4.2.1. Tijorat agenti kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
KK-1.1.Qishloq xo‘jalik, texnik va boshqa mahsulotlar (asbob-uskunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va boshqalar), shuningdek, turli xil tijorat xizmatlarini ko‘rsatishda tovarlarni sotib oluvchilar va sotuvchilar o‘rtasida zarur ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishda qatnashadi;
KK-1.2.Tuzilgan shartnomalar va boshqa zarur hujjatlar, shu jumladan sug‘urta va eksport litsenziyalarining lozim darajada bajarilishini ta’minlaydi;
KK-1.3.Kelishuv, kontrakt va shartnomalar tuzishda, ommaviy axborot vositalarida reklama joylashtirishda zarur texnik ishlarni amalga oshiradi;
KK-1.4.Avtotransport vositalarida yetkazib berish va shartnomalar, va shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa shartlarning bajarilishini ta’minlaydi, yuklarni yetkazib berishda yordam beradi.
KK-1.5. Mahsulot va tovarlarni (ulgurji), sotib olish va sotishni osonlashtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |