Kadrlar tayyorlanadigan



Download 281,28 Kb.
bet50/76
Sana22.01.2022
Hajmi281,28 Kb.
#399265
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
Bog'liq
Asalarilarning ozuqa manbalari va ozuqasi 1 (3)

Birinchi davr. Ona ari tuxum qo'yishni boshlagan vaqtdan boshlab 1 oycha vaqt o'tgach qishlab chiqqan arilarning o'mini almashtirish davri bo'ladi, bu davr arilarning jadal ishlash davrigacha cho'ziladi. Mana shu davr ichida qishlab chiqqan qari arilar o'lib, ularning o'rninibahorda yetishtirilgan yosh arilar egallaydi. Ona ari tuxum qo'yishni janubiy viloyatlarda bahor oyining boshlarida, ya'ni fevral oyining birinchi 10 kunligida boshlaydi. Dastlabki kunlari ona ari sutkasiga 40-80 ta, keyin esa 100-120 ta tuxum qo'ya boshlaydi. Birinchi bahorgi uchishni o'tkazib, orqa ichaklarida qishlash davomida to'planib qolgan axlatlarni bo'shatgandan keyin ona arining tuxum qo'yishi bir necha marotaba ortadi. Ko'pchilik hollarda qishlashga yaxshi sharoit yaratilgan bo'lsa, arilarning faol harakat qilish davridan oradan uch hafta o'tgach, oiladagi arilar soni 10 %gacha kamayib, hamma qari arilar o'lib ketadi, ularning o'mini bosadigan yosh arilar hali inchalaridan chiqmagan bo'ladi. Keyin yetishib chiqayotgan yosh arilar soniga o'lib borayotgan arilar soni tenglashib, oilada o'sish to'xtab, muvozanat holat yuzaga keladi va nihoyat, tug'ilayotgan arilar soni o'layotgan arilardan ko'payib oila rivojlanib o'sa boshlaydi.

Ari oilasining o'sishi birinchi davrda juda sezilarli bo'lib, sifat tomonga o'zgarib boradi. Bu davrda bitta qishlab chiqqan ari bitta lichinkani boqishga qurbi etsa, bahorda yetishtirilgan yangi yosh arining bittasi bir nechta, ya'ni to'rttagacha lichinkani boqa oladi. Shundan ko'rinib turibdiki, birinchi davrda ari oilasi keyingi davrda tez rivojlanish va o'sish uchun tayyorgarlik ko'radi. Qishlab chiqqan arilar ikkinchi va uchinchi davrda yetishtirilgan arilarga qaraganda o'zlarining xususiyatlarini kam saqlaydilar. Shuning uchun bunday kuchsiz ari oilalari o'z uyalarini tashlab qo'shni uyalarga kuchli oilalarga qo'shilib oladilar. Bundan tashqari ona arisi yo'q oilalar boshqa oila ona arisini juda yaxshi qabul qiladi hamda ikkita oila bir-biriga qo'shilganda ham o'zlarini yaxshi tutadilar.



Ikkinchi davr. Bu davr ari oilasining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Rivojlanayotganboquvchi arilar bilan yetilayotgan lichinkalar o'rtasida o'zaro aloqa bo'lib, ona ari lichinkalami boquvchi arilar soniga qarab tuxum qo'yadi. Oilada boquvchi yosh arilar soni ko'payishi bilan ona arining tuxum qo'yishi ham ortib boradi.

Ikkinchi davrda oilada qari arilarning o'lishi, o'rta hisobda ona arining 56-66 kun avval qo'ygan tuxumlari soniga tenglashadi (21 kun ishchi arini yetishtirish kuni, arilarning yozda yashash kuni 35-45 kun; jami 21+35=56 kun; 21+45=66 kun). Ari oilasining ikkinchi davrda rivojlanishi, o'sish tezligi oilani tashkil qiluvchi arilarning sifatiga ham bog'liq bo'lib, qishda muvaffaqiyatsiz qishlab chiqqan ari oilasining rivojlanishi sutkasiga 3-5% dan oshmaydi; yaxshi qishlab chiqqan kuchli ari oilasiniki esa 10-14%ga yetadi.

Ikkinchi davming necha kun davom etishi ari oilasining o'sish kuchi va rivojlanishiga bog'liq bo'lib, oila qancha kuchsiz bo'lsa, u shuncha uzoq rivojlanadi va aksincha.


Download 281,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish