O‘quv jihozlari:
Jadvallar, mavzuga oid mantiqiy sxemalar, o‘simlik va hayvon hujayralarida
mitoz va meyoz jarayonlari aks ettirilgan mikropreparatlar, slaydlar, mikroskop,
kodoskop, videofilmlar.
Mashg‘ulot rejasi.
Mavzuga oid mantiqiy jadvallardan foydalanib, mitoz sikli va hujayraning
hayot sikllarini, uning davrlari davomida xromosomalar to‘plami, DNK
miqdoridagi o‘zgarishlar o‘rganiladi, doimiy mikropreparatlar yordamida mitoz va
meyoz fazalari o’rganiladi. Videofil'mda hujayra bo‘linishi namoyish etiladi,
talabalar albomiga mitoz va meyoz fazalarini, irsiy moddaning o‘zgarishlari aks
etdirilgan sxemalarni chizib oladilar. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi albomlarni
tekshirib, bilmlarni baholaydi, keyingi mashg’ulotga topshiriqlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |