Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi
Qarorlar qabul qilishi qo’llab-quvvatlash tizimi (QQQT) tashkilotning
boshqaruv darajasiga xizmat ko’rsatadi. Ular vaziyatli xarakterga ega bo’lmagan,
hamda ularni oldindan ko’rish oson bo’lmagan, yaxshi strukturalanmagan qarorlar
variantini analitik asoslashga yordam beradi. Bunday tizimlar atrof muhitni
o’zgarib turuvchi sharoitlariga moslasha olishga tayyor bo’lishi kerak. Ularda
ofisli, professional va tranzaksion tizimlardan hamda BATdan foydalanilishiga
qaramasdan, ular tashqi manbalardan (aksiyalarni joriy narhlari, raqobatchilardagi
mahsulotlarning narxi va h.q.) ham axborot oladilar.
QQQT boshqa darajadagi tizimlar bilan taqqoslanganda, kattagina tahlilik
imkoniyatlarga ega. Ularning asosida ma’lumotlar tahlilini matematik modeli
yotadi. QQQT interaktiv hisoblanadi, qaror qabul qiluvchi shahs, vazifa (masala)
shartini o’zgartirishi va do’stona foydalaniladigan interfeysdan foydalanib, ularga
yangi ma’lumotlarni kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |