Kadrlar faoliyatiga doir bo’lgan hujjatlar tasnifi



Download 40,49 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi40,49 Kb.
#914537
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kadrlar faoliyatiga doir bo’lgan hujjatlar tasnifi


Kadrlar faoliyatiga doir bo’lgan hujjatlar tasnifi
Reja:

  1. Akademik yozuv fani

  2. Tashkiliy hujjatlar

  3. Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatleri

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1996- yil 14-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonunni bajarish tadbirlari to‘g‘risida 267-sonli buyruq chiqardi. Unda oliy o‘quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini 1997-yildan e’tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo‘yilgan.


Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi. Korxonalarda ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘tish qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tegishli qo‘llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchisi, bu sohada hali mutaxassislar tayyorlashga kirishilmaganligi, ishlab turgan mutaxassis xodimlarning hujjatchilik bo‘yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish qilinmayotganidir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Tashkiliy hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi.
Guvohnoma
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi.
1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi.
2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ulaming zaruriy qismlari quyidagicha:
1) hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so'z muqova ustiga yoziladi;
2) guvohnoma beruvchi tashkilot nomi;
3) guvohnoma egasining ismi-sharifi (toMiq yoziladi);
4) lavozimi;
5) guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi;
6) tashkilot rahbarining imzosi;
7) shaxsiy imzo
8) guvohnoma egasining surati;
9) tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak);
3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi.
Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat boMgani uchun u to'g'ri rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qiiish muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo'ladi.

Download 40,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish