151
Staph. epidermis, Staph. saprofit,
difteroidlar, peptokokklar, korine-
bacteriyalar, saprofit grammanfiy diplokokklar kiradi. Sovuqotish,
surunkali
vitaminlar etishmasligi, nafas yo‗llarini shikastlanishlari,
immunitet susayishi natijasida nafas yo‗llari kasalliklari kelib chiqadi .
6.Og„iz bo„shlig„i va me‟da - ichak tizimi mikroflorasi
Og‗iz bo‗shlig‗i odam organizmida mikroorganizmlar uchun qulay
shqroitli joylardan hisoblanadi . Bu yerdagi so‗lak hisobiga yuzaga
keladigan doimiy namlik va ko‗p miqdordagi oziq moddalar
mikroorganizmlar ko‗payishiga sharoit tug‗diradi. Og‗iz bo‗shlig‗ida
doimiy
mikroorganizmlardan
Str. salivaris, mitis, sangius, mutans,
bakteriotsidlar, veylonellalar, aktinomitsetlar, spirohetalar, mikoplaz-
malar, protozoolar, zamburug‗lar va boshqalar kiradi. 1 ml so‗lakda 200
xil atrofida aerob va anaerob mikroorganizmlar uchraydi. Og‗iz bo‗sh-
lig‗ini vaqtinchalik mikroblariga enterobakteriyalar, spora hosil qiluvchi
bakteriyalar kiradi.
Og‗iz bo‗shligidagi mikroorganizmlarning ko‗pchiligi
tish kirida
uchraydi. 1mg quruq tish kirida 250 mln mikrob bo‗ladi. Og‗iz
bo‗shlig‗idagi grammanfiy kokklar uglevodlarni parchalaydi va pH
muhiti muvozanatni saqlaydi. Tish milkida tosh hosil bo‗lishida
aktinomitsetlarning ta‘siri kattadir .
Me‟da – ichak tizimi mikroflorasi.
Qizilo‗ngachning doimiy
mikroflorasi yo‗q. Oshqozonda 1ml me‘da suyuqligida 10
3
mikroblar
bo‗lib, ular asosan kislotaga chidamli turlaridir: laktobakterialar – sut
achituvchi bakterialar, sartsina, achitqilar. Tashqi tomondan oshqozonga
tushuvchi mikroorganizmlarning ko‗pchiligi oshqozonning kislotali
muhiti tufayli halok bo‗ladi. Oshqozon shirasining bakteritsid hususiyati
ichakka mikroblarning tushishi yo‗lida o‗ziga hos fiziologik bar‘er
hisoblanadi. Ingichka ichakda mikroorganizmlar kam,
buning sababi -
o‗t suyuqligi bakteritsid tasirga ega Ingichka ichakda ayniqsa uning
yuqori qismlarida mikroblar hosil bo‗ladi. Pastki qismida mikroflora
qisman ko‗p va yo‗g‗on ichak mikroflorasinikiga yaqindir. Ingichka
ichakda ishqoriylik ortadi va mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun
qulay
sharoit yaratiladi, lekin ingichka ichakning bakteritsid xususiyati
tufayli mikroorganizmlarning sifat va miqdori kambag‗aldir.
Yo‗g‗on ichakda mikroorganizmlar ko‗proq uchraydi. Ichakning
bu qismida 260 xil mikroorganizmlar mavjudligi aniqlangan. Ular
orasida anaeroblar (bakteroidlar, bifidobakteriyalar) ko‗pchilikni tashkil
etadi. Bundan tashqari, ichakda
E.coli
(ichak
tayoqchasimon bakteriya-
152
ning bir turi),
Clostridium (Cl.perfringens, Cl.sprogens)
bakteriyalarning
ayrim turlari, stafilakokklar, streptokokklar
(S.faecalis),
Citrobacter
tipidagi bakteriyalar, achitqilar,
ichak viruslari, bir hujayrali sodda
(ichak amyobasi) mikroorganizmlar ham uchraydi. Yo‗g‗on ichak odam
organizmida eng ko‗p mikrob tutuvchi joydir. 1g najasda 10
9
-10
11
ta 500
turdan ortiq mikroorganizm uchraydi. Obligat mikrofloraning 98-99%
anaerob mikroorganizmlar hisoblanadi. Odam ichak mikroflorasi hayoti
davomida o‗zgaradi. Ichak miroblari ko‗pchilik fiziologik funksiyalarda
ishtirok etadi: ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi, ichak
shilimshiq qavati tuzilishiga ta‘sir ko‗rsatadi, kompleksli vitaminlarni
sintezlaydi, sistemani
faoliyatini tezlashtiradi, ichakning surilish qobi-
liyatiga ta‘sir ko‗rsatadi
Do'stlaringiz bilan baham: