232
Statik elektrlanish natijasida uchqun paydo bo‘lishining oldini
olish uchun hamma o‘tkazgich va sig‘imlar yerga ulanadi. Yonilg‘i
quyish shoxobchalari va moylash postlarining to‘ldirish kolonka-
lari va agregatlari yashin qaytargichlar bilan jihozlanadi. Neft om-
borlari kerakli birlamchi o‘t o‘chirish qurollari, shitlar, belkurak-
lar, ilmoqlar va boshqa asboblar, qumli idishlar, o‘t o‘chirgichlar,
namatlar bilan jihozlanadi.
Statik elektrlanish natijasida yong‘in va portlash kelib chiqishi-
ning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘ini haydashda ishlatiladigan barcha vositalar, o‘tkaz-
gich quvurlar, sisternalar, yonilg‘i quygichlar va sig‘imlar yax-
shilab yerga ulanishi lozim;
– yonilg‘ini quyish ochiq oqim ko‘rinishida bo‘lmasligi va yo-
nilg‘i sachratilmasligi lozim;
– yonilg‘ining suv va havo bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– idishga neft mahsulotlari quyilayotganida shlangning uchi har
doim neft mahsuloti ichida bo‘lishi, bo‘sh idishga yonilg‘i quyish-
da shlang uchi yonilg‘iga botib turadigan bo‘lgunicha yonilg‘ini
juda sekin oqizish lozim;
– yonilg‘i tashiydigan avtosisternalarning yerga ulanadigan (te-
gib turadigan) zanjirlarini mustahkamlash kerak.
Yong‘in chiqqanida, yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirish
uchun kimyoviy ko‘pik, karbon kislota gazi, qum va tuproq ishla-
tilishi lozim. O‘t o‘chirishda toza suvdan foydalanish taqiqlanadi,
chunki suvning zichligi yonayotgan neft mahsulotining zichligidan
yuqori bo‘lganligi tufayli neft mahsuloti suv yuziga qalqib chiqadi
va yonishda davom etadi, yonish kuchayadi va atrof muhitga tez
tarqaladi.
Yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirishda ishlatiladigan eng
qulay vositalar – bu o‘t o‘chirgichlardir. Ular ikki turda chiqarila-
di: ko‘pikli va karbonkislotali. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar – ОП–3,
OП–5 va ОПМ ishga solinganida ular kislotaning suv eritmalari,
ishqor va ko‘pirtirgich ishtirokida ko‘pik hosil qiladi. O‘t o‘chir-
233
gich 1 min davomida ishlaydi, oqimi 6–8 m gacha yetadi. Karbon
kislotali o‘t o‘chirgichlar ОУ–2, OУ–5 va OУ–8 karbon kislota bi
-
lan to‘ldirilgan bo‘lib, u o‘t o‘chirgich ishga tushirilganida birda-
niga kengayib, gaz holatiga o‘tadi va minus 79°C gacha haroratda-
gi pufaklar (ko‘piklar) hosil qiladi.
Idishlardagi neft mahsulotlarining yonishini to‘xtatish uchun o‘t
o‘chirgichlar oqimini idishlarning yonayotgan devorlari chekkasi-
ga shunday yo‘naltirish kerakki, bunda yonayotgan neft mahsuloti
sachramasligi kerak.
Transport vositasiga yonilg‘i quyish vaqtida paydo bo‘lgan
alan gani o‘chirish uchun avtomobilni yonilg‘i quyish joyidan olib
chiqish va alangani namat, asbest to‘shma, o‘t o‘chirgichlar bilan
o‘chirish lozim. Agar dvigatel yona boshlasa, trasport vositasini
yonilg‘i quyish joyidan uzoqlashtirish, dvigatelning ta’minlash
tizimiga yonilg‘i berishni to‘xtatish, o‘t oldirish tizimini o‘chirish
va alanga manbayini o‘t o‘chirgich, namat yoki havo kirish yo‘lini
bekituvchi boshqa vositalar bilan o‘chirish kerak.
Yong‘in chiqqanida neft mahsulotlarini qabul qilib olish va uni
berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar to‘xtatilishi shart.
Boshqa turdagi neft mahsulotlarini ishlatishda ko‘riladigan cho-
ra-tadbirlar benzinning ishlatilishidagi kabidir.
Ba’zi neft mahsulotlari havo kislorodi ta’sirida o‘z-o‘zidan alan-
galanishi va metall idishlarga katalitik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuning uchun ularni ishlatishda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Masalan, etilenglikol va glitserin marganesli kaliy bilan xavfli ara
lashma hosil qiladi.
9. 3.
Do'stlaringiz bilan baham: