Nazorat uchun savollar
“Investitsiya” atamasiga to‘g‘ri va to‘liq ta’rif bering.
Investitsiyalar mulk shakllariga ko‘ra qanday turlarga ajaraladi?
Investitsiyalar tayinlangan obyekti bo‘yicha qanday turlarga ajraladi?
Intellektual investitsiyalarning iqtisodiyotdagi ahamiyati nimada?
Real investitsiyalar deganda nimani tushunasiz?
Real investitsiyalarni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni?
Investitsiya subyekti va obyekti to‘g‘risida batafsil ma’lumot bering.
Davlat investitsiya siyosatini tushuntirib bering.
Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Investitsiyalarning samaradorligini aniqlashning oddiy formulasini tushuntirib bering.
Mustahkamlash uchun test savollari
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya foaliyati to‘g‘risidagi” qonuniga asosan investitsiya bu - ………..
Korxonada uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar.
Banklar, xalqaro moliyaviy institutlar va chet ellik investorlarning uzoq muddatlik kreditlari.
Iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.
Chet el investorlari va ichki investorlarning foyda olish maqsadida uzoq muddatli sarmoyalari.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investorlarning asosiy maqsadi bu
-
Ushbu loyihaga chet el investitsiyalarini jalb qilish.
Zamonaviy uskunalarni xarid qilish.
Kredit olish.
Muayyan foyda olish.
Nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiya bu -
Moliyaviy investitsiya.
Real investitsiya.
Ichki investitsiya.
Chet el investitsiyalari.
Investor qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini quyidagilar asosida shakllantiradi:
Davlat investitsiya dasturi;
Jahon bozorida sotuvchi hamkorlarning mavjudligi;
Atrof muhitning holati;
Kutilayotgan foyda va risklarning mavjudligi.
Ichki investitsiyalar deganda nima tushuniladi?
Ushbu mamlakatning iqtisodiy faoliyati obyektlariga pul mablag‘larini kiritish;
Milliy iqtisodiyotga xalqaro moliya institutlari kiritgan investitsiyalari;
Korxona asosiy fondlarinig qayta qurilishi va modernizatsiyasiga qo‘yilgan mablag‘lar;
Ushbu mamlakat rezidentlari tomonidan investitsiya faoliyati obyektlariga qo‘ygan aktivlari.
Mulkchilik shakliga ko‘ra investitsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kapital, ijtimoiy va innovatsiya.
Real, moliyaviy va intelektual investitsiyalar.
Uzoq muddatlik va qisqa muddatlik investitsiyalar.
Davlat, xususiy, chet el, aralash investitsiyalar.
“Investitsiya” va “jamg‘armalar” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nimada?
Jamg‘armalar – investitsiyalarga transformatsiyalanadi.
Investitsiyalar – jamg‘armalarga transformatsiyalanadi.
Is’temol shakllariga qarab farqlanadi.
Jamg‘armalar – investitsiyalarning bir shakli.
Real investitsiyaning o‘ziga xosligi bu - ……………..
Korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq emasligi.
Investitsiyalashda risk darajasining baholanmasligi.
To‘lanishi, qaytarilishi, ta’minlanganlik darajasining qulayligi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalashga yo‘naltirilganligi.
Investitsiya subyektlari ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
Xorijiy investitsiyalar, banklar, bino-inshootlar.
Xorijiy davlatlar, mulk egasi bo‘lgan fuqarolar, davlat boshqaruv organlari.
Bank depozitlari, intellektual boyliklari, xalqaro moliya institutlari.
Xorijiy davlatlar, intellektual boyliklari, xalqaro moliya institutlari.
Investitsiya xarajatlari 125 mln so‘m, investitsiya daromadlari 168 mln so‘m. Investitsiya samaradorligini aniqlang.
A) 34,4 %.
B) 35,4 %.
D) 36,4%.
E) 33,4%.
Do'stlaringiz bilan baham: |