178
– antifrizni faqat benuqson (suyuqlik oqmaydigan va tomchi-
lamaydigan) sovitish tizimlarida ishlatish mumkin, chunki antifriz
juda kichik tirqishlardan ham osongina sizib chiqadi (suv sizmay-
digan tirqishlardan antifriz bemalol sizishi mumkin, shuning uchun
antifriz quyishdan oldin tizimni tekshirish lozim);
– avtomobil bo‘yog‘i shikastlanmasligi uchun sovitish tizimiga
antifriz quyilayotganda uning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
– sovitish tizimida suyuqlik bug‘lanishi natijasida antifrizning
sathi pasaysa, radiatorga suv quyiladi, chunki etilenglikol bug‘lan-
maydi;
– qishda antifrizning zichligi muntazam ravishda gidrometr bi-
lan tekshirib turiladi;
– antifriz bilan ishlab bo‘lingach qo‘lni sovunlab yuvish shart.
Antifriz tekkan qo‘l bilan ovqatlanmaslik, chekmaslik kerak.
7. 5. Gidravlik tizimlar uchun suyuqliklar
Zamonaviy avtomobillar va boshqa mashinalarda har xil me-
xanizmlarni harakatga keltirish uchun gidravlik yuritmalardan
tobora keng foydalanilmoqda. Ularda ishchi suyuqlik sifatida ish-
latiladigan moylarning gazlar va qattiq jismlarga nisbatan katta
afzalligi bor – ular deyarli siqilmaydi. Ularning bu xossasi kuch
uzatish jarayonini ravon, silkinishsiz va shovqinsiz amalga oshirish
imkonini beradi.
Moylarning gidravlik tizimlarda ishlash sharoiti juda og‘ir: ish
harorati yozda +60–80°C ga yetadi, qishda esa –30– 40°C dan ham
pasayib ketishi mumkin; ishchi bosim 10 MPa ga, gidrohajmiy
uzat malarda esa 40 MPa ga yetadi.
Gidrotizimlar ishonchli va uzoq muddat ishlashi uchun ish-
chi suyuqlikka quyidagi talablar qo‘yiladi: harorat o‘zgarganida
gidrotizim ishonchli ishlashi uchun moyning qovushoqligi katta
bo‘lmasligi, shu bilan birga, tizim bo‘ylab ravon siljishi, ishchi de-
tallarning yeyilmasligi va tirqishlar orqali kam isrof bo‘lishi uchun
179
uning qovushoqligi yetarli bo‘lishi lozim; qotish harorati tashqi
muhit haroratidan ancha past (15–20°C) bo‘lishi kerak; moylash
xususiyati yaxshi bo‘lishi, rangli, qora metallar va ularning qotish-
malarini korroziyalamasligi, shuningdek, rezina, charm va boshqa
zichlamalarni yemirmasligi lozim. Saqlashda, ayniqsa, ishlatish ja-
rayonida tarkibi o‘zgarmasligi, qatlamlanmasligi, gidrotizim kanal-
lariga tiqilib qoladigan moddalar ajratmasligi (ya’ni kimyoviy va
issiqlik ta’sirilariga turg‘un bo‘lishi) lozim. Ular tarkibida suv va
mexanik aralashmalar bo‘lmasligi kerak.
Gidravlik moylar qovushoqligi bo‘yicha 10 klassga (5, 7, 10,
15, 22, 32, 46, 68, 100 va 150) va ishlatilish xususiyatlari bo‘yicha
3 guruhga (А, Б va B) bo‘linadi. Masalan, МГ–15В gidravlik moyi:
МГ – mineral gidravlik moy; 15 – qovushoqlik klassi; B – moyning
ishlatilish xususiyati bo‘yicha guruhi.
Gidravlik tizimlarda qo‘llash uchun 20 dan ortiq turdagi moylar,
asosan neft distillatlariga qo‘shilmalar aralashtirish yo‘li bilan ish-
lab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: