Me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari.
Avtomobil yonilg‘isi si-
fatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko‘rsat-
kichlarga komponent tarkibi, to‘yingan bug‘ bosimi, suyuq bug‘-
lanmaydigan qoldiqning bo‘lmasligi, zararli aralashmalar miqdori
kiradi.
Gazning komponent tarkibi.
Gaz ballonlari bilan ishlaydigan
avtomobillar uchun gaz to‘ldirish shoxobchalarida barcha mavsum-
larda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko‘rsatkichi belgilan-
gan chegarada o‘zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida (mas-
sasi bo‘yicha) kamida 80 ± 5 foiz propan, ko‘pi bilan 20 ± 5 foiz
butan va ko‘pi bilan 6 foiz boshqa gazlar (propilen, butilen, etilen)
bo‘ladi. Propan bilan butanning nisbati o‘zgarsa, gaz yonganida
chiqadigan issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o‘zgaradi.
Oqibatda dvigatelning silindrlaridagi yonish jarayoni yomonla-
shadi va ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |