110
Moy ishchi haroratda ma’lum qovushoqlikka еgа bo‘lishi va harorat
ta’sirida moy qovushoqligi imkoniyat qadar kam o‘zgarishi lozim.
Moylarning qovushoqligi mexanizmlar ishiga katta ta’sir ko‘rsa-
tadi. Har bir konkret hol uchun qovushoqlikni to‘g‘ri tanlash lozim.
Qovushoqligi juda ham past bo‘lgan moylar
detallar orasidagi tir-
qishdan
osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi
jadallashadi va moylash materialining sarfi ortadi. Aksincha, moy
qovushoqligi juda ham yuqori bo‘lganida, o‘zaro
ishqalanuvchi de-
tallar orasidagi tirqishga moy
yetkazib berish qiyinlashadi,
buning
natijasida ham detallarning yeyilishi jadallashadi. Shu
bilan birga,
moylangan yoki moy vannasiga cho‘ktirilgan detallarni harakatlan-
tirish uchun energiya sarfi ortib ketadi (5. 2 rasm).
5. 2- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: