Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar. Ish jarayonida motor moyi
kuchli ko‘pirishi mumkin, buning natijasida ishqalanuvchi yu-
zalarni moylash sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Moyning
ko‘pirish darajasi moyning qovushoqlik va zichligiga, shuning-
dek, haroratga bog‘liq. Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar moylar-
ning sirt tarangligini kamaytiradi va bu bilan ularning havo va suv
aralashganida, masalan, chayqalganida, ko‘pirishiga to‘sqinlik
qiladi. Ko‘pirishning oldini olish maqsadida moyga polimetilsilok-
san (ПМС–200А), polidimetilsiloksan, polietilsiloksan va boshqa
qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bu qo‘shilmalar moyga yuvuvchi qo‘shil-
ma bilan birgalikda qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |