partisipativli tashkilotlar deb ataluvchilarni boshqalardan tubdan farq qildiradi.
Partisipativli tashkilotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni boshqaruvda ishtirok etish quyidagilarni ko’zda tutadi:
qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;
maqsadlarni belgilashda ishtirok etish;
muammolarni hal qilishda ishtirok etish;
Boshqaruvda ishtirok etishning quyidagi darajalari ajratiladi:
takliflarni ilgari surish;
qarorlarning muqobil loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
yakuniy qarorlarni tanlash.
Haqiqiy amaliyotda partisipativ boshqaruvni amalga oshirishning bu barcha darajalari(yo’lanishlari)dan odatda ma’lum kombinasiyalarda foydalaniladi, chunki ular bir birlari bilan yaqindan bog’langandirlar va bir birlarini to’ldiradilar, bir birlari bilan kombinasiyalarda o’zlarini samarali nomoyon qilishlari mumkin.
Birinchi daraja– takliflarni ilgari surish – an’anaviy tashkilotga tarkibiy va boshqa o’zgartirishlarni kiritishni talab qilmaydi va u rahbar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yondashuv markazlashtirilgan rahbarlikka ega korxonalarda keng qo’llanishi mumkin.
Ikkinchi daraja- muqobillarni ishlab chiqish – tashkilotda bu vazifani samarali yechishi mumkin bo’lgan maxsus tuzilmalarni paydo bo’lishini talab qiladi. Amaliyotda bu vaqtinchalik yoki doimiy qo’mitalar yoki komissiyalarni tashkil etilishida o’z aksini topadi, ularga ushbu ishni bajarish topshiriladi.
Uchinchi daraja - muqobillarni tanlash - boshqaruvda ishtirok etish ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqaruvchi xarakteridagi maxsus kengashlari ishi shaklida amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Ularning qarorlari ko’pincha qoshida ular tashkil qilingan rahbarlar uchun majburiy bo’ladilar. Bu kengashlar tarkibiga, qoidaga ko’ra, tashkilot iyerarxiyasining pastroq darajasidagi, rahbar darajasidan keyinroq keluvchi shaxslar kiradilar.
Bozorga qaratilgan tashkilot. Tashqi muhit, ya’ni bozor bilan o’zaro hamkorlikning xarakteriga ko’ra, bu o’zidan tashqarida bo’layotgan o’zgarishlariga tez moslashadigan tashkilotning tashkiliy turidir. Tashkilot ichidagi qismlar o’zaro hamkorligining xarakteri bo’yicha bu yo divizional, yoki matrisiyali tuzilma, yakka shaxsning tashkilot bilan o’zaro hamkorligining xarakteriga ko’ra esa- yakka shaxsli turdir. Tashkilotning boshqalardan tubdan farqi shundan iboratki, agar oldingi hollarda bevosita bozorning atrofida tashkilotning faqat bir qismi guruhlangan bo’lsa, bu holda gap uning barcha qismlarning guruhlanishi haqida ketmoqda.
Tashkilotda mahsulotni iste’molchiga moslashtirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bunda mahsulotni tez-tez o’zgarishi sodir bo’ladi. Barcha narsa qaror qabul qiluvchilarni bu qarorini xarid qiluvchilar-iste’molchilar bilan yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu, o’z navbatida, boshqaruv darajalarining sonini kamaytirish va javobgarlikni iste’molchiga yaqinroq joylashgan va xatarni o’ziga oluvchi iyerarxiyaning pastki darajalariga topshirishni talab qiladi. Guruhli ish, rolli hulk va ishonchga asoslangan o’zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarmoqli tashkilotlar - bu, qoidaga ko’ra, yirik vertikal bo’yicha integrasiyalangan kompaniya, uning ichidagi bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi rejalashtiruvchi va taqsimlovchi o’rta bo’g’in menejerlari tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi (16-rasm). Tarmoqli tashkilotlar quyidagilarni ta’riflaydilar:
- mehnatni kamroq taqsimlanishi;
foydani tashkilotning eng muhim maqsadi sifatida muvofiqlashtirish;
- hamkorlikning keng imkoniyatlari;
bilimlar va ko’nikmalarga bog’liq ta’sir va hukmronlik;
xodimlarning qonunga rioya qilishligi, xabardorligi va mustaqilligi;
tashkilotni shaxsiy manfaat, jamoa manfaatiga qaratilishi;
loyihani amalga oshirish paytida tashkil qilingan egiluvchan, vaziyatli ishchi jarayonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |