304
mustahkam chiqadi. Agar biriktirish yelimini 50°C gacha qizdirib
bajarilsa, birikmaning mexanik mustahkamligi yana-da ortadi. Neft
mahsulotlari ta’siriga chidamaliligining pastligi bu yelimlarning
kamchiligidir. Agar kremniyorganik kauchukdan olingan issiqqa
chidamli rezinalarni metallarga biriktirish lozim bo‘lsa, KT–25.
KT–30 va boshqa yelimlarni ishlatish mumkin. Bu yelimlar krem-
niyorganik smolalar asosida tayyorlanadi, 200°C haroratgacha bar-
dosh beradi.
Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada tayyor-
lashni talab qiladi. Mustahkam birikma olish uchun sirtlar bir xil
g‘adir-budurlikka ega bo‘lishi kerak. Buning uchun aluminiy,
qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir qog‘oz bilan, qora
metallar, qattiq qotishmalar, ba’zi plastmassalarga pitra bilan ishiov
beriladi. Yog‘och buyumlar egov bilan tozalanadi. Ba’zi metall va
qotishmalar (aluminiy, magniy, mis, xromlangan buyumlar) uchun
sirtlarni kislota yoki ishqorli vannalarda xurushlashga va boshqa
operatsiyalarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Polietilen va ba’zi boshqa
plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga sulfat kislota eritmasi
bilan ishiov beriladi. Yopishtirishdan oldin detallar benzin, aseton,
yuvish vositalari bilan yog‘sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan de-
tallar ta’mirlanayotganda ulardagi eski yelimni qirib tashlash zarur.
Bo‘yalgan sirtlar yuvish vositalari bilan yuviladi va jilvir qog‘oz
bilan ishqalanadi (kuch tushmaydigan konst-ruksiyalarning sirtlari)
yoki bo‘yoq qatlami butunlay qirib tashlanadi. Tayyorlangan sirt-
ga yelim, odatda, cho‘tka bilan kamdan kam hollarda pulveriza-
tor yoki shpatel bilan yelim pastalari surtiladi. Bu jarayonni me-
xanizatsiyalashtirish uchun ko‘pincha yelim surtadigan jihozlardan
foydalaniladi.
Odatda, biriktiriladigan sirtlar va yelim pardasining issiqdan
chiziqli kengayish koeffitsiyenti turlicha bo‘ladi. Shu sababli
yelimni sirtga mumkin qadar yupqa qilib surtish zarur. Faqat shun
-
dagina birikma mustahkam chiqadi. Yelim pardasining qalinligi
0,25 mm dan oshmasligi kerak.
305
Yopishqoq lentalardan foydalanish sohasi ancha kengayadi: ular
izolatsiyalarni ta’mirlashda, metallarni korroziyalanishdan saqlash
da, sirtlarni bo‘yash yoki galvanik qoplamalar hosil qilishda ishlati-
ladi. Bundan tashqari, ular buyumlarni markalashda, o‘rashda ham
ishlatiladi. Lentalar qog‘oz, sellofan, polietilen. lavsan, polivinil-
xloriddan tayyorlanadi va ullarga yelim surtiladi. Ularning afzalli-
gi shundaki, deyarli barcha sirtlarga yaxshi yopishadi, yopishtirish
uchun maxsus uskuna talab qilmaydi. Tayyor holda chiqariladi.
12. 2.
Do'stlaringiz bilan baham: