Avtomobillar uchun transmission moylar. Bu moylar markasi
ТА harfi bilan boshlanadi. Qo‘shimcha harflar moyning o‘ziga xos
ayrim xossalarini ko‘rsatadi. Masalan, ТАД–17И moyi markasida-
gi Д harfi moy tarkibida faqat qoldiq moygina emas, distillat moyi
ham borligini bildiradi, И harfi moy tarkibida uning yaxshi qovush-
oqlik-harorat, yeyilishga qarshilik ko‘rsatish va ko‘pirishga qarshi
xossalarini ta’minlovchi kompleks qo‘shimchalar borligini bildira-
di. ТАП–15В moyi markasidagi П harfi moy tarkibida qo‘shilma
borligini, В harfi avval ishlab chiqarilgan ТАП–15 moyiga qara-
ganda xossalari yaxshilanganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |