K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Kreking jarayon. Bu jarayon yuqori molekular fraksiyalarning 
mayda molekular massali fraksiyalarga parchalanishiga asoslan-
gan. Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib oli-
nishi 50–60 foizgacha yetadi. 
17
Kreking jarayon issiqlik ta’sirida o‘tkazilsa, termik kreking (bu 
usul asosida A-66 benzin olingan) deb ataladi. Kreking jarayon is-
siqlik ta’sirida va katalizatorlar ishtirokida o‘tkazilsa, parchalanish 
katalitik kreking (bu usul asosida A–72 va A–76 benzinlari olina-
di) deyiladi. 
Termik kreking jarayoni quyidagi omillarga bog‘liq: harorat, bo-
sim, jarayonning davomiyligi va xomashyo tarkibi. Masalan, 400°C 
haroratda mazutdan 30 foiz benzin ajratib olish uchun 12 soat talab 
etilsa, harorat 500°C gacha yetkazilganida esa atigi 30 soniya vaqt 
talab etiladi. 
Kreking jarayonda olingan benzinlar tarkibida ko‘p miqdorda 
to‘yinmagan uglevodorodlar mavjud bo‘lib, ular neft to‘g‘ridan 
to‘g‘ri haydab olingan benzinlarda bo‘lmaydi. Shuning uchun ham 
kreking benzinlar saqlashda unchalik turg‘unlik xususiyatiga ega 
emas va detonatsiyaga chidamliligi past. Ularning turg‘unligi-
ni oshirish maqsadida ularga oz miqdorda (foizning yuzdan yoki 
mingdan bir ulushi miqdorida) maxsus antioksidlovchi suyuqliklar
ya’ni stabilizatorlar aralashtiriladi. Antioksidlovchi sifatida naftol, 
smolalarning fenolli fraksiyalari (240–310°C) va paraoksidifeni-
laminlar ishlatiladi. 
Agar kreking jarayon 2–5 MPa bosim ostida va 480–500°C 
haroratda amalga oshirilsa, bu jarayon suyuq fazali kreking deyi-
ladi, bosim 0,2–0,6 MPa hamda harorat 520–550°C va undan ortiq 
bo‘lganida esa bug‘ fazali kreking deyiladi. Bug‘ fazali jarayon-
da olingan benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar nisbatan 
ko‘p bo‘ladi, shuning uchun suyuq yonilg‘i (suyuq fazali jarayonga 
nisbatan) kam olinadi. 
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekinga nisbatan takomil-
lashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar-
ning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi. Buning natijasida kata-
litik kreking natijasida olingan benzinning sifati yuqori bo‘ladi. 
Katalitik kreking 450–590°C haroratda va 0,1–0,2 MPa bosim-
da katalizatorlar (alumaslikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida 
o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta 


18
o‘tkazishda 40–50 foiz benzin, 30–40 foiz dizel va 10–15 foiz qaz 
fraksiyalari olinadi. 
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida ularning 
tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasini pasaytirsh 
kreking jarayoni reforming (bu usul asosida АИ–93 benzini olina-
di) deb ataladi. Bu jarayon 460–520 °C harorat va 0,98–1,47 MPa 
bosimda bajariladi, bunda 70–95 foiz benzin ajralib chiqadi. Yuqori 
sifatli yonilg‘ilarni olish uchun yana bir qancha ikkilamchi jara-
yonlar o‘tkazilishi zarur. Buning natijasida uglevodorodlarning tu-
zilishi biroz o‘zgaradi. Proliz (aromatlash), gidroforminq, alkillash
izomenzatsiyalash va boshqalar ikkilamchi jarayonlar jumlasiga ki-
radi. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish