9.5. M ehnat va unga haq to‘lash
M ehnat - har bir shaxs va umuman, jam iyat ehtiyojlarini
kondirish uchun zarur boMadigan moddiy va m a’naviy n e ’matlar
yaratish sohasidagi maqsadga muvofiq faoliyatdir.
M oddiy ishlab chiqarish jarayonini tadqiq qilish asosida
shunday fikrga kelish mumkinki, mehnat avvalo, inson bilan
tabiat o ‘rtasida sodir bo‘ladigan shunday jarayonki, unda inson
o ‘z faoliyati bilan o ‘zi va tabiat o ‘rtasidagi moddalar
alrnashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat
qiladi.
Mehnat jarayoninmg oddiy jihatlariga uning maqsadga
muvofiqligi, mehnat buyumi va mehnat vositalarini kiritish
kabul qilingan. Mehnat buyumlari va ishlab chiqarish qurollari
jonli mehnat jarayoniga kiritihnasa, ular o ‘z-o‘zidan faoliyat
k o ‘rsata olmaydi. Jonli mehnat esa hamisha faqat kishilaming
tabiatga munosabatidan iborat boMibgina qolmay, shu bilan
birga, jarayon qatnashchilari o'rtasidagi munosabatdan iborat.
Mehnat munosabatlarini y o ‘lga qo‘yish sharoitida mehnatga
haq to ‘lashning tashkiliy tizimi yuzaga keladi. Mehnatga haq
to'lashni tashkil ctishda ish bcruvclntar bilan uni amalga
oshiruvchilar, y a’ni xodimlar manfaatlari c ’tiborga olinadi. Bu
162
yerda: shuni ta ’kidlash zarurki, bozor munosabatlariga o Ltishda
tomonlar mehnatga haq to ‘lash masalalarini hal etishda teng
huquqlarga ega b o ‘lishlari lozimligi shak-shubhasizdir. Korxona
m a’muriyati
(yoki
mulkdoming
vakili)
bilan
xodimlar
manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari o'rtasida
tuzilgan jam oa shartnomalari mehnat munosabatlarini tartibga
solishning, shu jumladan, mehnatga haq toTash masalalarini
tartibga solishning huquqiy amaliy va birdan-bir ta ’sirchan
shakliga aylanadi.
Ishlab
chiqarishni
modemizatsiya
qilish
jarayonida
taqsimlash munosabatlari, takomillashib boradi, m a’muriyat-
chilik andozalariga barham beruvchi yangi boshqaruv shakllari
paydo
b o ‘ladi.
Korxonalar
darajasini
tartibga
solish
jarayonlariga yangi talablar qo‘yiladi. Davlatning aralashuvi
daromadlami taqsimlash shart-sharoitlari va tamoyillariga rioya
qilishni aniqlash, tahlil etish va ta ’minlash uchun zarurdir.
Taqsimlash munosabatlari davlat yo‘li bilan tartibga
solinishining asosi mehnat sohasidagi qonunlar va bitimlar, soliq
tizimida yakka
daromadlaming
o‘sishi bilan inflyatsiya
o ‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat bo ‘lishi lozim.
Davlatning ishtirokisiz insonga daromadni kafolatlab boTmaydi,
bu daromad unga korxonaning iqtisodiy faoliyatidan qai’iy
nazar munosib hayot kechirishni ta'm inlaydi. Davlatning
funksiyasiga, bundan tashqari, aholining kam ta ’minlangan
qatlamlari daromadlarini oshirishni kiritish zarur, bu narsa ish
kuchini normal darajada takror hosil qilish uchun, mehnat
resurslarini maqbul tarzda taqsimlanishini ta ’minlash, ijtimoiy
keskinlikni yumshatish va hokazolar uchun kerak bo ‘ladi.
Davlat ishchi kuchini takror hosil qilish ishtirokchisi bo‘lganligi
sababli taklif etilgan ishchi kuchining ko^proq qismini o ‘ziga
qabul qiladi, uning tadbirkorlar talabiga javob berishiga intiladi.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish
bosqichlari b o ‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash,
163
ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funksiyalari
(vazifalari)da namoyon b o ‘ladi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |