Vaziyatga doir masalalar.
1.Hujayralarning xilma- xil guruhlarida dastlab xromosomalarning diploid
to‘plami 2n va DNKning miqdori 2c ekanligi aniqlandi. Hujayra bo‘linganidan
so‘ng interfazada DNKning miqdori yana aniqlandi. Bunda ayrim hujayralarda
DNK miqdori 2c, ayrimlarida 1c, uchinchilarida esa 4c ekanligi aniqlandi. Hujayra
qanday usul bilan bo‘lingan?
2.Mitoz jarayoni kechayotganda organizm muhitning zararli omillari ta’sir
qilib, mitoz duki ipchalarining parchalanishiga sabab bo‘ldi. Bu holat qanday
natijalarga olib kelishi mumkin?
3.Mikropreparatlarda mitoz o‘rganilayotganda ba’zi preparatlarda mitoz duki
tarkibida sentriolalar borligi, boshqa preparatlarda esa sentriolalar yoqligi aniqlandi.
Buning sababi nima deb o‘ylaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |