchun ularda dorilar tez va to‘liq so‘riladi. Dori vositalarini teri ostiga yuborganda og‘riq paydo bo‘lsa va yaxshi so‘rilmasa, dori moddalari mushak orasiga yuboriladi. M25u6 shak orasiga inyeksiya qilishda tananing ma’lum joylarida mushak to‘qimasi qavati anchagina qalin sohalar, masalan dumba, qorin va sonlarning mushaklari mushak orasiga inyeksiyalar qilish uchun Lyuer shprisi, ignalarining qalinligi 0,8–0,5 mm va uzunligi 8–10 sm bo‘lgan «Rekord» shprisidan foydalaniladi. Ignaning kalta-uzunligi teri osti klechatkasining qalinligiga bog‘liq, chunki igna kiritilganda teri osti yog‘ qavatidan o‘tishi va mushak orasiga borishi kerak.
Dumbalar sohasi mushak orasiga inyeksiyalar uchun eng qulay joy hisoblanadi, chunki bu yerdan quymich nervi va yirik qon tomirlar o‘tadi, inyeksiyalar uchun uning yuqori-tashqi qismidangina foydalaniladi. Dumba taxminan 4 qismga bo‘linadi, bu holda yuqori tashqi kvadrat inyeksiya uchun eng qulay joy hisoblanadi. Aksariyat mushak orasiga antibiotiklar, magniy sulfat, zardoblar yuboriladi. Antibiotiklar maxsus flakonlarda kristalli kukun ko‘rinishida chiqariladi. Ilitishdan oldin uni natriy xloridning steril izotonik eritmasida, ikki marta distillangan suvda yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi. Steril shprisga antibiotik miqdoriga ko‘ra erituvchi
olinadi. U ta’sir birliklarida (ТB) o‘lchanadi. 100000 ТB ga 1 ml erituvchi, 500000 ТB ga 5 ml erituvchi olish lozim. Flakondan qopqog‘i olinadi, rezina qopqog‘I spirt bilan artiladi va erituvchi tortilgan shpris ignasi bilan teshiladi. Erituvchi asta-sekin kiritiladi, erituvchi bilan antibiotik eriydi, so‘ngra flakon to‘nkariladi va suyuqlik shprisga so‘rib olinadi. Antibiotik eritmasini isitish mumkin emas, chunki harorat ta’sirida u parchalanadi. Antibiotikni eritilgan holda 1 kundan ko‘p saqlab bo‘lmaydi. Yod ham antibiotiklarni parchalaydi, shuning uchun flakonlarning rezina qopqog‘i va inyeksiya qilinadigan joydagi teri yod nastoykasi bilan artilmaydi.
Тibbiyot hamshirasi shprisni yig‘ishdan oldin qo‘lini sovunlab oqar suvda yuvadi. Тoza qo‘llar bilan boshqa narsalarga tegish mumkin emas. Spirtga ho‘llangan paxta bo‘lakchasi bilan tirnoqlarini, so‘ng boshqa paxta bo‘lagi bilan bemor terisini artadi. Mushak orasiga inyeksiyalar qilish usuli. Dori dumba sohasiga yuborilganda bemor qornini bosib yoki yonboshiga, sonning oldingi yuzasiga yuborilganda chalqancha yotadi. Shpris quyidagicha ushlanadi: 1–2-barmoq porshenni, 5-barmoq igna muftasini, qolgan barmoqlar silindrni tutib turadi. Shpris bemor tanasi yuzasiga nisbatan perpendikular holda turadi. Ignani dadil harakat bilan teri burmasining o‘rtasiga 7–8 sm ichkariga kiritib, mufta ustidan 1 sm qoldiriladi, chunki ko‘pincha igna shu joydan sinadi. Shundan keyin hamshira porshenni o‘ziga tortadi va ignaning qon tomiriga tushmaganligiga ishonch hosil qilgach (shprisda qon paydo bo‘lmaydi), porshenni bosib, eritmani asta-sekin oxirigacha mushak orasiga kiritadi. Igna sanchilgan joydagi teri atrofi chap qo‘l bilan tortiladi. Ignani chaqqon harakat bilan chiqarish, teriga spirtga ho‘llangan paxta tampon bosish lozim. Sonning mushak orasiga dori yuborishda shprisni yozuv perosi kabi burchak ostida tutib turish kerak. Shunda suyak usti pardasiga shikast yetmaydi.
Ayrim dori-darmonlar, ayniqsa antibiotiklar kiritilganda anafilaktik shok va boshqa allergik reaksiyalar ro‘y berishi mumkin. Shu tufayli oldin bemorning antibiotiklarga reaksiyasini aniqlash zarur. Allergik asoratlarning oldini olish maqsadida Bezredko usuli bo‘yicha antibiotiklar yuboriladi. Buning uchun shprisga 0,1 ml antibiotik eritmasini olinadi va teri ostiga yuboriladi, 20 daqiqa o‘tgach reaksiya tekshirib ko‘riladi. Bemorda nohush sezgilar, badanida eshak yemi dog‘lari bo‘lmasa, arterial bosimi pasayib ketmasa, u holda 0,5 ml eritma muskul orasiga yuboriladi va 20 daq2i5q7a o‘tgach hech qanday o‘zgarish kuzatilmasa flakonda qolgan eritmaning hammasi yuboriladi. Bemor qizarib ketsa, uning yuragida, to‘sh ostida va boshqa joyida nohush sezgilar paydo bo‘lsa, antibiotiklar eritmasining ikkinchi qismi yuborilmay, shifokor chaqiriladi va uning ko‘rsatmalari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |