1.2. MMN fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fani rivojlantirish yo`llari.
«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanini mukammal o`rganishning afzalligi yana shu bilan izohlanadiki, to`g’ri qaror qabul qilishda insonlar doimo kerakli va ishonchli nazariy bilimga va ma`lumotga ega bo`lishi zarur. Agar ular o`z bilimlariga ega bo`lmasa tajriba va xatolaridan kelib chiqqan holda o`ziga qimmatga tushgan usulni qo`llashi mumkin yoki boshqalarning tajribasi, xatolarini o`rganishi mumkin, lekin «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan olgan bilimlariga murojaat qilsa ularning ishi ancha engillashadi, belgilagan rejasi aniq bo`ladi.
«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fani mexanizmlarning tuzilishi va sintezi to`g’risida yaxlit tasavvur beruvchi bilimlar tizimi bo`lish bilan insonlarda oldindan ko`ra bilish, bashorat qilish, rejalashtirish ko`nikmalarini hosil qiladi, aniq fikrlashga undaydi. Davlatimizning rivoji va ertangi kunga bo`lgan ishonchi ko`p jihatdan zamonaviy, raqobatbardosh mashina va mexanizmlar moslamalarini ishlab chiqarishga bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirishdagi asosiy omillardan biri ishlab chiqarishga yangi mashina va mexanizmlarni joriy qilib, uning texnika darajasini oshirib borishdan iborat. Yuqoridagi vazifalarni hal kilishda MMN fanining alohida o`rni bor.
Mashina va mexanizmlar unumdorligi ko`p yillardan beri har bir davlatning iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilashga asoslanib kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo`lgan.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishni muvaffaqqiyatli amalga oshirish fan, madaniyatni rivojlantirish, demokratik davlat qurish uchun halq ongi, ma`naviyatini yanada yuqori bosqichga ko`tarish zarurdir.
«Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida avvalo bozor islohotlari va mamlakatni modernizatsiya qilishning puxta o`ylangan modeli va uzoq muddatga mo`ljallangan dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo`yicha olib borilayotgan tizimli, izchil va qat`iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas»1 .
Iqtisodiy islohotlarni hayotga samarali tadbiq etishning yana bir sharti mashina va mexanizmlarni modernizatsiyalashdir, to`qimachilik va paxta sohasi uchun mutaxassislarni rasmlantirish mexanizmini yaratishdir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ta`lim tizimidagi islohotlarning asosini rasmlantiruvchi qator me`yoriy xujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmoqda. Bular asosida “Ta`lim to`g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g’risida”gi qonunlar alohida o`rin tutadi. Bu qonunlardan kelib chiqadigan vazifa ta`lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir.
Ilg’or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular munozara darslari, iqtisodiy muzokaralar, ishbilarmon o`yinlar, muammoli holatlarni, keys stadilarini echish va hokazolardir. Ushbu usullar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda, sifat masalalarini hal qilishda, muammoni hal qilishning eng maqbul yo`llarini topishda yordam beradi. Shuningdek, to`qimachilik, engil va paxta sanoat yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlash davlat ta`lim standartini amalga oshirishda amaliy vosita hisoblanadi. Davlat ta`lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |