182
O‘zbekistonda tabirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning muqobil va samarali
usuli bo‘lmish lizing qabul etilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy
yangilab turishni va me’yoriy-qonunchilik hujjatlari tizimining ta’sirchanligini
muntazam nazorat qilish, lizingni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi qoidalarni
aniqlash va o‘z vaqtida tugatish zarurligini e’tiborga olib, mazkur me’yoriy-
huquqiy hujjatlarga muntazam tuzatish kiritib borishni talab qiladi.
O‘zbekistonda lizingning huquqiy asoslari
Fuqarolik kodeksida lizing-
moliyaviy ijara deb atalgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksidagi 587 dan 599 gacha 14-ta modda lizingga ajratilgan. Jumladan, 587-
moddada ta’kidlanishicha, lizing shartnomasi lizingni moliyaviy ijara sifatida
nazarda tutadi va lizing ob`ktini xarid qilish uchun faqat lizing beruvchining o‘z
mablag‘laridan foydalanishini ko‘zda tutar edi
39
. Bizningcha, bu ta’rif
lizing
operatsiyalari miqyosini, shu jumladan, ularning qiymatini, ehtimoli bo‘lmish
lizing oluvchilar doirasini va lizing obyektlari ro‘yxatini toraytiradi. Amalda
katta miqyosdagi lizing operatsiyalarini qo‘shimcha
moliyaviy resurslarni jalb
etmay amalga oshirib bo‘lmaydi. Buni jahon tajribasi tasdiqlaydi.
Lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi 597-modasida belgilangan, unda lizing to‘lovlarini o‘z
vaqtida to‘lash, mol-mulkdan uni yetkazib berish shartnomalariga muvofiq
foydalanish; uni soz holda saqlash; lizing obyektini o‘z
hisobidan joriy
ta’mirlash, uni saqlash bo‘yicha boshqa xarajatlarni amalga oshirishni
zimmasiga olishi ko‘zda tutilgan. Lizing shartnomasi bekor qilinganida lizing
oluvchi mol-mulkni lizing beruvchidan olgan holatida qaytarib berishga majbur.
Lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, lizing
beruvchi bo‘lajak to‘lovlarni tezlashtirishni yoki lizing obyektini qaytarib olgan
va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni
talab qilish huquqiga
egadir.
Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda lizingning huquqiy negizlarini
takomillashtirib borish, bizningcha, investitsiyalarni moliyalashtirishning
muqobil usuli bo‘lmish lizingni qaror toptirish, rivojlantirish
va kengaytirishga
ko‘maklashadi. Davlat miqyosida esa investitsiya siyosati faollashadi, asosiy
kapitalga moliyalashtirishning an’anaviy manbalarini to‘ldiradi. Umuman
olganda, investitsiya mablag‘laridan maqsadli foydalanish, lizing shartnomalari
davlatning tashqi qarzi umumiy summasiga qo‘shilmasligi ham muhimdir. Bu
esa xalqaro moliya institutlari oldida manfaatli kredit
reytingini saqlab qolish
imkonini beradi.
39
Газибеков Д.Г., Сабиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане. Т., 2001.
183
Yuqorida bayon etilgan fikr va mulohazalar hozirgi vaqtda O‘zbekistonda
lizing munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari mavjud, degan
xulosa chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro andozalarni e’tiborga
olib kelgusida lizingning keng qamrovli huquqiy ta’minotini vujudga keltirish
va takomillashtirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: