Me’yorlarni kamaytirish.
Yonilg‘i sarfining yo‘l me’yorlari
quyidagi hollarda kamaytiriladi:
213
– shahardan tashqaridagi takomillashtirilgan qoplamali yo‘llar-
da ishlayotganida 15 foizgacha;
– muntazam marshrutlarda ishlamaydigan biror korxonaga qa-
rashli avtobuslardan foydalanishda – 10 foizgacha.
Moylar va plastik surkov moylarining sarf me’yorlari 100
l
yonilg‘i sarfiga nisbatan muvaqqat me’yorlar asosida belgilanadi
(8. 5- jadval).
8. 5- jadval
Moylar va plastik surkov moylari sarfining
100
l
yonilg‘i sarfiga nisbatan muvaqqat me’yorlari
Transport turi
Motor
moyi,
l
Trans-
mission
moy,
l
Maxsus
moy,
l
Plastik
surkov
moylari, kg
Benzin va suyultirilgan gaz bilan
ishlaydigan yengil avtomobillar,
yuk avtomobillari va avtobuslar
2,4
0,3
0,1
0,2
Dizel yonilg‘isida ishlaydigan yuk
avtomobillari, avtobuslar
3,2
0,4
0,1
0,3
Dizel yonilg‘isida ishlaydigan
yo‘lsiz joylarda foydalaniladigan
БелАЗ yoki МоАЗ avtomobillari
5,0
0,5
1,0
0,3
8. 7.
Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash
Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash deganda, yonilg‘i
va moylash materiallaridan oqilona foydalanish, ularning sifatini
saqlash, isrof bo‘lishini va sarfini kamaytirish bo‘yicha qo‘llani
ladigan chora-tadbirlar tushuniladi.
Yonilg‘i va moylash materiallari uchun xarajatlarning umumiy
xarajatlardagi ulushi 40–45 foizni tashkil etadi. Shuning uchun
yonilg‘i va moylash materiallari sarfini kamaytirish tashish tan
-
narxini pasaytirish, shuningdek, energetika va mehnat resurslaridan
tejab-tergab foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Neft mahsulot-
214
larining miqdor va sifat yo‘qotishlarining oldini olish avtomobil
transportining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga,
ularning uzoq muddat ishonchli ishlashiga, shuningdek, atrof muhit
ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Shuning bilan birga,
neft mahsulotlarining isrof bo‘lishiga qarshi kurashish muhim iqti-
sodiy, texnik, ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega.
ATKlarda neft mahsulotlari isrof bo‘lishining oldini olishga
bir qator tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish natijasi-
da erishiladi. Bu tadbirlarning eng samaralilari quyidagilardir:
yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, yonilg‘i va moylash mate-
riallaridan oqilona foydalanish; avtomobillarning texnik sozligini
ta’minlash; neft mahsulotlari sarfini hisobga olish; haydovchilar va
ta’mirlovchilar malakasini oshirish; nazorat xizrnatini tashkil etish,
yonilg‘i moylash materiallari sarfini kamaytirishda faol ishtirok et
-
gan haydovchilar va ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish.
ATKlarda yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha
tashkiliy-texnik tadbirlarning istiqboldagi va yillik rejalari tuzila-
di. Reja tuzishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha
yillik va istiqboldagi rejalar, yonilg‘i va moylash materiallarining
solishtirma me’yorlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar dastlabki
ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi. Reja tuzishga ATKning rahbar
va muhandis-texnik xodimlari, ilg‘or haydovchilar, ishchi va xiz-
matchilar jalb etiladi.
Tadbirlar rejasi, odatda, jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Rejada tadbir nomi, amalga oshirilish muddati, bajarishga mas’ul
shaxs, samaradorlik, rejadagi xarajatlar va moliyalashtirish man-
balari, zarur materiallar, jihozlar va boshqalar keltiriladi. Reja ATK
rahbari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga kiritiladi. Rejan-
ing bajarilishini nazorat qilish va umumiy rahbarlik ATKning bosh
muhandisi zimmasiga yuklatiladi.
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish va ularni tejash maq-
sadida ATKda quyidagi nazoratlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘imoylash materiallarining solishtirma sarfi me’yorla
rini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
215
– yonilg‘i va moylash materiallarini tejash;
– neft mahsulotlaridan samarali foydalanishni doimiy tahlil qilib
borish,
– ularni ro‘yxatdan chiqarishni yonilg‘i quyish qaydnomalarida
emas, balki haqiqiy sarf asosida amalga oshirish;
– yilning sovuq mavsumlarida dvigatel va agregatlarni qizdi-
rishda yonilg‘i va moylarining ortiqcha sarflanishiga barham be
rish, doimiy marshrutlarda ishlaydigan avtomobillar uchun yonil g‘i
sarfming diferensial me’yorlarini qo‘llash;
– avtomobillarning to‘la texnik soz holda ishga chiqarilishini
ta’minlash;
– neft mahsulotlaning invertarizatsiya qilish, neft mahsulotla-
rining ifloslanishi, isrof bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va ortiqcha sarflani
-
shi bo‘yicha taftish o‘tkazish.
Yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish yonilg‘i va moylash
materiallaridan samarali foydalanish va ularni tejashga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Tashishni oqilona tashkil etishda asosiy vazifani
ATKning ishchilari bajaradi. Bu ishchilarga quyidagi majburiyatlar
yuklanadi:
– tashishni tashkil etishni takomillashtirish, yuqori samara be-
ruvchi marshrutlarni ishlab chiqish, kunlik ish grafiklarini shlab
chiqish;
– avtomobillarning yuksiz yurishiga barham berish yoki yuksiz
yurish masofalarini imkon qadar qisqartirish;
– samarasiz tashishlarni kamaytirish;
– yuk tashishda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligini qat’iy
e’tiborga olish;
– tirkamalardan oqilona foydalanish;
– ortish, tushirish ishlarini yuqori darajada mexanizasiyalash-
tirishni ta’minlash va yuk tashishda konteynerlardan foydalanish;
– avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan mumkin qadar yax-
shiroq foydalanish;
– transport vositalarining marshrutlardagi ishini nazorat qilishni
kuchaytirish;
216
– bajarilgan transport ishi miqdoriga qo‘shib yozishga barham
berish choralarini qo‘llash yo‘li bilan yonilg‘i va moylash material-
larining boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– haydovchilar bilan birgalikda nisbatan iqtisodiy samarali
harakat marshrutlari va tezliklarini ishlab chiqish;
– yo‘lovchi tashishning takomillashgan usullarini keng qo‘llash.
Avtomobil va dvigatellarning texnik holati yonilg‘i va moylash
materiallari sarfiga ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil transportida yonilg‘i
va moylash materiallarini tejash bo‘yicha tavsiyalarda quyidagilar
qayd etilgan:
– tormoz va g‘ildirak gupchaklarining noto‘g‘ri sozlanishi yo-
nilg‘i sarfining 10–20 foizga, moy va surkov moylari sarfining 30–
50 foizga ortib ketishiga olib keladi;
– g‘ildiraklarni yaqinlashtirishning me’yordan ortib ketishi nati-
jasida yonilg‘i va moylash materiallarining sarfi 10–15 foizga or
-
tadi;
– shinalardagi havo bosimini me’yordan 0,05 MPa ga kam bo‘li-
shi yonilg‘i va moylash materiallari sarfini 4–5 foizga, havo bosi
-
mining 0,1 MPa ga kamayishi esa 10 foizga ortishiga olib keladi;
– klapanlarning noto‘g‘ri sozlanishi natijasida yonilg‘i sarfi
5–8 foizga, moy sarfi esa 15–20 foizga ortadi.
Yonilg‘i va moylash materiallari sarfining ortishiga ta’minlash
tizimi, yondirish va moylash tizimlaridagi nosozliklar sezilarli ta’sir
etadi. Avtomobillarda uchraydigan nosozliklarning 10 foizdan or-
tig‘i ta’minlash tizimidagi nosozliklarga to‘g‘ri keladi, buning
natijasida yonilg‘i sarfi 20–40 foizgacha ortadi. Sakkiz silindrli
dvigatelning bitta yondirish shami ishlamaganida yonilg‘i sarfi
15–18 foizga, ikkita shami ishlamaganida esa, 40 foizgacha orta-
di. Dizel dvigatelining bitta forsunkasi nosoz bo‘lganida, yonilg‘i
sarfi 20–30 foizga ortadi. Uzgichtaqsimlagich kontaktlari orasida
-
gi tirqishning me’yordan 0,2 mm ortiq qilib sozlanishi natijasida
yonilg‘i sarfi 7–10 foizga ortadi. Shuningdek, o‘t oldirishni ilga
rilatish burchagining tirsakli valning burilish burchagiga nisbatan
5° ga kechikishi natijasida yonilg‘i sarfi 6–8 foizga ortadi.
217
Shunday qilib, avtomobillarni tejamli ishlatishga qaratilgan tad-
birlar ichida transport vositalarining texnik soz holda bo‘lishini
ta’minlovchi tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Avtomobillarni haydash saviyasi ham, yuqorida aytib o‘tilga-
nidek, yonilg‘i va moylash materiallarini tejashga katta ta’sir ko‘r-
satadi. Tajribalar ko‘rsatishicha, bitta avtomobil aynan bir marsh -
rut bo‘yicha turli malakaga ega bo‘lgan haydovchilar tomonidan
boshqarilganida, yonilg‘i va moylash materiallari sarfidagi farq
20–40 foizni tashkil etadi.
Bundan yonilg‘i va moylash materiallarini ishlatishning oqilona
tashkil etilishi ko‘p jihatdan haydovchiga bog‘liqligi kelib chiqadi.
Yonilg‘i va moylash materiallaridan imkoniyat qadar samarali foy-
dalanishni ta’minlash uchun haydovchilar o‘z malakalarini doimo
oshirib borishlari, avtomobil haydashning ilg‘or usullari va uslu-
blarini o‘rganishlari va amalda qo‘llashlari lozim. Avtomobil trans-
portida neft mahsulotlarini tejash samaradorligini oshirish yo‘na-
lishlaridan biri haydovchilarni o‘qitishda elektrik sxemali turli xil
trenajorlar, shuningdek, avtomobillarni ma’lum ish sharoitlarida
boshqarishdan foydalanish lozim.
Yonilg‘i-moy tarqatish va moylash ishlarini hamda moy xo‘jali-
gini tashkil etish ham ATKda neft mahsulotlarining tejamli ishla-
tilishiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Avtomobillarga yonilg‘i qu-
yish, odatda, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida talon
asosida amalga oshiriladi. Moylarni almashtirish, avtomobilning
uzel va agregatlariga moy quyish va to‘ldirish ishlarini tashkil etish
uchun har bir ATKda zamonaviy talablarga javob beruvchi moy
xo‘jaligi bo‘lishi lozim.
Neft mahsulotlarini tashish, qabul qilish, saqlash va tarqatish-
da, odatda, ularning isrof bo‘lishi kuzatiladi. Neft mahsulotlarining
isrof bo‘lishi tabiiy (bug‘lanish), ekspluatatsion (ifloslanish, suv
aralashishi, turli marka va navlarning aralashib ketishi, to‘kilishi,
oqishi, to‘la quyib olmaslik) va avariya (to‘kilib ketish, yong‘in,
portlash) turlariga bo‘linadi.
218
Odatda, yonilg‘i omborlarida yonilg‘ini bug‘lanishidan is-
rof bo‘lishi umumiy isroflarning 75 foizini tashkil etadi, qolgan
25 foizi esa to‘kilish, aralashish, sizish va boshqalar hisobiga amal-
ga oshadi.
Yonilg‘ining ishlab chiqarilishidan uni avtomobillar yonilg‘i
baklariga quyishgacha bo‘lgan davr mobaynida benzinning bug‘la-
nishi hisobiga isrof bo‘lishi 1,5–2 foizga yetadi. Shuning uchun
yonilg‘ining bug‘lanishi hisobiga kamayishining oldini olish uchun
quyidagi zarur chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: ularni yer ostiga
joylashtirilgan sig‘imlarda saqlash, yer ustiga joylashtirilgan sig‘im
va taralarni oqish rangga bo‘yash, sig‘im va taralarning zichligini
ta’minlash, gaz bug‘i hosil bo‘ladigan muhit hajmini kamaytirish
va boshqalar.
Sig‘imlarning qanday rangga bo‘yalishi yonilg‘ining yil davo-
mida bug‘lanishdan isrof bo‘lishiga quyidagicha ta’sir etadi.
Absolut Nisbiy
foizlarda foizlarda
Qora ....................................................................................... 1,24 100
Qizil, zangori ......................................................................... 1,14 92
Kulrang ................................................................................. 0,99 78
Aluminrang ............................................................................ 0,83 67
Avtomobil benzinlarini yil davomida turli xil sharoitlarda
saqlashda yonilg‘ining nisbiy isrof bo‘lishi (foiz hisobida) quyida
keltirilgan:
Yer ostiga joylashtirilgan ........................................................................... 0,18
Yarim yer ostiga joylashtirilgan ................................................................. 0,50
Yer ustiga joylashtirilib, ustiga brezent yopilgan ....................................... 0,63
Yer ustiga ochiq holda joylashtirilgan ........................................................ 1,03
Yer ustiga joylashtirilgan yog‘och tiqinli ................................................... 1,75
Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish va ulardan oqilona foy-
dalanish energetika va mehnat resurslarini tejashning muhim omil-
laridir.
219
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda mehnat
jamoalari va alohida ishchilarni taqdirlash muhim ahamiyatga ega.
Taqdirlash uchun tejalgan ikkilamchi yonilg‘i energetika resurslari
tannarxining 50 foizigacha mablag‘ ajratishga ruxsat etiladi. Bu
mablag‘lar korxonaning rag‘batlantirish jamg‘armasiga kiritiladi.
8. 8.
Do'stlaringiz bilan baham: |