Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet182/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Kompresslar


Kompresslar — qon tomirlarga teri orqali ta’sir ko‘rsatadigan, to‘qimalarning oziqlanishi va qon bilan ta’minlanishini turli tomonga o‘zgartiruvchi vositalar
hisoblanadi. Kompress turlarini davolovchi vrach tayinlaydi. Isituvchi kompress terida chuqur joylashgan qon tomirlarining uzoq vaqtgacha kengayishini yuzaga keltiradi, natijada shu joyga qon oqib kelib, yallig‘lanish jarayoni so‘riladi va og‘riq kamayadi. Isituvchi kompressni tananing istalgan joyiga qo‘yish mumkin. Qo‘llanishga monelik qiladigan hollar. Тeri kasalliklari, dermatit, piodermiya, furunkulyoz. Isituvchi kompress 3 qavatdan iborat: 1) toza, zich, gigroskopik gazmol (zig‘irdan to‘qilgan gazmol, bumazey parchasi va boshqalar xona haroratidagi spirtda ho‘llanadi va yaxshilab siqiladi); 2) kleyonka yoki mum qog‘oz; 3) paxta. Namlik tez bug‘lanib ketmasligi uchun har bir keyingi qavat oldingisidan 2 sm enlik bo‘lishi lozim. Shunday tayyorlangan kompressni tananing og‘riqli sohasiga nam qavati teriga zich yopishib turadigan, qolganlari esa uni yopib turadigan qilib, tartib bilan qo‘yiladi. Bog‘lam ustidan issiq jun ro‘mol, sharf bog‘lash yaxshi natija beradi. Kompressni o‘rta hisobda 6—8 soat qo‘llash mumkin, biroq 12 soatdan oshmasligi kerak. Kompressni ertalab va kechqurun almashtiriladi. Тerining ta’sirlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kompress qo‘yilgan joy iliq suv bilan obdon yuviladi, yumshoq sochiq bilan artiladi va 2 soatga tanaffus qilinadi. Yangi kompress qo‘yish uchun toza mato olish lozim. Kompresslar uchun iliq suv, kuchsiz sirka eritmasi (0,5 l suvga 1osh qoshiq), aroq, odekolon yoki suv qo‘shib suyultirilgan spirt ishlatilishi mumkin. Тeriga toshmalar toshsa, talk, upa sepish lozim. Kompress qo‘yilgandan so‘ng bemorning eti junjiksa, demak, kompress noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi, uni shu zahoti yechish va qayta qo‘yish zarur. Kleyonka yoki paxta dokani to‘liq berkitib turmasa yoki kompress yaxshi bog‘lanmagan bo‘lsa, demak, u bilan teri orasidagi bo‘shliqqa tashqi havo kiradi va suv bug‘lanib terini isitish u yoqda tursin, balki sovutadi. Shuning uchun kompressni yuqorida aytilgan qoidalarga amal qilib, puxtalik bilan qo‘yish lozim. Isitadigan kompressning to‘g‘ri qo‘yilganligini tekshirish uchun barmoqni bog‘lam tagiga kiritiladi va ichki qatlamning namligi aniqlanadi. Agar 2 soatdan keyin ichi nam bo‘lsa, kompress to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanadi.
Isituvchi kompress katta sathga qo‘yilgan bo‘lsa, bemorlar o‘rinda yotishlari kerak. Aroqli va ayniqsa spirtli kompresslar tezroq bug‘lanadi. Bunday kompresslarni uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki ular terini qattiq ta’sirlantiradi. Sovuq kompress (primochkalar) — lat yeganda, jarohatlanganda, qon oqqanda qo‘yiladi.
Ular mahalliy sovutad28i,4 qon tomirlarini toraytiradi va og‘riqni kamaytiradi. Sovuq
kompress uchun bir necha qavat qilib buklangan doka yoki gazmol parchasi sovuq suvda ho‘llanadi, siqiladi va kerakli joyga 2–3 daqiqa, kompress isiguncha qo‘yiladi, so‘ngra yangisi bilan almashtiriladi. Bug‘lash (priparka) — mahalliy yallig‘lanish jarayonlarida ularni tezroq davolash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun zig‘ir urug‘i, kepak yoki qumdan foydalaniladi. Qum yaxshilab qizdiriladi (kepak va urug‘lar ham), xaltachalarga solinadi, so‘ngra teriga qo‘yiladi va ustidan kleyonka, jun ro‘mol yoki adyol yopiladi. Priparkaning sovishini sekinlashtirish uchun ustidan isitgich qo‘yiladi.

    1. Isitgichlar (grelkalar) Isitgich yallig‘lanish jarayonlarini so‘rish, tanani isitish va og‘riq qoldirish maqsadida qo‘llaniladi. Uni tayinlashga monelik qiladigan hollar qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari (ko‘richak, xolesistit, pankreatit), o‘smalar, qon oqishi, lat yeyish (dastlabki soatlarda) hisoblanadi. Rezina va elektr isitgichlar farqlanadi. Rezina isitgich sig‘imi 1—1,5 l bo‘lgan, qopqog‘i yaxshi burab berkitiladigan rezervuardan iborat. U og‘ir bo‘lib ketmasligi uchun

hajmining 3/4 qismigacha to‘ldirish, keyin siqib havosini chiqarish, qopqog‘ini qattiq burab, pastga to‘nkarib ko‘rish, quruq qilib artish va sochiqqa o‘rab bemorga qo‘yish lozim. Тerida pigmentatsiya paydo bo‘lmasligi uchun isitgich qoyilgan joydagi teriga vazelin yoki yog‘ surtish lozim.
Og‘ir yotgan bemorlar issiqlik ta’sirini hamma vaqt ham sezavermaydilar, shuning uchun bunday bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan qarash lozim. Suvli isitgich o‘rniga elektr isitgich ishlatish ham mumkin, uning issiqlik darajasi reostat bilan boshqariladi. Regulatori shnurning yostiqcha bilan tutashgan joyida bo‘ladi. Undan tanaffus qilib foydalanish lozim.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish