K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

Azot oksidlari.
Azot (II)-oksidi ko‘zning shilliq pardasini, 
o‘pkani yallig‘lantiradi, yurak-qon tomir tizimida tuzatib bo‘lmay-
digan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Azot oksidlarining juda kam 
miqdori ham xavfli hisoblanadi. Azot oksidlari uglevodorodlar bi
-
lan birikib, zaharli nitrooleiflar hosil qiladi. Ularning organizmga 
zararli ta’sirini hech qanday vositalar bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. 
Uglevodorodlar.
Yonmay qolgan uglevodorodlar bir necha yuz 
kimyoviy birikmalar aralashmasidan iboratdir. Aralashma yoqim-
siz hidga ega bo‘lib, ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqa-
radi. Ayrim aromatik uglevodorodlar kuchli zaharli xususiyatlarga 
ega bo‘lib, markaziy asab va mushak tizimiga salbiy ta’sir etadi. 
Alifatik uglevodorodning zaharlilik darajasi pastroq bo‘lib, ular 
markaziy asab tizimiga narkotik kabi ta’sir ko‘rsatadi. 
Aldegidlar.
Ishlatilgan gazlar tarkibida, asosan, formaldegid va 
akroleinlar bo‘ladi. Formaldegid va akroleinlar nafas olish yo‘llari 
va shilliq pardalarni yallig‘lantiradi. Formaldegid markaziy asab 
tizimi, jigar, buyrakni shikastlaydi va oltingugurt birikmalari bilan 
dimoqni yoradigan yoqimsiz hid tarqaladi. Akrolein nafas olingani-
da ko‘zni achishtiradi va yoshlantiradi, u bilan nafas olinganida 
tomoq tirnalgandek bo‘ladi, yo‘tal tutadi. Akroleinning havodagi 
konsentratsiyasi 0,07 mg/
l
bo‘lganida, kishi ko‘pi bilan bir minut 
chidaydi. 
Dvigatel ishlatilganida chiqariladigan oltingugurt birikmalari 
uning silindrlarida amalga oshuvchi jarayonning o‘ziga aloqador 
bo‘lmasdan, tarkibida biror turdagi oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ilar-


228
dan foydalanganida yuzaga keladi. Bunda yonish jarayonida sul-
fit angidrid va vodorod sulfid hosil bo‘ladi. Oltingugurt (II)­oksidi 
nam bilan birikib, sulfat kislota hosil qiladi. Bu kislota odam orga-
nizmini zaharlabgina qolmay, balki yonilg‘i apparatlarining detal-
larini, silindrlar yuzasini, klapanlar va ularning uyasini yemiradi. 
Sulfat angidrid qon ishlab chiqaruvchi organlar – ilik va qorajigar-
ni yallig‘lantirib, uglevodlar almashinuvini buzadi. Uning kichik 
miqdori bilan surunkali ravishda zaharlanish bosh og‘rig‘ini, uy-
qusizlikni keltirib chiqaradi, shilliq pardani yallig‘lantiradi, ba’zi 
hollarda esa bronxit, ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi kabi 
kasalliklarga sabab bo‘ladi. 
Qo‘rg‘oshin
birikmalar 
organizmda to‘planib, moddalar alma-
shinuvi va qon hosil bo‘lish jarayonlarining buzilishiga olib keladi. 
Uglerod gazi va boshqa zaharli moddalar ta’siridan zaharla-
nishning oldini olish uchun ish joylarida va avtomobillarni saqlash 
maydonlaridagi havo tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini vaq-
ti-vaqti bilan nazorat qilib turish va shamollatishni (ventilatsiya) 
yo‘lga qo‘yish lozim. 
Avtomobil kabinalariga va salonlariga ishlatilgan gazlar kirishi-
ga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 
Gazdan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish benzin bu-
g‘idan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi amalga oshi-
riladi. 
Mineral
surkov moylari
(motor, transmission, sanoat va bosh-
qalar) va
 gidravlik suyuqliklar
ham zaharli hisoblanadi. Tarkibida 
turli xil qo‘shilmalar bo‘lgan moylar bilan ishlashda, qo‘shilma-
siz moylarga nisbatan, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish 
lozim. Chunki tarkibida oltingugurt, xlor, fosfor, rux, qo‘rg‘oshin 
va boshqa elementlar bo‘lgan bir qator qo‘shilmalarning zaharlilik 
darajasi yetarlicha o‘rganilmagan. Moylarni ishlatish qoidalarining 
buzilishi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmaslik natijasi-
da terining ekzema kasalligi (xronik, yuqimsiz, tez-tez qo‘zg‘alib 
turadigan teri kasalligi), modda almashinuvi, asab tizimi va ichki 
sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi kabi holatlar kuzatila-
229
di. Bunda teri qichishadi va xilma-xil toshmalar (dog‘, tuguncha, 
pufakcha va boshqalar) toshadi, follikular shikastlanish, dermatit-
lar, terining pigmentlanishi va hatto nisbatan og‘ir kasalliklar kelib 
chiqishi ham mumkin. 
Etilenglikol
va uning suvdagi eritmasi – 
antifriz
ham kuchli 
ta’sir etuvchi zaharli suyuqlik hisoblanadi. Organizmga tushganida 
markaziy asab tizimi va buyrakni shikastlaydi. 
Glikol asosidagi tormoz suyuqliklari (ГТЖ–22, – 2M, «Нева», 
«Томь», «Роса»va boshqalar)ning zaharli ta’siri antifrizning ta’si
-
riga o‘xshash bo‘ladi. Etilenglikolning 50 g (100 g atrofidagi anti
-
friz) dozasi odamni o‘ldiradi. 
Antifriz va tormoz suyuqligi suyuqlanadigan yoki tashiladigan 
hamma idishlarda «Zahar» degan yozuv yaqqol ko‘rinib turishi (bu 
so‘z yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan yoziladi), idishda antifriz 
yoki tormoz suyuqligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, uning tiqinlari 
va bo‘g‘zi tamg‘alanishi zarur. 
Antifriz va tormoz suyuqliklarini shlang orqali og‘iz bilan so‘rib 
tortish mumkin emas, chunki etilenglikol oshqozonga tushsa, uni 
zaharlaydi. Shikastlangan kishiga tezlik bilan yordam ko‘rsatish 
lozim. Bunda oshqozon toza suv bilan yoki 2 foizli ichimlik so-
dasining suvdagi eritmasi bilan chayiladi, majburiy ravishda qayt 
qildiriladi, shikastlangan kishi o‘rab isitiladi va zudlik bilan vrach 
chaqiriladi. 
Antifriz va tormoz suyuqliklari bilan ish bajarilganidan keyin 
qo‘lni, albatta, sovunlab yuvish kerak. 
ATKlarda ishlatiladigan erituvchilar va suyultiruvchilar zaharli 
bo‘lishi bilan birga yuqori bug‘lanuvchanlikka egadir. Ular bilan, 
shuningdek, lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlanganida benzin bi-
lan ishlanganidagi kabi chora-tadbirlar qo‘llanadi. Metil spirti yoki 
dixloretan bilan zaharlangan kishilarga ham antifriz yoki tormoz 
suyuqligi bilan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi yor-
dam ko‘rsatiladi. 


230
9. 2.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish