Javob: 925 m² .
8-masala. Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 gr massaga ega. Bir oy davom ida onasi ulam i sut bilan boqdi, natijada ulaming vazni 4,5 gr ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko'rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi? Shu hasharotlar oziqlanadigan o‘simliklarning massasini aniqlang.
Masalaning ishlanishi:
1) 1 gr+1 gr=2 gr ikkita ko’rshapalak bolasining umumiy massasi
2) 4,5 gr – 2 gr = 2,5 gr
3) 1 oy davomida ko’rshapalak ikki bolasining umumiy massasi 2,5 gr ga ortgan, ona ko’rshapalak oziqlanadigan hasharot va hasharotlar oziqlanadigan o’simlik massasini quyidagi jadval orqali topamiz;
O’simlik
|
Hasharot
|
Ona ko’rshapalak
|
Ko’rshapalak bolalari
|
X=2 500 gr
|
X=250 gr
|
X=25 gr
|
2,5 gr
|
Javob: Bir oy davomida ona ko’rshapalak oziqlanadigan hasharotlar massasi 250 gr va hasharotlar oziqlanadigan o’simlik massasi 2 500 gr ga teng.
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1-masala. X massali o’txo’rni yegan yirtqichning massasi dastlabki massasiga nisbatan 4,762 % ga ortganligi ma’lum bo’lsa, va umumiy biomassa 444 kg ga teng bo’lsa o’txo’r qancha o’simlik istemol qilgan?
2-masala. Uchta tyulen bolasi birgalikda 45 kg. Har biri 50 kg ga yetishi uchun ikkita tyulen bolasi necha kg baliq istemol qilishi zarur?
3-masala. Ekologik piramida o’simliklar----quyonlar----lochinlardan iborat. Lochinlarning ortgan massasi quyonlarnikidan 720 kg ga kam bo’lsa, lochinlarning ortgan biomassasini (kg) aniqlang.
4-masala. I-darajali konsument va produsentning umumiy biomassasi 1650 kg ga teng. Produsentning biomassasi I-darajali konsumentning biomassasidan 1350 kg ga ko’p bo’lsa, II va III darajali konsumentlarni ortgan biomassalarini ayirmasini aniqlang. (Ekologik piramida; o’simlik----chigirtka----kaltakesak------sordan iborat).
5-masala. Ekologik piramida fitoplankton—zooplankton—mayda baliqdan iborat. Fitoplankton 6000 t bo’lib, 75% qismi istemol qilindi, zooplankton ortgan massasining 25% qismi istemol qilinmadi. Mayda baliqlarning massasi necha kg ortadi?
6-masala. Ekologik piramidani bug’doy—chigirtka—kaltakesak---lochin tashkil etadi. Produsentning nassasi 300 t bo’lsa, II va III darajali konsumentning biomassasi necha kg ga ortgan?
7-masala. Erkak va urg’ochi qush tanasining birgalikdagi og’irligi 260 gr. Erkagining og’irligi urg’ochisining og’irligidan 20 gr ga ko’p. Erkagining og’irligi 155 gr ga yetishi uchun qancha gr hasharot bilan oziqlanishi kerak?
8-masala. O’simlik ---chigirtka---kaltakesak---lochindan iborat piramidada produsent massasining uchlamchi konsument bilan massa ko’paytmasi 10 t ni, chigirtka bilan produsent massasining ko’paytmasi esa 1000 t bo’lsa, piramidadagi birlamchi va uchlamchi konsument massalari farqini (t) aniqlang.
I L O V A L A R
Do'stlaringiz bilan baham: |