Axborot o’lchov birliklari va axborotlarni kodlash
1.Axborotni tartiblash.
2.Axborotni o`lchash va o`lchov birliklari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Axborotni tartiblash , axborotni tartiblash, saqlash va izlash sistemasi, universal o`nlik tartibot, Axborotni o`lchash, o`lchov birliklari, ikkilik raqami, BIT, Bayt, Kilobayt, Megabayt, Gigabayt.
Axborotni tartiblash.
Jamiyatda turli xil axborotlarning ko`pligi va aylanishi inson oldiga kerakli axborotni qanday qilib ratsional ravishda izlab topish masalasini qo`ydi.
Axborotlarning ko`pligi undan foydalanuvchi oldiga, tabiiyki, qiyinchiliklarni qo`yadi. Axborot resurslaridan samarali foydalanishimiz uchun, biz dastlab ularni ratsional tartiblashimiz lozim. Shundagina biz qaysi axborot qayerda turibdi va qanday izlash lozimligiga javob bera olamiz.
Axborotlarni kodlash
Informatika fani uchun o'rganiladigan ob'ekt bo'lib, axborot hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fanda axborotlarni yig'ish, hosil qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda hisoblash texnikasi qay tarzda qo'llanilishi asosiy masala hisoblanadi. Informatikada axborotlar ikki turga - analog va raqamli (diskret) axborotlarga bo'lib o'rganiladi.
Analog axborotlar uzluksiz mavjud bo'lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, analog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta'sir etuvchi energetik signallardir.
Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kombinatsiyasi uchramaydi. Biz ikkita aynan bir xil tovush hatto bir daraxtda ikkita aynan bir xil yaproq uchratmaymiz. Ammo bun-ing teskarisi, ya'ni bir xil shaklga ega bo'lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog'ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansada, u turli musiqa asboblarida (g'ijjak yoki nayda) ijro etilganda, uning farqini darhol sezamiz.
Ta'kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi ho-latini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o'tkazishimiz lozim. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har-xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.
Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, raqamli axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud.
Analog qurilmalarga televizor, telefon, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuterni misol qilish mumkin. Hozirda raqamli televizor va raqamli telefonlar hayotimizdan keng o'rin olmoqda.
Biz axborotlarni turli-tuman signallar holatida qabul qilamiz. Signallarning turli-tumanligi axborotlarni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun ham ax-borotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlashni osonlashtirish maqsadida ular bir xil shaklga keltiriladi, ya'ni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotlarni kodlash deyiladi.
Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Ularga, quyida Siz bilan tanishadigan, Morze va harflarni raqamlash usullarini kiritish mumkin.
Semyuel Morze 1837 yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838 yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini tekis bo'lmagan (o'zgaruvchi) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |