Korroziyaga qarshi xususiyati.
Tormoz tizimining gidrouzat-
masi turli xil metallardan tayyorlangan detallar birikmasidan ibo-
rat. Shuning uchun suyuqlik tarkibida po‘lat, cho‘yan, aluminiy va
mis materiallarni korroziyadan himoyalovchi ingibitorlar bo‘lishi
lozim.
Rezina zichlagichlarga ta’siri.
Gidrotizimning jipsligini
ta’minlash uchun asosiy tormoz silindrining porshen va silindrida
rezina zichlagich manjetalaridan foydalaniladi. Odatda, manjetalar
suyuqlik ta’sirida biroz shishadi va silindr devorlariga jips tegib
turishi hisobiga ishchi suyuqlikni tizim bo‘yicha harakatlanishi-
ni ta’minlaydi. Bunda manjetani me’yordan ortiq shishiga yo‘l
qo‘ymaslik lozim, aks holda porshen harakatlanganida rezina ma-
teriali buziladi va buning natijasida tizimdan suyuqlik sizib chiqadi.
Rezina materialining shishishga sinashda manjeta 70 va 120°C
haroratdagi suyuqlikka botirib tekshiriladi. Shundan so‘ng man-
jetaning hajmi, qattiqligi va diametri aniqlanadi.
Tormoz suyuqligi –50°C dan 150°C gacha bo‘lgan haroratlarda
o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |