184
ish muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Роса» tormoz suyuqligi
-
ni «Томь» va «Нева» suyuqliklari o‘rniga ishlatish mumkin.
Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash harorati va
past haroratlardagi ko‘rsatkichlarga asosan belgilanadi. Qaynash
harorati bo‘yicha eng yaxshi tormoz suyuqligi «Роса», eng yomon
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan suyuqlik esa БСК suyuqligidir. Foyda
-
lanish jarayonida glikol asosidagi suyuqliklarning qaynash haro-
rati pasayadi va ikki yil mobaynida ishlatilganidan so‘ng suyuqli-
kning qaynash harorati quyidagicha bo‘ladi: «Нева» – 135–140°C,
«Томь» – 150– 160°C va «Роса» – 160–165°C. БСК suyuqligining
qaynash harorati 110°C. Shuning uchun БСК suyuqligi shoshilinch
ravishda tormoz bosiladigan og‘ir ish sharoitlarida tormoz tizimi-
ning ishonchli ishlashini ta’minlay olmaydi.
Tormoz tizimlarida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishining oldini olish
maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz suyuqlikla-
rini almashtirish muddati quyidagicha tavsiya etiladi: «Нева» –
1–2 yil; «Томь» va «Роса» – 2 yil.
BCK suyuqligining past haroratlardagi ko‘rsatkichlari qoniqar-
siz bo‘lib, minus 15–17°C haroratdayoq kanakunjut moyining
kristallari hosil bo‘ladi. Haroratning bundan ham pasayishi suyuq-
likning tizim bo‘ylab harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Minus 20°C
haroratda БСК suyuqligi yaroqsiz holga keladi. «Нева», «Томь» va
«Роса» suyuqliklaridan minus 40–45°C haroratgacha foydalanish
mumkin.
Sovuq iqlim sharoitida ishlatiladigan avtomobillar uchun minus
55°C haroratdagi qovushoqlik 1500 mm
2
/s dan kam bo‘lmagan
maxsus suyuqlik zarur bo‘ladi. Bunday suyuqlik bo‘lmaganida,
«Нева» va «Томь» suyuqligiga 15–20 foiz miqdorida etil spir
-
ti qo‘shib ishlatish mumkin. Hosil bo‘lgan suyuqlik minus 60°C
gacha haroratda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Lekin bu aralashma
rezina manjetlarning jipsligini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun
tormoz suyuqligiga spirt aralashtirish majburiy hol hisoblanadi va
qish mavsumi tugaganidan so‘ng aralashma tizimdan quyib olinishi
zarur.
185
«Нева», «Томь» va «Роса» suyuqliklari birbirini almashtirishi
mumkin, ularni o‘zaro istalgan nisbatda aralashtirish mumkin.
Bu suyuqliklami БСК suyuqligiga aralashtirish mumkin emas,
chunki bunda suyuqlik o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi.
«Нева» va «Томь» suyuqliklari xorij texnikalarida qo‘llaniladi
-
gan xalqaro tasniflardagi ДОТ–3 (qaynash harorati 205°C) suyuq
ligiga, «Роса» suyuqligi esa ДOТ–4 (qaynash harorati 230°C dan
yuqori) suyuqligiga mos keladi.
БСК suyuqligi zamonaviy avtomobillarda qo‘llanilmaydi.
Ba’zi tormoz suyuqliklarining asosiy xususiyatlari 7. 1- jadval-
da keltirilgan.
7. 1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: