Тeri orasiga qilinadigan inyeksiyalar
Inyeksiyalar teri orasiga tashxis maqsadida qilinadi. Bularga misol qilib Mantu sinamasini (silni aniqlash uchun), Byurne sinamasini (brusellyozni aniqlash uchun), Kasoni sinamasini (exinokokkozni aniqlash uchun), Mak Klyur-Oldrich sinamasini (yashirin shishlarni aniqlash uchun) ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari teri orasiga qilinadigan inyeksiyalardan mahalliy og‘riqsizlantirish maqsadida foydalaniladi. Yuboriladigan suyuqlik miqdori 0,01–1 ml. Uchi 40–45° qiyshiq qilib kesilgan eng ingichka va kalta igna, bir grammli yaxshi shpris olinadi, chunki teri dori yuborishga qarshilik ko‘rsatadi. Diagnostik, allergik sinamalar va dorilarga sezuvchanlikni aniqlash uchun inyeksiyalar bilakning uchdan bir pastki sohasiga qilinadi. Qo‘lqoplarni kiyib, inyeksiya qilinadigan joy spirt bilan artiladi va quriguncha biroz kutib turiladi. Ignani uchi bilan yuqoriga va o‘tkir burchak ostida, teriga deyarli parallel tutib turib, uchini faqat teshigi botib, ko‘rinmay ketadigan qilib, biroz ichkariga kiritiladi va tayinlangan miqdordagi suyuqlik yuboriladi.
Muolajadan so‘n2g52qo‘lqoplar yеchiladi. Inyeksiyadan keyin qoladigan bo‘rtmacha 0,5–1 soat mobaynida so‘rilib ketadi. Agar ushbu dori eritmasi (0,1 ml) yoki zardobga (0,1 ml) organizmda ortiqcha sezuvchanlik bo‘lsa 0,5–1 soatdan so‘ng teri qizarib qoladi. Bu holda ushbu dorini qo‘llashdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Mantu, Byurne, Kasoni sinamalarining natijalariga 24–48 soat o‘tgach baho beriladi.
Тeri ostiga inyeksiya qilish va dori yuborish
Тeri osti yog‘ hujayrasi tomirlarga boy yumshoq to‘qimadan iborat, shuning uchun teri ostiga bir necha millilitrdan (inyeksiyalar) 0,5–1 litrgacha (quyish) dori eritmalarini yuborish mumkin. Moydagi eritmalar sekin so‘riladi, shuning uchun ularni bir necha millilitr miqdorida va so‘rilishni yaxshilash maqsadida albatta ilitilgan holda yuboriladi.
Тeri osti inyeksiyalari uchun aksari yelka va sonlarning tashqi yuzasiga, ba’zi hollarda kurak osti va qorin sohasiga qilinadi. Dori quyish uchun sonlarning oldingi
tashqi yuzasidan foydalaniladi. Тeri osti yog‘ hujayrasi shishgan yoki avvalgi inyeksiyalar yaxshi so‘rilmaganligi sababli qattiqlashib qolgan joylarga inyeksiya
va dori yuborishga ruxsat etilmaydi.
Muolajadan oldin qo‘llar yuvilib qo‘lqoplar kiyiladi. Bevosita inyeksiya oldidan shpris ignasini yuqoriga tik tutib turib, undan havo chiqariladi. Eritmada havo pufakchalari bo‘lsa, porshenni so‘rib, uni chiqarib yuborish uchun porshenni tortish kerak. Bunda dori eritmasining ozroq miqdori chiqarib yuboriladi. Inyeksiyaga mo‘ljallangan joydagi teri sathini spirt shimdirilgan steril paxta sharchalari bilan ikki marta artiladi: birinchi marta 10x15 sm maydondagi soha, ikkinchi marta esa bevosita teshiladigan 5x5 sm joy tozalanadi, so‘ngra bu joyga yodning spirtli eritmasi surtiladi. Тeri anchagina iflos bo‘lsa uni oldin efir bilan artish lozim.
Eritmalarni inyeksiya qilish uchun ingichka igna, moylarni inyeksiya qilish uchun yo‘g‘onroq igna, teri ostiga dori quyish uchun uzunligi 90 mm, bo‘shlig‘i 1 mm bo‘lgan ignadan foydalaniladi. Inyeksiya qilinadigan joydagi terini chap qo‘l bilan burma qilib ushlab, ignani uning asosiga chaqqon harakat bilan kiritiladi. Shprisni ushlash va terini teshishning ikkita usuli bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |