K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


IX BOB. LIZING MUNOSABATLARINING HUQUQIY-IQTISODIY



Download 0,75 Mb.
bet78/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

IX BOB. LIZING MUNOSABATLARINING HUQUQIY-IQTISODIY


ASOSLARI
    1. Lizing munosabatlarini rivojlantirishning huquqiy-iqtisodiy


asoslari
Yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida lizing shartnomasi muhim o‘rin tutgan bo‘lib, hozirda ham mazkur shartnomaviy munosabat bir necha davlatlarning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston Respublikasida yirik sanoat korxonalarini barpo etish, xususan, og‘ir va yengil sanoat sohasini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, qishloq joylarda yangi kichik fabrika va korxonalar qurish hamda ularni jihozlash, ish o‘rinlarini tashkil etish va milliy mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Butun jahonda qo‘llanilib kelingan va o‘zining ijobiy xususiyatlari bilan tadbirkorlik subyektlariga imkoniyatlar taqdim etgan lizing yuqoridagi masalalarni ijobiy hal etish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Lizing munosabatlarini tarixiy rivojlanish bosqichlarini tahlil etish orqali shunga amin bo‘ldikki, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning taraqqiy etishi va yuksalishida lizing bozori o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.
Lizing subyektlari huquq va majburiyatlarini tartibga solishda lizing shartnomasi tushunchasi, uning boshqa shartnomalardan farqlovchi jihatlari va yuridik tabiatini aniqlash lizing munosabatlarining har bir davrida dolzarblik kasb etgan.
Lizing munosabatlarining huquqiy ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:

  1. lizing shartnomalarini muvofiqlashtiruvchi maxsus qonunlarga ega bo‘lgan mamlakatlar;

  2. maxsus qonunchilikka ega bo‘lmagan davlatlar.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi lizing faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunga ega bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasida lizing munosabatlari 1996-yilda qabul qilingan Fuqarolik kodeksining 587-599-moddalari hamda 1999-yil 14-apreldagi “Lizing to‘g‘risida”gi qonun normalari bilan huquqiy tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587-moddasida lizing shartnomasining tushunchasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra “Lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir
taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi” deb belgilangan.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida respublikamizda lizing munosabatlarini rivojlantirish va keng yo‘lga qo‘yish uchun xo‘jalik subyektlarining to‘lov qobiliyatini kuchaytirish, turli tahlikalarning oldini olish, qayta moliyalash stavkalarini pasaytirish kabi muammolarni qo‘yadi. Hozirgi bosqichda lizing faoliyatini kengaytirish maqsadida, lizing kompaniyalari uchun soliq imtiyozlarini yaratish, tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo‘llash imkoniyatlarini lizing infrastrukturasiga yo‘naltirish lozim.
Lizing bozor infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatimiz uchun nisbatan yangi moliyaviy dastakni o‘zida mujassam etadi.
Mamlakatimizda 1995-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismi, 1996-yil 29-avgustda esa ushbu kodeksning ikkinchi qismi tasdiqlandi.
Fuqarolik kodeksining 34-bobidagi oltinchi band lizingga, ya’ni moliya ijarasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lizing ta’rifi berilgan, jami 13 banddan iborat bo‘lgan bu modda lizing shartnomasi, obyekti, subyekti, lizing to‘lovlari, tomonlarning majburiyatlari, javobgarliklari, huquqlari va qator boshqa masalalarni qamrab olgan.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi esa lizing kompaniyalari tomonidan mavjud uskunalarni texnik qayta qurollantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish borasidagi ko‘plab misollarga boy.
Bu tajribadan samarali foydalanish hamda endigina shakllanayotgan lizing xizmatlari bozorining to‘laqonli amal qilishini tashkillashtirish maqsadida lizing faoliyatiga ixtisoslashgan me’yoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish zaruriyati tug‘ildi.
1997-yilda Respublika Vazirlar Mahkamasining ““O‘zkeysagrolizing” o‘zbek-amerika kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 111-sonli qaroriga binoan O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi va uning shu’ba korxonasi “Baraka” ULK OAJga bir oy muddatda “Lizing to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilgan.
Tayyorlangan hujjat, lizing asosida moliyalashtirishning shartnoma munosabatlarining qulay sharoitlari va prinsipial asoslarini qamrab olgan edi. Biroq mamlakat hukumati lizing bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yanada mujassamlashtirish, hamda u lizing munosabatlarining barcha jihatlarini qamrab olishi lozimligidan kelib chiqib vaqtinchalik nizom o‘rniga “Lizing to‘g‘risida” qonun ishlab chiqish zarurligi haqida xulosaga keladi.
1998-yilda Respublika Vazirlar Mahkamasida qator vazirliklar, bank, moliya va lizing tuzilmalari mutaxassislaridan iborat guruh ish boshlab, u “Lizing to‘g‘risida”gi qonunning dastlabki loyihasini ishlab chiqdi. So‘ngra bu qonun loyihasini yanada mukammalroq qilish hamda uni tayyorlashga keng doirada mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi qoshida “Lizing to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlovchi ishchi guruh tashkil etilib, uning tarkibiga Oliy Majlis deputatlari, qo‘mita a’zolari, Vazirlar Mahkamasi, prezident devoni, Moliya va Adliya vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va “O‘zbeklizing interneshnl” va “Baraka” lizing kompaniyalarining mutaxassislari kirdilar.
1999-yil 14-aprelda Oliy Majlisning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirdi. Mazkur me’yoriy- huquqiy hujjat lizing bo‘yicha Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan birinchi maxsus davlat hujjati bo‘lib, unda lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va shartlari, ishtirok etadigan subyektlarning huquq va majburiyatlari, lizing obyektining ta’rifi va lizing faoliyatini belgilovchi me’yorlar o‘zining aniq aksini topdi.
Mamlakatda lizing munosabatlarining rivojlanishi hamda respublika tijorat banklarining moliyaviy xizmat turini ko‘plab ko‘rsatishga jalb qilish maqsadida, O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1997-yil 29-martda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qoidalari muhim rol o‘ynadi. Xususan, bu hujjat tijorat banklarining lizing bozorida faoliyat yuritish me’yorlarini aniqlab, bank mijozlari bo‘lgan kichik va o‘rta biznes subyektlariga banklar tomonidan lizing xizmatlarini bajarish uchun huquqiy asoslarni yaratdi. Ularning lizing xizmatlari qator xususiyatlarga ega bo‘lib, avvalo, deyarli barcha banklar lizing loyihalarini o‘zlari uchun past rentabellik bilan amalga oshirdilar. Bu hol mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari uchun mavjud, ammo lizing operatsiyalariga nisbatan qo‘llanilmaydigan soliq imtiyozlari bilan bog‘liq edi. Tijorat banklari mijozlarning lizing loyihalarini kreditlash stavkasi bo‘yicha moliyalashtirgan va ularning foydasi QQS hisobiga kamaygan. 2002-yil 28- avgustdagi “Lizing tizimini rivojalantirishni yanada rag‘batlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda Markaziy bankning “Tijorat banklarining moliyaviy lizing operatsiyalarini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilgan tuzatish va qo‘shimchalar banklar uchun lizing operatsiyalarini faol amalga oshirishga shart-sharoit yaratib berdi. Lizing beruvchilarni lizing operatsiyalarini o‘tkazish chog‘ida qo‘shilgan qiymat
solig‘idan ozod etilishi, lizing xizmatlari bozorida banklarning faol ishtiroki uchun huquqiy va iqtisodiy asoslarni yanada mustahkamladi hamda rivojlantirdi. Respublikamizda lizing munosabatlarini rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘lidagi vazifalardan biri bo‘lib “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi qonunlarni xalqaro lizing qonunchiligi va davlat iqtisodiyotiga oid boshqa qonunlar bilan tartibga keltirilishi hisoblanadi. Bunda Ottavada qabul qilingan (1988-yil) va 1995-yil 1- maydan kuchga kirgan BMT konvensiyasi qoidalari va ushbu konvensiyaga a’zo bo‘lgan hamda bo‘lmagan davlatlar qonunchiligini inobatga olish asosiy
muammolardan biri edi.
Lizing bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish maqsadida mamlakatda huquqiy islohotlar davom ettirildi. Yuqorida qayd etilgan Prezident farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonuniy hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘g‘risida”gi va “Bojxona ta’riflari to‘g‘risida”gi qonunlariga bir necha marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Lizing to‘lovlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish, lizingga berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojlardan ozod etish, xo‘jalik subyektlarini, lizing oluvchilarni lizingga berilgan mulkni mulk solig‘idan ozod etish va boshqalar kabi jiddiy soliq imtiyozlari berilishi ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishining natijasi bo‘ldi.
2003-yil 16-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 260-raqamli “Istiqbolda valyuta kurslarini unifikatsiyalash va valyuta bozorini liberallashtirish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori lizing operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta hisobiga lizing obyektlarini import qilish shart-sharoitlarini yengillashtirdi, hamda xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda lizingni tartibga soluvchi qonunchilik huhhatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. O‘zbekistan Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

  3. O‘zbekistan Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi;

  4. Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi UNIDRUA konvensiyasi;

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 28-avgustdagi farmoni;

  6. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni;

  7. O‘zbekistan Respublikasi “Bojxona tariflari to‘g‘risida”gi qonuni;

  8. O‘zbekistan Respublikasi Bojxona kodeksi;

  9. O‘zbekiston Respublikasi Milliy buxgalterlik hisoboti standarti (MBHS). Yuqorida aytib o‘tganimizdek lizing munosabatlarini huquqiy bazasini yaratish bo‘yicha O‘zbekistonda juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirga kunda O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” va 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘grisida”gi qonun va birinchi prezidentimiz I.Karimovning mazkur fuqarolik-huquqi institutlari bilan bog‘liq qator farmonlari qabul qilingan va ularda lizing tushunchasi, subyektlari huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi masalalari, shartnoma tuzish tartibi, shartnoma obyektlari, fuqarolik huquqining mazkur institutini rivojlantirish yo‘lidagi dolzarb masalalar o‘z yechimini topmoqda va yaratilishi kerak bo‘lgan sharoitlar, imtiyozlar hamda boshqalar belgilangan, kafolatlangan,

mustahkamlanib o‘tilgan.
Lizing bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning rivojlanishi bevosita bozor munosabatlarining rivojlanishi talablaridan kelib chiqadi va bu institut har qanday ishlab chiqarish, mulk shakllariga va ishlab chiqarish usuliga asoslangan jamiyat bazasining rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lizing ishlab chiqarish subyektlari - korxonalarning asosiy fondlarining asosiy qiymatini shakllantirishga va uni ekspluatatsiya qilish natijasida korxonaga, xo‘jalik subyekti aylanma mablag‘ shaklida tezroq va qisqa muddatlarda qaytishiga ko‘maklashadi. Davlatimiz iqtisodiyotini ko‘tarishning asosiy yo‘llaridan biri – bu iqtisodiy rivojlangan davlatlarning lizing amaliyotini o‘rganish, ularda qo‘llaniladigan ijobiy usullardan foydalanish, respublikada lizing munosabatlariga keng yo‘l ochib beruvchi qonun va qonunosti hujjatlarni tahlil etishdir.
Xususan, dunyoning barcha mamlakatlarida, hozirda lizing munosabatlarini huquqiy tartibga soluvchi maxsus qonunlar qabul qilinib, ushbu shartnomaviy munosabatni yanada rivojlantirish yo‘lida bir necha davlatlarda yetarli imtiyozlar yaratilgan.

    1. Download 0,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish