Dastur materiallarining o`quv yiliga taxminiy taqsimoti.
(Haftada 4 soatdan. 34 haftada 136soat)
chorak (36 soat). Takrorlash. Tutiq belgisi. O`zbek alifbosi.
chorak (28 soat). Nutq. Matn. Gap. So`z va bo`g`in. Bo`g`in ko`chirish. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.Ularni harf bilan ifodalash. Aytilishda tushib qoladigan undoshlar. So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar.
chorak (40 soat). So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar.
Narsa va shaxs nomini bildirgan so`zlar. Kishlarning ismi va familiyasi, hayvonlarga qo`yilgan nom, shahar qishloq, ko`cha daryo nomlarida bosh harf. Narsa va shaxs harakatini bildirgan so`zlar.
chorak (32 soat). Narsa va shaxs belgisini bildirgan so`zlar. Sanoq va tartibni bildirgan so`zlar. Gap. Bo`g`in. Bog`lanishli nutq. Yil oxirida takrorlash.
Darslarda o`quvchilarning til materiallarini oson o`zlashtirishlarini, grammatik tahlilni sodda, aniq yo`llar bilan amalga oshirishlari uchun turli jadvallardan foydalaniladi.
Ona tili darslarini tashkil etishda o`quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga undovchi, taqqoslash va kuzatishga asoslangan holda xulosa chiqarishga yo`llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta`minlovchi topshiriqlar beriladi.
Har bir mavzu bo`yicha beriladigan topshiriqlar sistemasi shunday tuzilganki, ular grammatika, imlo va o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`zaro bog`liqlikda, muayyan izchillikda o`rgatishni ta`minlaydi.
Ishning o`ziga xos tomoni yana shundaki, har bir mavzudan so`ng o`quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallardan foydalanishga oid amaliy ko`rsatmalar berildi. Bu dars uchun savol va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi. Bular o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar hajmini belgilashga, o`quvchilarning o`z bilimlarini o`ziashtirish darajalarini aniqlash va tekshirishga yordam beradi.
Ona tili darslarida o`quvchilarni qiziqtiradigan borliq, tabiat hodisalari, hayvonot va o`simliklar dunyosi, vatanimiz o`tmishi, buyuk ajdodlari haqida, tengqurlari haqida ma`lumot beruvchi matnlar, gaplar, mazmunli rasmlar berildi. Bolalar yozuvchi va shoirlari ijodidan namunalar tanlashda ham matnning soddaligiga, yengil hajv bilan yozilganiga, matnlarda bola uchun yangi so`zlar bo`lishiga, ular ustida rasmlar asosida ishlashga e`tibor qaratildi. Masalan, o`quvchi qush so`zini yoki kundalik hayotida har kuni ko`rib turgan qushlar nomini biladi, lekin son-sanoqsiz qushlar mavjud, ular nomini va ularning o`zini asta-sekin taniy borishiga e`tibor berilmas edi. Biz shu narsaga alohida diqqatni qaptdik.
O`qituvchilar o`z tajribalari asosida darslarni yanada samaraliroq tashkil etishlari mumkin. Lekin barcha darslarda ham quyidagi qismlar bo`lmog`i lozim (Tekshirish darslaridan tashqari):
1 .O`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
- O`quvchilarning o`tgan darsni o`ziashtirish darajasini aniqlash, uy vasifalarini tekshirish.
O`quvchilarning yozuv malakalarini takomillashtirish ustida ishlash.
Husnixat mashqlari.
Mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkazib, bilimlarni mustahkamlash.
Quvnoq daqiqa.
Dars mavzusi va maqsadini e`lon qilish. Uni tushuntirish.
Lug`at ishi.
Mashqlar orqali o`quvchilar bilimini mustahkamlash.
Didaktik o`yinlardan foydalanish orqali o`quvchilar bilimini mustahkamlash va o`qish malakalarini o`stirish.
Tarqatma materiallardan foydalanish orqali o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash.
11 .Uyga vazifa berish va uni bajarish yo`llarini tushuntirish.
12. Darsda o`rganilganlarni umumlashtirish va darsni yakunlash.
Darsning bu qismlari dars turlariga qarab turlicha metod va usullarda tashkil qilinadi. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti o`quvchilarga o`zbek tilini o`rgatish yo`llari va vositalari, ona tilini egallash, ya`ni nutqni, o`qish va yozishni, grammatika va imloni o`zlashtirib olish to`g`risidagi ilmdir.
Ma`lumki, DTSida belgilab berilgan ona tili ta`limi mazmuni aniq mavzular va til materiallari asosida dastur va darslikda o`z ifodasini topadi. Ular biri ikkinchisining ijrochisi bo`lib, bir-biriga muvofiq kelishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, 2-sinf ona tili mazmuni metodist olimlarning ko`p yillik kuzatishlari, tajribalari, tajriba natijalarining tahlili asosida takomillashtirib kelinmoqda. Ayniqsa, ona tilining ahamiyatiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
O`qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha predmet darslarida amalga oshiriladi, lekin o`qishga o`rgatish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. O`quv materiali hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o`qishni tashkil etish bolani o`qish mashg`ulotidan bezdiradi.
O`quvchilarni qiziqarli topshiriqlar, tarqatma materiallar asosida o`qitish o`qishga o`yin tusini beradi. Bola o`ynab charchamagandek, o`qib charchaganini sezmaydi.
2-sinfda o`qish darslari bir qancha vazifalarni bajaradi: O`quvchilar asar mazmunini to`g`ri idrok etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari uchun hayot haqida ma`lum tasavvurga ega bolishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o`tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
O`quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishiga ta`sir etadigan yangi ma`lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqea-hodisalarni o`quvchilar o`z hayotida kuzatganlari bilan bog`lay olishlariga sharoit yaratish.
Yozuvchining hayoti bilan elementar tarzda tanishtirish, yozuvchiga, unung hayotiga, ijodiga qiziqish uyg`otish.
O`quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so`zlarning lug`aviy ma`nolarini tushuntirishdan iborat9.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo`lib, o`qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag`ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, yil fasllari, bahor, yoz, shahar, qishloq hayotiga doir mavzular o`rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, «Bahor», «Navro`z bayrami», «Komputer», «Yoz», Amir Temur, Alisher Navoiyga bag`ishlangan materiallarni o`rganilishidan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn o`rganilishidan kamida bir hafla oldin o`quvchilarga e`lon qilinadi.
Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin film namoyish qilinsa, o`quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Hozir o`quv filmlari yetarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin.
O`qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma`lumot berishi eng samarali metod hisoblanadi. Biror shoirning she`ri o`rganilayotganda unung bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma`lumot berilsa, o`quvchilarning asarni o`qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so`ng 1bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig`i bilan tanishtirish, asarning emotsionai ta`sirini aniqlashdir.
Matn ifodali o`qib beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga umumiy taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.
Hikoyaning qaysi o`rni sizga yoqdi?
- Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?
Hikoya o`qilganda siz qaysi o`rinda juda xursand bo`ldingiz? kabi savollar beriladi.
O`quvchilarning borliq, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, bilimlarini ma`lum bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirishdir.
Bo`gin tuzilishi murakkab bo`lmagan so`zlarni bo`g`inlab to`g`ri o`qish. Bolalar hayoti bilan bog`liq bir bo`g`inli, ikki bo`g`inli so`zlarni sidirg`a o`qishlariga erishish. Buning uchun o`qituvchi o`qiladigan asar matnini o`rganish jarayonida o`qilishi qiyin o`rinlarni :belgilashi va o`qishni differensial usulda tashkil etishi, ya`ni o`qilishi qiyinroq o`rinlarni yaxshiroq o`qiydigan o`quvchilarga, oson o`qiladigan o`rinlarni o`qish malakasi bo`sh o`quvchilarga o`qitishni mo`ljallashi lozim.
Bo`g`in tuzilishi murakkab so`zlarni kartonga yoki xattaxtaga bo`g`inlarga bo`lib yozish, jo`r o`qitish usuludan foydalanish, so`z ma`nosini izohlash yoli bilan to`g`ri o`qishni amalga oshirish kerak.
O`quvchilar to`g`ri, ongli o`qishni egallagan taqdirdagina ifodali o`qiy oladilar. Ifodali o`qishga o`rgatish o`qishga o`rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. O`quvchilari o`qishni bilishni namoyish etish maqsadida qichqirib o`qiydi. Bu o`quvchi sog`lig`iga salbiy ta`sir etadi, eshituvchini charchatadi. Qichqirish tufayli o`quvchining nafasi yetmay, o`qishni oxirigacha davom ettira olmaydi. Shuni hisobga olgan holda o`qituvchi o`quvchilarga nafasni to`g`ri olish va to`g`ri sarflash namunasini ko`rsatishi, tovushlarning to`g`ri artikulyatsiyasini o`rgatishi, adabiy talaffuz normalari haqida elementar ma`lumot berishi lozim. Ifodali o`qishga o`rgatishda avvalo o`qituvchi o`zi ifodali o`qish namunasini ko`rsatishi kerak. Ifodali o`qish ko`rgazmalilikdir, deydi metodist olimlar.
Ifodali o`qishga o`rgatish, birinchidan, asar qahramonlarining xattiharakatini tahlil qilishni, badiiy til vositalari vazifasi va ma`nosini tushuntirishni, ikkinchidan, asar matnidagi pauzalarning o`rnini, nutq tempini belgilashni, uchinchidan, o`qishni mashq qilishni taqozo etadi. O`qish darslari shu tarzda o`quvchida kitobga, kitob o`qishga muhabbat uyg`otishi zarur.
O`qish darslarida asarda yozuvchi aytmoqchi bo`lgan fikr - g`oyani ochish o`quvchini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Chunki o`qish darslarining asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarni axloqiy, estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashdir.
Badiiy asar voqealari til vositasida reallashadi. Asar tahlilida asar tilini o`rganish o`quvchilar lug`atini boyitadi, nutqini o`stiradi. Dars ishlanmalarida bunga alohida e`tibor berildi. O`qituvchi ham sinf o`quvchilarining saviyasidan kelib chiqib, asar tili tahlilini chuqurroq, kengroq ko`lamda uyushtirishi mumkin.
O`qish darslarida asar tahlili bilan bog`liq har bir ish o`quvchi shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, ona tili va o`qish darslarining asosiy maqsadi har tomonlama etuk, barkamol shaxsni tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |