K o r x o n a n in g b osh q a ru v o rgan in i tash k il etish.
Yangi tashkil
etilgan korxonaning asosiy muammolaridan biri faoliyatli organizmni
bunyod etishdir. Uning doirasida ishchilar o'z faoliyat maqsadlari va unga
erishish yo'llarini aniq anglashlari lozim. Agar yangi tashkil etilgan
korxona yaxshi ishlaydigan va yaxshi boshqariladigan ishlab chiqarishga
aylanmasa, u tanazzulga duch kelib, jalb etilgan katta kapital ham,
mahsulotning yuqori sifati ham, hatto unga talab ham yordam bermaydi.
Nyu-York
universiteti
Biznes
maktabining
professori
Piter
Drukeming fikricha, yangi korxonadagi boshqaruv quyidagilami talab
qiladi:
-bozorda diqqatni biror narsaga qaratishi;
-naqd pullami rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bog'liq
jarayonlar rivoj ini oldindan ko'ra bilishni;
-oliy boshqaruv bo'g'inini unga zaruriyatdan oldin tuzishni.
Agar mahsulot muayyan maqsadlar uchun foydalanishga mo'ljallab
chiqarilgan bo'lsa, u bozorda o'z o'mini topadi. Shu bilan birga,
kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlami shakllantiradi.
Masalan, ko'p yil mobaynida barcha ishlarda nusxa ko'chirish
qo'llanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa ko'chirish apparatini ixtiro
qilib, bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQSH, balki dunyoning boshqa
mamlakatlarida ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, «bozorni o'rganish» atamasi dinamik
jarayon tushunchasi bilan bog'liqdir. P.Druker «Yunivem» kompaniyasi
bilan bog'liq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950-yillarda bozorni ilmiy
tahlil qilish asosida 2000-yilga kelib, kompyuterlar soni 1 mingga etadi,
degan faraz qilingan. Lekin 1984-yilning o'zidayoq 1 milliondan ortiq
kompyuter sotilgan edi.
O'sha davrda o'tkazilgan tadqiqotlarda
kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qo'llaniladi, degan
fikr ustuvor edi. Shu voqea «Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir bo'ldi.
Chunki o'tkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari nusxalash
avtomatlariga muhtoj emas, degan fikr asosiy o'rin egallagan edi. Lekin
hech kim bu asboblar idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak
bo'ladi, deb o'ylamagan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yangi korxona tashkil
etilganda uning mahsuloti yoki xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda
yangi iste’molchilarini topadi. Faqat an’anaviy qotib qolgan ishbilarmonlik
dunyoqarashni o'zgartirish kerak, xolos. Agar ma’lum maqsad uchun
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga yangi iste’molchilar tomonidan qiziqish
bildirilsa, kompaniya shu qiziqishga jiddiy e’tibor berib, tahlil qilib
chiqishi lozim.
Agar bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqtda
«kasallik» bo'lsa, moliyaviy omil, ya’ni noto'g'ri moliyaviy siyosat olib
borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jiddiy
xavf tug'diradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi
korxonalarni tashkil etganda, birinchi navbatda, katta daromad olishga
intiladi. Lekin dastlabki vaqtda, asosiy e’tiborni ishlab chiqarish,
rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish
manbaini topish lozim. Yangi korxona qo'shimcha kapital bilan
ta’minlangandagina rivojlanishi mumkin, ya’ni ishbilarmonlik moliya
boshqaruvisiz bo'lmaydi.
Korxonaning rivojlanishi va muvaffaqiyatida oliy boshqaruv tizimi
yoki maxsus boshqaruv guruhi tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
guruh ishni o'z korxonasining ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini tahlil
qilishdan boshlashi lozim. Ular korxona muvaffaqiyatini ifodalovchi
yo'nalishlami aniqlab, maqsad va vazifalari ni belgilashi zarur. Korxona
rahbari o'z xodimlari bilan hamkorlik qilib, talabni bo'shashtirmasdan,
ularga ishonch bildirib, faoliyat yuritishi lozim. Rahbar doimo yetakchi
bo'lishi kerak.
O 'z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi
korxonaning boshqaruv omillaridan biridir. Yangi korxona rivojlanib,
taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham o'zgarib boradi.
Ko'p ishbilarmonlar sodir bo'layotgan o'zgarishlarni doimo anglay
ololmay, yangi sharoitda nima qilishini bilmay qoladilar. Mana shu
sharoitda tadbirkor o'ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga
moyil?», «Qaysi ishda men o'zimni ko'rsata olaman?», «Korxonaning
qaysi bir ish yo'nalishida men foyda keltiraman? » kabi savollar berib,
tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Edvin Lend o'z
kompaniyasiga 13 yil rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida kompaniya
nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil qilgach, E. Lend ma’lum
vaqtdan keyin o'zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligi, bu ishni
professional mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi, o'zi esa ilmiy
izlanishlar bilan shug'ullana boshladi, ya’ni ko'proq samara keltiradigan
sohada faoliyat yuritishga o'tib ketdi. E. Lend o'ziga laboratoriya qurib,
kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi,
firmaning tezkor boshqaruvini maxsus tayyorlangan mutaxassislarga
topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina.
Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi.
Oxirgi yillari imtiyozli
tadbirkorlikda franchayzing keng qo'llanila boshladi. Ishbilarmonlikning
ushbu shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma
yoki biznesmenni belgilangan ma’lum hududda tovar, reklama xizmati,
biznes texnologiyalari bilan ta’minlashni o'z zimmasiga oladi.
Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga)
menejment va marketing sohasida xizmat ko'rsatish va shu kompaniyaga
o'zining ma’lum kapitalini qo'yish majburiyatini oladi. Odatda,
franchayzing faqat kompaniya franchayzer bilan ish olib borish
majburiyatini olib, biznesda uning ko'rsatmalariga bo'ysunishga harakat
qiladi.
Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan
tizimning bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQSHda
yarim milliondan ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan
shug'ullanadi. Ulaming ulushi mustaqil korxonalarga nisbatan oshib
bormoqda.
Franchayzingni yoymoq uchun yirik firma egalari vaqt-vaqti bilan
ko'rgazma
o'tkazishadi.
Bundan
maqsad
kishilami
imtiyozli
ishbilarmonlik bilan shug'ullanishga jalb etishdan iborat.
Ishbilarmonlikning bu turi yoqilg'i quyish shoxobchalari (32%),
yengil va yuk mashinalari bilan savdo-sotiq qilish (
6
%), restoran va
ovqatlanishda tez xizmat ko'rsatish (7%) biznesida keng quloch yoygan.
Franchayzingning asosiy ustuvorligi bitim tuzgan korxonalaming
aniq ixtisoslashishidir. Yirik firmaning ko'mak berishi franchayzingni
tijorat tavakkalini kamaytiradi. Bosh firma o'qitish ishlari olib boradi va
franchayzi-korxona ish faoliyatini doimo nazorat qilib turadi.
Shu bilan birga tizim ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Uning eng
asosiy kamchiligi qisman mustaqillikni yo'qotishdir. Franchayzi korxonasi
bosh firma bilan yuridik bitim orqali bog'langan bo'lib, uning qonun-
qoidalari
talabiga
bo'ysunadi,
franchayzer
kompaniyasining
ko'rsatmalarida bayon etilgan biznesni olib borish uslublariga rioya qiladi.
Bu esa, o'z navbatida, tashabbuskorlikni yo'qotishga olib keladi.
5.3. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat
yuritishlarini mablag' bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri
bo'lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag'lami
qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo'lsa, bu xavf darajasi ham
shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi
ham, narx-navolar ham, ish haqi to'lovlari ham sezilarli oshib boradi.
Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo'lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu
holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo'lsa)
xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag' sarflash
maqsadga muvofiqdir.
Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori
bo'lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlaming kirib kelishi oldingi
investitsiyalami tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo'lgan tarmoqlar
uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro'ga ega
bo'lmasa va mablag' egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni
xohlamasa ham mablag'ning o'zini qoplash muddatiga qarab ish ko'riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag' bilan
ta’minlanish va uni o'zlashtirish tartibini ko'rib chiqamiz. Korxona
ixtiyorida o'zlashtirish uchun
1 2 0
ming so'mlik xomashyo resurslari va
tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida
korxona 35 ming so'm daromad olishni ko'zda tutmoqda. Shu asnoda
korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan
kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo'sh,
ushbu loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblami amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali
hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |