Portfel investitsiyalar - kapitalni xorijiy korxonlar qimmatli qog‘ozlariga kiritish shakli.
Pudratchilar - yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular buyurtmachilar tuzgan shartnomalar asosida ishlarni bajaradilar.
Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.
Pul-kreditsiyosati – davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmuyi.
Qaytariladigan lizing -lizing bitimlarining bir turi. Mohiyati bo‘yicha u ikki taraflama lizing bitimidir. Lizing shartnomalarini bunday lizingga oluvchi bir vaqtning o‘zida lizingga olinadigan mol-mulkning “yetkazib beruvchisi” bo‘lib hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, uskunaning egasi uni lizing kompaniyasiga sotadi va bir vaqtning o‘zida lizingga oluvchi sifatida u bilan ushbu uskuna bo‘yicha lizing shartnomasini tuzadi.
Qo‘shmakorxona - O‘zbekiston Respublikasida nizom kapitalining kamida 25 % i xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar.
Qurilishda ish hujjatlari–alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplekti.
Qurilishlarninganiqmo‘ljalliro‘yxati– obyektlar ro‘yxatini, shuningdek, ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan moliyaviy hujjat.
Qurilishningtitulro‘yxati- qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar hajmini va uni sarflash yo‘nalishlarini ko‘rsatgan, uning texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hujjat.
Rekonstruksiya (qayta ta’mirlash) faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va
yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirish.
Rentabellik – korxona faoliyatining foydalilik darajasi. Uning uch xil ko‘rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi.