K. N. Nishonboyev. J. H. Xamidov


Yuvenil davrda asosiy o‘zgarishlar: 1.O‘sish. 2.Tana qismlari o‘zaro



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/204
Sana31.12.2021
Hajmi3,37 Mb.
#278481
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   204
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIYA VA IRSIYATDAN QO‘LLANMA K.N.Nishonboyev J.H.Xamidov. - Т

Yuvenil davrda asosiy o‘zgarishlar: 1.O‘sish. 2.Tana qismlari o‘zaro 
proporsiyalari (mutanosibligi) o‘zgarishlari (36-rasm). 3.To‘qimalar, a’zolar 
funksiyalarining yetuk organizmga xos rejimga asta-sekin o‘tib borishi. 
 
O'sish jarayonida hujayralar proliferatsiyasi va differensiatsiyalashishi, 
hujayralar poliploidlashishi, hujayralar orasidagi moddalar ortishi kuzatiladi. Eng 
jadal o‘sish bolaning birinchi yoshi davomida kuzatiladi, bo’yi 20-25 sm ga o‘sib, 
og‘irligi 3 marta oshadi. Keyin o‘sish jadalligi asta-sekin kamayib boradi va jinsiy 
balog‘atga yetish davrida yana keskin tezlashadi (pubertat sakrash). 
 
O'sish jarayoniga tashqi muhit omillari: ovqatning sifati, vitaminlar miqdori, 
kislorod, muhit harorati, yorug‘lik qabilarning ta’siridan tashqari ichki sekretsia 
bezlari gormonlarining ta’siri ham juda katta. Gipofizning oldingi qismida o'sishni 
jadallashtiruvchi   somatotrop gormon (STG) sintezlanadi. Bu gormon asosan suyak 
va mushak hujayralariga ta’sir etib, ularning o'sishini ta`minlaydi. Gipofizning 
gipofunksyyasida STG kam sintezlanishi natjasida pakanalik (nanizm) kelib chikadi. 
Aksincha, STG ko’p miqdorda sintezlansa, gipofizar  gigantizm rivojlanadi. Jinsiy 
balog’atga yetish bilan STG gormoni sintezlanishi susayadi. Agar gormon miqdori 
yetuk organizmda ko'payib ketsa, ayrim a`zolarda patologik o'sish kuzatiladi va 
akromegaliya xastaligi kelib chiqadi. Akromegaliyada qo'l-oyoq va yuz suyaklari 
yiriklashib, o’sib ketadi. 
 
Qalqonsimon bez gipofunksiyasi organizmdagi umumiy modda almashinuvini 
susaytiradi, nerv sistemasi qo’zg’aluvchanligi pasayib ketadi, reflekslar hosil bo’lish 
jarayoni sekinlashib qoladi. Agar ana shu holat yosh bolalarda kuzatilsa, o'sish va 
balog’atga yetish jarayonlari susayadi, tanadagi a`zolar proporsiyasi buziladi, ruhiy, 
aqliy rivojlanish orqada qoladi, ja`ni kretinizm xastaligi kuzatiladi. 
 
Keyingi yillarda bolalar va o'smirlarda o'sish, rivojlanishning tezlashuvi, ja'ni 
akseleratsiya kuzatilmoqda. Akseleratsiyaning asosiy sabablaridan biri odamlar 
populyatsiyalarida autbriding nikohlar ko'payishi, millatlar, irqlarning migratsiyasi, 
aralashuvi jadallashishi natijasida geterozigotalar ortishi bo’lishi mumkin degan 
gipoteza haqiqatga yaqinroqdir. Akseleratsiya homila davrida ham kuzatilmoqda. 
Akseleratsiya natijasida organizmlarning o'sishi birmuncha erta to'xtaydi. 
 
Akseleratsiya natijasida hozirgi vaqtda qiz bolalarning o'sishi 16-17 yoshda, o'g'il 
bolalarning o’sishi esa 18-19 yoshda to'xtamoqda. 
 
Akseleratsiya sabablarini aniqlovchi bir qancha nazariy dalillar fanda ma’lum. 
Ana shulardan biri ovqatlanishning yaxshilanishi, vitaminlarning yetarli miqdorda 
qabul etilishi, ikkinchisi esa yer magnit maydonida bo'ladigan o‘zgarishlarning ta’siri, 
uchinchisi tashqi muhitda radiatsiya darajasining ko‘payishidir. 


 
 119
 
Jismoniy va fiziologik korsatkichlarning avvalgi 50-100 yillarga nisbatan 
yuqoriroq bo'lishi katta yoshdagilarda ham kuzatilmoqda, bu hodisani sekulyar trend 
deyiladi. 
 
Yetuklik davri erkaklarda 22 yoshdan, ayollarda 21 yoshdan hisoblanadi va ikki 
bosqichga bolinadi. Yetuklik davrining birinchi bosqichi 35 yoshgacha, ikkinchi 
bosqichi erkaklarda 36 yoshdan 60 yoshgacha, ayollarda esa 55 yoshgacha 
hisoblanadi. 30-35 yoshlarda – ospirinlik yoshidan yetuklikka o'tish davrida 
fiziologik reaksiyalarda bir qator ozgarishlar sodir bo'ladi - moddalar almashinishi 
ozgaradi. Natijada odamning ba'zi bir mehnat turlarini bajarish imkoniyati 
chegaralanib qoladi, 45 yoshdan oshgandan song endokrin funksiyasida sezilarli 
ozgarishlar sodir boladi, beshinchi o'n yillik davomida qarish jarayoni 
boshlanayotganini bildiradigan ozgarishlar paydo boladi. Shu bilan bir vaqtda 
organizmni qayta ko'rish va moslashish mehanizmlari ishga tushadi. Erkaklarda 61 
yoshdan, ajollarda ehsa 56 yoshdan keksalik davri boshlanadi. Ko'p odamlar bu 
davrda yetarli darajada ish faoliyatini saqlab qoladi. 
 
Odamning vazni asosan gavda tuzilishi, jins va yoshga bogliq  bolib, 
kishining jismoniy rivojlanganligi va sog’ligini belgilovchi nisbiy ko'rsatkich 
khisoblanadi. Soglom odamning vazni normasini aniqlashda tana tuzilishiga qarab 
odamlar  astenik,  normostenik va giperstenik deb ataluvchi uch turga bo'linadilar. 
Asteniklar oriq, kokraklari yassi, mushaklari nisbatan zaifroq, normosteniklarning 
yelkalari va kokraklari keng, mushaklari kuchli rivojlangan, gipersteniklar baquvvat, 
vazni ogir kishilar boladilar. 
 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish