SS1
SS1
Stansiyani chaqirish
Stansiyaning javobi
Chaqirilayotgan
abonentning raqami
ISUP:IAM
(Boshlang'ich adresli xabar)
SIP:INVITE
(Aloqaga taklif)
SIP:100 Trying
(So'rov qayta ishlanmoqda)
H.225.0:Setup
(Bog'lanishni o'rnatishga so'rov )
H.225.0:Call Proceeding
(Chaqiruv xizmatga qabul qilindi )
RAS:ARQ
(Imkoniylik so’rovi )
RAS:ACF
(Funksional imkoniyatlarning almashinuvi)
(Analog
«Chaqiruvni nazorat signali» )
H.225.0:Alerting
SIP:180 Ringing
(Chaqirayotgan abonentga
«Chaqiruv signalini»ni uzatish )
ISUP:AСM
ChSN (Alerting)
(Hamma adresni qabul
qilganligi haqida xabar)
H.225.0:Connect
H.245:Terminal Capability Set
H.245: MSD (Ask)
(Yetakchi / ergashuvchini aniqlash)
H.245: Open Logical Channel (Ask)
(Bir yo'nalishli mantiqiy kanallarning ochilishi)
SIP:200 OK
(Operatsiya muvaffaqiyatli tugallandi; B
abonentning funksional imkoniyatlari)
ISUP:ANM
(Javob xabari)
Javob (Connect)
SIP:ASK
(Tasdiq)
So'zlashuv fazasi
Aloqani uzish fazasi
7.12- rasm. Muvaffaqiyat bilan tugaydigan bog’lanishlarni o’rnatish algoritmi
Abonent А
Raqamli ATS
№7 UKS
SIP/SIP-T
H.323
Abonent B
246
3) Softswitch1 so‘rovlarni qayta ishlaydi, ma’lumotlar bazasi
bo‘yicha B abonentni topadi va u Moskvada joylashganligini aniqlaydi.
Shuning uchun chaqiruv Softswitch1 SIP - T protokoli bo‘yicha
bog‘langan boshqa Softswitch2 texnologiyaga yo‘llanadi.
4) Softswitch1 ISUP: IAM xabarni SIP: INVITE so‘rovga
o‘zgartiradi, ushbu so‘rov chaqiriluvchi abonentni (ushbu holatda
Softswitch2) aloqa seansida qatnashishga taklif etadi. Xabar, odatda,
sessiyaning bayonini o‘z ichiga oladi, unda qabul qilinadigan axborot va
axborotni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
parametrlarni
(parametrlarning mumkin bo‘lgan variantlarining ro‘yxati) uzatiladi,
shuningdek chaqiriluvchi foydalanuvchi uzatishni istagan axborot turini
ko‘rsatishi mumkin. Ushbu xabarda abonentni autentifikatsiyalash
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Softswitch1 SIP:
INVITE so‘rovini uzatish uchun Softswitch2 transport IP - adresini
bilishi kerak.
5) Softswitch2 so‘rov qayta ishlanganligini va qarshi (muqobil)
uskuna taymerni qayta ishga tushirganligini bildiradigan SIP:100 Trying
javoban yuboriladi. Ushbu javob, boshqa shu kabi javoblarga o‘xshab,
mijozning SIP:INVITE xabarining takroriy terilgan signallari bilan
kesishadi.
6) Softswitch2 SIP:INVITE so‘rovini qayta ishlaydi va
chaqiriluvchi abonentning raqamiga muvofiq chaqiruvni marshrutlaydi
hamda SIP:INVITE so‘rovini H.225,0:Setup xabariga o‘zgartiradi.
7- ) Softswitch2 H.225.0 signal kanali bo‘yicha chaqiriluvchi
abonentning transport adresiga H.225,0: Setup bog‘lanish so‘rovini
uzatadi. Ushbu xabar chaqiriluvchi uskunaning (H.323 terminali) 17- 20
umumma’lum portiga uzatiladi.
8) Bunga javoban terminal uskuna bog‘lanishni o‘rnatish uchun
zarur bo‘lgan barcha axborot olingan va chaqiruv xizmat ko‘rsatish
uchun qabul qilinganligini bildiruvchi H.225.0:Call Proceeding xabarini
yuboradi.
9) Uskuna chaqiruvni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u kira
olish uchun so‘rovni RAS:RAQ tarmog‘ining resursiga uzatadi, ushbu
tarmoqqa Softswitch2 RAS:ACF tasdig‘i bilan javob beradi. RAS:RAQ
xabari RAS:RAQ, ya’ni H.323 terminalining xabarini yuborgan uskuna
identifikatorini va RAS:RAQ, ya’ni Softswitch xabarini yuborgan
uskuna bilan bog‘lanishni istagan uskunaning bog‘lanish uchun
axborotini o‘z ichiga oladi. Uskunaning bog‘lanish uchun axboroti alias
adresni va/yoki signal kanalining transport adresini o‘z ichiga oladi,
247
lekin odatda, RAS:RAQ so‘roviga chaqiriluvchi uskunaning alias -
adresi joylashishi mumkin. Bundan tashqari, RAS:RAQ xabarida
RTP/UDP/IP sarlavhalarni va boshqa xizmatga oid axborotni hisobga
olmagan
holda
barcha
nutqli
va
videokanallar
bo‘yicha
foydalanuvchining axborotini uzatish va qabul qilishning summar
tezliklarining yuqori chegarasi ko‘rsatiladi. Aloqa vaqtida uskuna
tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan axborotning o‘rtacha
summar tezligi sekundiga ushbu yuqori chegaradan oshmasligi kerak.
Bu summar tezlikka boshqaruv va signal kanallar bo‘yicha
ma’lumotlarni uzatish kanali bo‘yicha axborotni uzatish va qabul qilish
tezligi kirmaydi.
10) H.225.0:Alerting xabari H.323 terminalidan Softswitch2
texnologiyasiga kelib tushadi. U chaqiriluvchi uskuna band emasligi
to‘g‘risida chaqiruvchi uskunani xabardor qiladi va foydalanuvchiga
kiruvchi chaqiruv to‘g‘risida signal beradi.
11)
Softswitch2
H.225.0:Alerting
xabarini,
Softswitch1
texnologiyasiga to, From, Call- Id va Csed maydonini SIP:INVITE
so‘rovidan nusxa olib, Softswitch texnologiyasiga uzatiladigan SIP:180
Ringing
xabariga
konvertlaydi.
Ushbu
xabar
chaqiriluvchi
foydalanuvchining joylashgan o‘rni aniqlanganligini va chaqiriluvchi
foydalanuvchi kiruvchi chaqiruv to‘g‘risidagi signalni qabul
qilayotganligini bildiradi.
12) Softswitch1 butun ISUP: ASM adresini qabul qilishi
to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. ISUP:ASM xabarining umumiy formati
ISUP:IAM xabarini (aks - sado ajratgich bo‘lganda yoki bo‘lmaganda,
yo‘ldoshli kanalning bog‘lanishida mavjudligi va boshqalar) uzatishga
o‘xshash bog‘lanishni o‘rnatish xususiyatini belgilaydigan 1 bayt qayd
etilgan uzunlikning majburiy parametrini o‘z ichiga oladi. 2 bayt qayd
etilgan uzunlikning boshqa majburiy parametri ISUP:IAM xabaridagi
parametriga o‘xshaydi, lekin u, to‘g‘ridan - to‘g‘ri uzatish
imkoniyatlarini tasdiqlab va bunday uzatishning talab etilgan usulini
qabul qilib (yoki muqobilni taklif etib), bog‘lanishning kiruvchi
tomonining imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bundan tashqari, ISUP:ASM
xabari bog‘lanishning xususiyatlari to‘g‘risdagi ma’lumotlar bilan
majburiy bo‘lmagan (ISUP:IAM xabaridagi parametrga o‘xshash)
parametrlarni va «foydalanuvchi - foydalanuvchi» (3 - 131 bayt
uzunlikdagi) axborotni o‘z ichiga olishi mumkin.
13) Chaqiriluvchi foydalanuvchiga kirish chaqiruvi to‘g‘risidagi
vizual yoki akustik signal beriladi. ISUP:ASM xabarini ATS olgandan
248
keyin «Chaqiruv signalini nazorati» (CHSN) akustik signalini
chaqiruvchi foydalanuvchisiga yuboradi.
14) Bundan keyin chaqiriluvchi foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni
qabul qiladi, Softswitch2 texnologiyasiga chaqiriluvchi uskunaning
H.245 boshqaruv kanalining transport adresi bilan H.225.0:Connect
xabari uzatiladi. Softswitch2 ushbu adresni H.245 boshqaruv kanalining
transport adresi bilan almashtiradi, keyin H.245 boshqaruv kanali
ochiladi.
15) H.245 boshqaruv kanali ochilgandan keyin uskunaning
funksional imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi
boshlanadi.
Izoh: Rasmda signallar ko‘rsatilmagan, balki protseduralar
ko‘rsatilgan.
Softswitch 2 texnologiyasidagi terminal va shlyuz qabul qilinadigan
axborotni dekodlash algoritmi ko‘rsatiladigan Terminal Capability Set
xabarlari bilan almashadi. Terminal Capability Set xabarini boshqa
uskunadan qabul qilgan uskuna Terminal Capability Set Ack xabarini
uzatish bilan qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Konferensiyaning aktiv
kontrolleri ikkita qurilma bo‘lganda, konferensiyani tashkil qilishda ular
o‘rtasida yoki bir vaqtda ikki yo‘nalishli mantiqiy kanallarni ochishga
urinayotgan ikkita qurilma o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etish
zarur bo‘lgan etakchi/ergashuvchi uskunani aniqlash tadbiridan keyin
initsiatsiya qilinadi. Protseduraning borishida qurilmalar master Slave
Determination xabari bilan almashadi. Olingan master Slave
Determination xabariga javoban ikkita qurilma master Slave
Determination Ack xabarini uzatadi, ushbu xabarda bog‘lanish uchun
qaysi qurilma etakchi, qaysinisi ergashuvchi sanalishi ko‘rsatiladi.
Funksional imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvidan va
yetakchi va ergashuvchi uskuna aniqlangandan keyin bir yo‘nalishli
mantiqiy kanallarni ochish protsedurasi bajarilishi mumkin. Mantiqiy
kanalni (bu holatda to‘g‘ridan - to‘g‘ri mantiqiy kanalni) ochish talabida
open Logical Channel uskuna ushbu kanal bo‘yicha uzatiladigan axborot
va kodlash algoritmining turi ko‘rsatiladi. Bu holatda mantiqiy kanal
nutqni ko‘chirish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun open Logical
Channel xabari RTP paketlar uzatilishini nazorat qilish yordamida
RTSR kanalining transport adresi ko‘rsatilgan open Logical Channel
parametrini o‘z ichiga oladi. Open Logical Channel xabariga javoban
uskuna RTP paketlari uzatilishi kerak bo‘lgan tomonga uzatiladigan
249
transport adresi, shuningdek RTSR kanalining trasport adresi
ko‘rsatiladigan open Logical Channel Ack tasdig‘i uzatilishi kerak.
16) Softswitch2 so‘rov muvaffaqiyatli bajarilganligi, chaqiriluvchi
foyda- lanuvchi aloqa seansida ishtirok etishga roziligi to‘g‘risida
SIP:200 OK javobini SIP:INVITE so‘roviga javob qilib yuboradi, tele
javobda chaqiriluvchi foydalanuv- chi uskunasining imkoniyatlari
ko‘rsatiladi. Softswitch1 SIP:ASK so‘rovi bilan ja- vobni qabul qilishni
tasdiqlaydi.
17- ) Softswitch1 ISUP:IAM javobi to‘g‘risidagi xabarni chiquvchi
ATSga uzatadi.
18) Keyin so‘zlashuv sessiyasi boshlanadi, ya’ni chaqiruvchi
abonent chaqiriluvchi abonent bilan bog‘lanadi, to‘lov yozilishi
boshlanadi
va
so‘zlashuv
amalga
oshiriladi.
Chaqiriluvchi
foydalanuvchining uskunasi RTP/UDP/IP paketlarga so‘rovlangan
nutqli axborotni, RTCP kanal yordamida RTP kanallar bo‘ylab
axborotni uzatish nazorat qilinadigan shlyuzning RTP - kanali transport
adresiga uzatadi. Shlyuz ushbu paketlarni o‘rovdan ochadi va raqamli
ko‘rinishda chaqiruvchi ATSga nutqli axborotni yuboradi, ATS o‘z
navbatida, uni foydalanuvchiga etkazadi. UFTf tarmog‘ining
foydalanuvchisidan nutqli axborot teskari tartibda chaqiriluvchi
abonentga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |