X BOB. LIZING TO‘LOVLARI HISOB-KITOBI
Lizing to‘lovlari hisob-kitobi va ularni amalga oshirish tartibi
Lizing to‘lovi lizing amaliyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u o‘zida lizing subyektlarining tub manfaatlarini ifodalaydi. Lizing munosabatlarining samarali kechishi va uning ijobiy yakun topishi lizing to‘lovlarining qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli lizing to‘lovlari summasini to‘g‘ri aniqlash va uni o‘z vaqtida amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda lizing to‘lovlari bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. Lekin lizing to‘lovlari har bir mamlakatning ichki qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirilganligi bois, lizing to‘lovlari tarkibini aniqlash, uning summasini hisoblash va to‘lov davrini to‘g‘ri belgilashda qaysi usulni qo‘llash masalasi o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Lizing to‘lovlariga oid ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining 590-moddasida va “Lizing to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasida bayon qilingan. Shularga asosan, lizing to‘lovlarining umumiy yig‘indisi quyidagilardan iborat:
lizing shartnomasiga asosan berilayotgan mulkning umumiy bahosi yoki shunga yaqin qiymat o‘rnini to‘ldiruvchi summa;
lizing beruvchining ma’lum loyihaga asosan lizing obyektini xarid qilish uchun foydalanilayotgan kredit zaxiralari badaliga to‘lanadigan summa;
lizing beruvchining vositachilik haqi, lizing beruvchining shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa sarf xarajatlari (bunday xarajatlarga lizing asosida ijaraga berilayotgan mulkka texnik xizmat ko‘rsatish, xodimlarni o‘qitish kabi xarajatlar kiradi).
Lizing to‘lovlarining umumiy summasi butun lizing kelishuvi davomida quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
lizing mulki amortizatsiyasi;
lizing bitimini amalga oshirish uchun lizingga oluvchi jalb etadigan kredit resuslari uchun to‘lov;
komission mukofot;
lizingga beruvchi lizing oluvchiga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatganligi uchun to‘lov;
agar lizingga beruvchi sug‘urtalangan bo‘lsa, lizing mulkini sug‘urtalagani uchun to‘lov.
Lizing to‘lovlarida qo‘llanilayotgan hisoblash usuliga qarab quyidagilarni ajratish mumkin:
lizingga beriladigan uskuna qiymatidan amortizatsiya ajratmalari, lizing uchun foiz, qo‘shimcha taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovlar va lizing beruvchiga har bir davrning oxirida to‘lanishi lozim bo‘lgan komission haqdan iborat bo‘lgan to‘lovlar;
kelishuv imzolangan paytda mol-mulkni lizingga oluvchi dastavval lizingga beruvchiga belgilangan miqdorda bo‘nak (depozit) taqdim etgan holatlarda, uskuna ishlatilish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma imzolangandan keyin, lizing to‘lovlarining umumiy summasini (bo‘nak chegiriladi) muntazam badallar orqali to‘lab borganda kuzatiladi;
hisob-kitob kelishuvida qandaydir sabablarga ko‘ra, qandaydir belgilangan foizga asoslangan aniq bo‘lmagan to‘lovlar. O‘zaro kelishuv bo‘yicha lizingga olingan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvining hajmi, sotuvdan olingan foydaning summasi yoki lizing shartnomasining amal qilish muddatida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan boshqa parametrlar asos qilib olinishi mumkin.
Davriylik bo‘yicha to‘lovlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
lizing kelishuviga ilova qilingan, kelishuv taraflari tomonidan kelishilgan jadval bo‘yicha to‘lanadigan davriy (har yilgi, har chorakdagi, har oydagi) to‘lovlar;
agar kelishuvda lizingga beruvchiga bo‘nak to‘lanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bir vaqtda to‘lanishi qo‘llaniladigan to‘lovlar;
agar lizing kelishuvda bo‘nak to‘lovi nazarda tutilgan taqdirda, u davriy to‘lovlar bilan murakkablashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Lizingga oluvchining moliyaviy holati va to‘lov qobiliyatini inobatga olib, kelishuvda lizing to‘lovlarining turli usullari belgilanishi mumkin va ularga muvofiq quyidagi to‘lovlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
chiziqli to‘lov usuli;
mavsumiy to‘lov usuli;
o‘sib boruvchi to‘lov usuli. Bu, asosan, lizingning boshlang‘ich bosqichida foydalanuvchi tomonidan lizing to‘lovini kamroq ulushlar bilan kiritish, keyinchalik esa uskuna o‘zlashtirilib borishi va unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sur’ati o‘sib borishiga qarab ushbu ulushlarni oshirib borish. Bu usul barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lmagan lizingga oluvchilar tomonidan qo‘llaniladi;
kamayib boruvchi to‘lov usuli. Barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lgan lizingga oluvchilar tomonidan qo‘llaniladi, bunda foydalanuvchi lizingning boshlanish davrida lizingga beruvchiga o‘z qarzining asosiy qismini kiritishni afzalroq ko‘radi (10.1.1-chizma).
Lizing to‘lovlari summasi — lizing obyekti qiymatining hammasi yoki ko‘p qismi (amortizatsiya ajratmalaridan), lizing obyektini sotib olish uchun qilingan jami vositachilik xarajatlari, shuningdek, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq boshqa qo‘shimcha xarajatlar hamda lizing beruvchining daromadi bo‘lmish lizing stavkasi (kredit uchun foiz)dan iborat bo‘ladi.
10.1.1-chizma. Lizing to‘lovlari turlarining turkumlanish chizmasi40
Lizing to‘lovlari tarkibiga lizing beruvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlariga muvofiq, lizing obyektini sug‘urtalashga to‘langan sug‘urta to‘lovlari ham kiritilishi va uni quyidagi formula bilan izohlash mumkin:
𝐿𝑇 = 𝐴𝐴 + 𝐾𝐹 + 𝑉𝑋 + O𝑋 + 𝑆𝑇 . (10.1.1)
bu yerda:
LT - jami lizing to‘lovlari;
AA - lizing beruvchiga to‘lash uchun hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari;
KF - kredit mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizlar yoki lizing stavkasi;
VX - lizing beruvchiga lizing obyektini sotish bilan bog‘liq vositachilik xarajatlari;
QX - lizing beruvchiga lizing obyektini yetkazib berish bo‘yicha qilingan, qo‘shimcha xarajatlar;
ST - sug‘urta to‘lovlari.
Lizing to‘lovining asosiy qismini amortizatsiya ajratmalari tashkil etadi. Amortizatsiya ajratmalari foydalanilayotgan lizing obyektining jismonan va ma’naviy eskirishi natijasida yo‘qotilgan qiymatni qoplovchi asosiy manba
40 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
hisoblanadi. Amaliyotda amortizatsiya ajratmasi summasi quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda:
𝐴𝐴 = 𝐵O*𝑁
100%
(10.1.2)
BQ - lizing obyektining balans qiymati;
N - amortizatsiya ajratmalari normasi (eskirish koeffitsiyenti);
Misol uchun, 2014-yilda OATB “Mikrokreditbank” Namangan viloyat filiali tomonidan “Olmos Trans Servis” XK korxonasiga balans qymati 10000 ming so‘mlik avtomashina 5 yil muddatga lizingga berilgan bo‘lsin. Agar avtomashinaning yillik eskirish koeffitsiyenti 20% ekanligi inobatga olinsa, amortizatsiya summasi yiliga 2000 ming so‘mga teng bo‘ladi (10000 x 0,20=2000).
Lizing stavkasi lizing beruvchi tomonidan ijaraga olingan mulkdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan haq bo‘lib, u lizing beruvchining daromadi hisoblanadi. Lizing stavkasining mazmuni qarzga olingan mablag‘lar (ssudalar) uchun to‘lanadigan foizlar bilan bir xildir. Shu sababli uning summasi foydalanilgan kredit uchun foiz (KF) hisoblash tartibiga monand ravishda aniqlanadi:
𝐾𝐹 = 𝐾𝐻*𝐹𝑆 . ( 10.1.3)
100%
bu yerda:
KH - kredit hajmi;
FS - foiz stavkasi darajasi.
Yuqoridagi misol bo‘yicha KH - kredit hajmi lizingga berilgan avtomashinaning balans qiymatiga, ya’ni 10000 ming so‘mga teng bo‘ladi. Agar bank kreditlari bo‘yicha qaror topgan o‘rtacha foiz stavkasi darajasi (FS) 10% ga teng bo‘lsa, lizing stavkasi summasi besh yilga 5000 ming so‘mga teng bo‘ladi (10000 x 0,1 =1000; 1000 x 5= 5000).
Ma’lumki, lizing beruvchi - lizing kompaniyalari yoki banklar lizing obyektini sotib olish bilan bog‘liq marketing, transport va xodimlarga ish haqi to‘lash kabi xarajatlarni amalga oshiradi. Ushbu xarajatlar vositachilik xarajatlari bo‘lib, u lizing to‘lovlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu xarajatlar lizing beruvchiga lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish mukofoti ham deyiladi. Vositachilik xarajatlarining miqdori quyidagicha aniqlanadi:
𝑉𝑋 = 𝐾𝐻*𝑉𝑆 . (10.1.4)
100%
bu yerda:
KH - kredit hajmi;
VS - vositachilik xarajatlari yillik stavkasi.
Yuqoridagi misol bo‘yicha vositachilik stavkasi darajasi (VS) yillik 0,2% ga teng bo‘lsa, vositachilik xarajatlarining yillik summasi 20 ming so‘mga teng bo‘ladi (10000 x 0,002 =20 ming so‘m; 5 yil uchun 20 *5 =100 ming so‘m).
Bundan tashqari, lizing beruvchi lizing obyektini saqlash, uni lizing oluvchiga yetkazib berish, o‘rnatish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xodimlarni o‘rgatish va turli maslahatlar berish kabi qo‘shimcha xarajatlar qiladi. Qo‘shimcha xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
O𝑋 = 𝑆𝑋 + 𝐾𝑋 + 𝑅𝑋 + 𝐵𝑋. (10.1.5)
bu yerda:
SX - xizmat safari xarajatlari;
KX - ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha xarajatlar; RX- reklama xarajatlari;
BX - boshqa xarajatlar.
Agar QX - qo‘shimcha xarajatlar summasi 80 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yuqoridagi misol bo‘yicha jami lizing to‘lovlari summasi 15180 ming so‘mga teng bo‘ladi (10000+5000+100+80=15180).
Lizing to‘lovlarining muddati tomonlarning kelishuviga muvofiq ma’lum davrlarga bo‘linishi, odatda, har oyga, har chorakka va yilga bo‘lib o‘rnatilishi mumkin. Lizing to‘lovlari summasi shartnomada belgilangan har bir ayrim davr uchun quyidagicha topiladi:
yillik to‘lovlar uchun — (LT : T);
choraklik to‘lovlar uchun — ((LT : T) : 4);
oylik to‘lovlar uchun — ((LT : T) : 12).
Yuqoridagi misolda topilgan jami lizing to‘lovi summasi davrlar bo‘yicha quyidagicha topiladi:
yillik to‘lovlar uchun — (15180 : 5)= 3036 ming so‘m;
choraklik to‘lovlar uchun — ((15180 :5) :4 = 759 ming so‘m;
oylik to‘lovlar uchun — ((15180 : 5) : 12 =253 ming so‘m.
Bugungi kun amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan lizing oluvchi lizing to‘lovlarini amalga oshirayotganida, uning amortizatsiya ajratmalariga, foizlarga, vositachilik va qo‘shimcha to‘lovlarga alohida ajratib ko‘rsatgan holdagi yoyilmasini ilova qilishi shart.
Lizing to‘lovlari kelib tushganidan keyin bank uning yoyilmasiga mos ravishda buxgalterlik o‘tkazmalarini amalga oshiradi: amortizatsiya ajratmalari lizing hisobi yuritiladigan ssuda hisob varag‘ining kreditiga o‘tkazish orqali kreditni to‘lashga yo‘naltiriladi, lizing uchun foiz, vositachilik haqi va boshqa to‘lovlar bank daromadiga qo‘shiladi. Yuqoridagi misolda birinchi yil uchun “Olmos Trans Servis” XK korxonasi OATB “Mikrokreditbank” Namangan
viloyati filiali jami 3036 ming so‘m lizing to‘lovlari o‘tkazadi, ushbu summaning 2000 ming so‘mi amortizatsiya ajratmasi bo‘lib, 1036 ming so‘mi esa bank daromadiga olib boriladi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |