K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet76/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Moliyaviy lizing (finance leasing) o‘zini o‘zi to‘liq qoplaydigan mol-mulk lizingi yoki uning qiymati to‘liq to‘lanadigan lizing hisoblanadi (full – payout lease). Moliyaviy lizing - lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan belgilangan mulkni sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan to‘lov hamda lizing predmeti to‘liq amortizatsiya muddatiga teng bo‘lgan muddatga ma’lum bir shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishdir (8.4.1-chizma).




Yetkazib beruvchi yoki ta’minotchi


Vositalarni yetkazib berish


Lizing oluvchi

8.4.1-chizma. Moliyaviy lizing sxemasi


Bunday turdagi lizing bitimlari mol-mulkni ataylab mulk sifatida sotib olish va keyinchalik uni vaqti bo‘yicha ishlatish va mol-mulk qiymatining butun yoki ko‘p qismi amortizatsiyalanishi yaqinlashadigan muddatga vaqtinchalik
egalik qilishga va foydalanishga berish operatsiyasi hisoblanadi. Shartnoma amal qilish muddatida lizingga beruvchi lizing to‘lovlari hisobiga mol-mulkning butun qiymatini o‘ziga qaytarib oladi va moliyaviy bitimdan foyda oladi.
Moliyaviy lizingni tavsiflovchi asosiy belgilar quyidagilardan iborat:

  • lizingga beruvchi mol-mulkni o‘zi foydalanishi uchun emas, balki uni lizingga berish uchun ataylab sotib oladi;

  • mol-mulkni va uning sotuvchisini tanlab olish huquqi foydalanuvchida qoladi;

  • mol-mulk egasi u lizingga berish uchun ataylab sotib olinayotganligini biladi;

  • mol-mulk bevosita foydalanuvchiga yetkazib beriladi va u tomonidan ishlatish uchun qabul qilinadi;

  • mol-mulkni sifati, uning butligi, kafolat muddati buziqliklarini tuzatish bo‘yicha da’volar lizingga oluvchi tomonidan bevosita mol-mulk sotuvchisiga yo‘llaniladi;

  • mol-mulk tasodifan nobud bo‘lishi va buzilishi tavakkalchiligi mol-mulk ishlatilishga qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin lizingga oluvchiga o‘tadi.

Moliyaviy lizing mustaqil nomlanadigan bir necha turlarga ega. An’anaviy moliyaviy lizing o‘zaro munosabatlarning uch taraflama tavsifga egalik va mol-mulk qiymati to‘liq qoplanishi bilan tasniflanadi. Lizingga oluvchining talabnomasi bo‘yicha lizingga beruvchi mol yetkazib beruvchidan kerakli bo‘lgan uskunani sotib oladi va uni lizingga oluvchiga beradi hamda lizing to‘lovlari hisobiga o‘zining moliyaviy xarajatlarini qoplaydi va foyda oladi.
Moliyaviy lizingning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • lizing oluvchida lizing to‘lovlarini olishdagi tavakkalchiligi va mulkni ma’naviy eskirish xatari lizing oluvchi o‘z mablag‘lari hisobiga olgandagiga qaraganda yuqori bo‘lishi;

    • ayrim hollarda esa bank krediti evaziga sotib olgan mulkka nisbatan lizingga olingan mulk bahosining yuqori bo‘lishi;

    • oshirib yuborilgan lizing to‘lovlari mahsulot bahosining oshib ketishi va uning raqobatbardoshligining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Keltirilgan kamchiliklar kapital qo‘yilmalar shaklidagi xarajatlashning ushbu usuliga berilgan umumiy ijobiy bahoga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tezkor lizing (tezkore leasing) – bunda shartnoma muddati mol-mulkning iqtisodiy ishlatish muddatidan kamroq. Tezkor lizingda ijaraga mol-mulkning qiymati qisman to‘lanishi kuzatiladi (non – fullpazout lease) va shuning uchun
lizingga beruvchi uni, odatda, turli foydalanuvchilarga bir necha bor vaqtinchalik foydalanishga berishga majbur.

Kreditor


Sug’urta kompaniyasi

Tezkor lizing - lizing beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti sifatida belgilangan to‘lov hisobiga, shartnomada belgilangan ma’lum bir muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni lizingga oluvchiga beradi (8.4.2 – chizma).



Kredit shartnomasi







Yetkazib beruvchi yoki ta’minotchi


Lizing oluvchi

8.4.2-chizma. Tezkor lizing sxemasi


Operatsion lizing bitimi bo‘yicha - bino va asbob-uskunalarni qisqa vaqtga (bir kundan bir yilgacha yoki undan ko‘proqqa) lizingga olganda, lizing beruvchi asosiy vositalarni ta’mirlash va lizingni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar deb ataluvchi joriy xarajatlarni to‘lash, masalan, soliqlar va mulk sug‘urtasini to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Tezkor lizing moliyaviy lizingdan quyidagi jihatlar bilan farq qiladi:

    • qisqa muddatliligi;

    • lizing obyektini lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng lizing beruvchiga qaytarilishi;

    • lizingga beriladigan mulklarning chegaralanganligi;

    • lizing beruvchi lizingga beriladigan predmetni aniq yetkazib beruvchisini topish majburiyatiga ega emasligi;

    • hisobga olishdagi farqlar;

    • oldindan qisman to‘lovning, ya’ni avansning mavjud emasligi (bir oy

muddatga foydalanishga beriladi).
Agar lizing shartnomasida yuqoridagi talablarning birortasi ham ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda lizing tezkor lizing hisoblanadi.
Lizingning ushbu turi buyum hayot siklining muddati ijaraning kontrakt muddatidan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lib, uskuna ijaraga qisqa muddatlarga berilganda qo‘llaniladi. Tezkor lizingda ijara vaqti davomida uskuna to‘liq amortizatsiyalanmaydi va qaytadan ijaraga berilishi yoki ijaraga beruvchiga qaytarilishi mumkin. Amaliyotda tezkor lizing operatsiyalari uch yillik davrdan oshmaydi. Bunday bitimlarda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini oldindan ogohlantirish sharti bilan kontraktni bekor qilish huquqini saqlab qoladi. Lizingning ushbu turi ijara obyekti saqlanishi uchun ijaraga beruvchi ko‘proq mas’uliyatga egaligini nazarda tutadi. Ijaraga beruvchi uskunani ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun mol yetkazib beruvchi firma bilan mustaqil shartnoma tuzish bo‘yicha o‘ziga majburiyat oladi.
Tezkor lizing quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • lizing shartnomasining muddati mol-mulkning me’yoriy xizmat muddatidan kam ahamiyatli, shu sababli lizinga beruvchi mol-mulk qiymatini bir shartnomadan keladigan tushumlar hisobiga qoplashni nazarda tutmaydi;

  • mol-mulk lizingga ko‘p marotaba beriladi;

  • lizingga oluvchi talabnomasi bo‘yicha olingan mol-mulk emas, balki lizing kompaniyasida mavjud bo‘lgan mol-mulk beriladi. Boshqacha qilib aytganda, lizing kompaniyasi mol-mulkni sotib olar ekan, uning aniq belgilangan foydalanuvchisini bilmaydi. Shu bois, tezkor lizingda ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyalari yangi bilan bir qatorda, foydalanishda bo‘lgan lizing mol-mulk bozori kon’yunkturasini yaxshi bilishi lozim;

  • texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sug‘urtalash bo‘yicha majburiyatlar lizing kompaniyasining zimmasiga yuklatiladi;

  • agar ko‘zda tutilmagan vaziyatlarga ko‘ra mol-mulk foydalanish uchun yaroqsiz holda kelsa, lizingga oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin;

  • lizing mol-mulkining tasodifan nobud bo‘lish, yo‘qotilish, buzilish tavakkalchiligi lizing beruvchining zimmasida bo‘ladi;

  • tezkor lizingda lizing to‘lovlarining miqdori moliyaviy lizingga qaraganda, yuqoriroq bo‘ladi, chunki lizingga beruvchi, masalan, mol-mulkni qaytadan topshirish uchun mijozlar bo‘lmasligi, mol-mulk buzilishi yoki nobud bo‘lishi bilan bog‘liq qo‘shimcha tavakkalchiliklarni hisobga olish lozim;

  • shartnoma muddati tugagandan keyin, odatda, mol-mulk lizingga beruvchiga qaytariladi.

Lizing ushbu turining shakllanishi va rivojlanishi lizing uskunalarining ikkilamchi bozori paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, zero ijaraga beruvchida lizing muddati tugagandan keyin mol-mulkni boshqarish lizingga qaytarilgan mol-mulkni qayta sotish sohasida ish olib borishni taqozo etadi.
Shunday qilib, hozirgi zamonaviy jahon xo‘jaligida, lizing munosabatlari oddiy ijara munosabatlaridan innovatsion lizing operatsiyalari darajasiga ko‘tarildi.

Xulosa


  1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlashda lizingning o‘rni beqiyosdir. Lizing atamasining terminologiyaga kirib kelishi iqtisodiyotda yangi sohaning yaratilishiga asos bo‘ldi. Lizing bilan kredit o‘zaro mos shartlarga egaligi tufayli bu xizmat turi bank amaliyotiga keng tatbiq qilindi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda lizing operatsiyalariga nisbatan investitsiyaviy soliq imtiyozlarining qo‘llanilganligi lizing asosida kreditlash amaliyotining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Lizingning afzallik tomoni unda garovning mavjud emasligidir, lizing obyektining o‘zi garov sifatida olinadi va lizing obyektini sug‘urtalash bank uchun ham, lizing oluvchi uchun ham foydalidir.

  2. Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish hamda foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.

  3. Tahlillarga ko‘ra, lizingning quyidagi turlari mavjuddir: bevosita lizing, moliyaviy lizing va tezkor lizing amaliyoti. Biroq hozirgi zamonaviy jahon xo‘jaligida, lizing munosabatlari oddiy ijara munosabatlaridan innovatsion lizing operatsiyalari darajasiga ko‘tarildi va amaliyotda eng ko‘p foydalaniladigan lizingning ikki asosiy turi ajratib ko‘rsatiladi: tezkor va moliyaviy.

  4. Tadbirkorlar lizing qiymati ssudaga teng yoki undan past bo‘lganda undan foydalanadilar. Lizingdan foydalanish soliq imtiyozlari amal qilganda samarali bo‘ladi. Yuqorida biz lizing investitsiya qilishning bir usuli deb ta’kidladik. Demak, lizing operatsiyasini amalga oshiradigan subyektlarga ham investitsiya qilishga beriladigan imtiyozlar tizimini berish lozim.

  5. Lizing operatsiyalarini moliyaviy jihatdan baquvvat, vaqtinchalik bo‘sh pullarga ega bo‘lgan yoki ularga tez erisha oladigan xo‘jalik subyektlari amalga oshirishi mumkin. Hozirgi paytda bunday iqtisodiy sharoit respublikamiz banklarida mavjud.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish