Kimyoviy usulda tozalash
yonilg‘i tarkibidagi keraksiz birik-
malar reagentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishiga asoslan-
gan. Kimyoviy usullarga sulfat kislota, ishqorlar, xlorli metallar
yordamida, gidrogenizatsion tozalash va boshqalar kiradi.
Fizikaviy usulda tozalash
yonilg‘i tarkibidagi keraksiz bo‘lgan
birikmalarni eritish yoki ularning sirtqi-aktiv moddalarda adsorbsi-
yalanishi (yonilg‘i tarkibidagi moddalar yoki gazlarning sirtqi-ak-
tiv moddalarda yutilishi)ga asoslangan. Fizikaviy usullarga selek
-
tiv erituvchilar va turli adsorbentlar yordamida tozalash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |