167
5.7-jadval
YOQSHni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
№
Nomlanishi
O’lchov
birligi
Ko’rsatkichlari
1.
Uchastka
maydoni
ga
0,48
2.
YOQSH quvvati
yonilg’i
quy/sutka
500
3.
Neft mahsulotlarini harid qilishni
hisoblangan miqdori, shu jumladan:
tonna/yil
7080
3.1
- benzin Ai-98
40
3.2
- benzin Ai-95
140
3.3
- benzin Ai-91
840
3.4
- benzin Ai-80
3360
3.5
-dizel yonilg’isi
2400
4.
Ikki mahsulotli yonilg’i tarqatish
kolonkalari soni
dona
4
5.
Yonilg’i rezervuarlar soni
dona
6
6.
Bitta rezervuarni sig’imi
m
3
25
7.
Rezervuarlarning umumiy sig’imi
m
3
150
8.
Хizmat ko’rsatayotgan xodimlar soni
odam
12
9.
Savdo zalining maydoni
m
2
84,8
10.
Energetik resurslarga bo’lgan extiyoj:
10.1
Elektr energiya (istemol qilinadigan
quvvat)
kVt
76,5
10.2
Хo’jalik va ichimlik suv
m
3
/sutka
0,6
11.
Qurilish davomiyligi
oy
5
Nazorat savollari.
1.
YOQSHlar qanday tasniflanadi?
2.
YOQSHlar soni qanday hisoblanadi?
3.
YOQSHning loyiha yechimlariga qo’yiladigan talablar?
4.
Yonilg’i va moy mahsulotlari zahirasi qanday aniqlanadi?
5.
Yonilg’i tarqatish kolonkalar soni qanday hisoblanadi?
168
VI BOB. AVТOMOBILLARGA YONILG’I QUYISH
SHOХOBCHALARIDA QO’SHIMCHA ТEХNIK
SERVIS ISHLARINI ТASHKIL EТISH
Avtomobillarga yonilg’i
quyish shoxobchalari, mavjud iqtisodiy-ijtimoiy
tuzum asosida tarixiy shakllanib va rivojlanib kelgan. Ular barcha mamlakatlar
hududi bo’ylab
shaharlar va qishloqlar, magistral yo’llarning yoqalari, aholi zich
yashovchi mavzelar, avtosayohatchilar to’xtovchi mehmonxonalar
va oromgohlarda
(motellarda) joylashtirilgan.
Avtomobil
haydovchilari
uchun
avtomobillarga
yonilg’i
quyish
shoxobchalariga kelib, yonilg’i zahiralarini to’ldirgan vaqtda avtomobildagi mayda
nuqsonlarni bartaraf etib olish qulay va oson. Shuning uchun xorij amaliyotida yo’l
bo’yida joylashgan AYOQSHlar tarkibida asosan kichik avtoservis korxonalari
faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekistonda halqaro avtomobil yo’llarining tez sura’tlarda qurilishi, halqaro
yuk tashishning rivojlanishi natijasida bunday YOQSHlarga talab ortib bormoqda va
ularning soni ko’paymoqda. O’zbekiston hududidan o’tuvchi ―Buyuk ipak yo’li‖ning
tiklanishi yo’l bo’ylarida servis infrastrukturasining
yanada rivojlanishini talab
etmoqda. Ushbu YOQSHlarda yengil va yuk avtomobillari hamda avtobuslarga
texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlashni tashkil etish davr talabidir.
Respublikamizda ham ko’pgina YOQSH tarkibida yoki uning yonida
o’rnashgan kichik avtoservis ustaxonalarida
avtomobillarni yuvish, shinalarni
ta’mirlash, ularni azot bilan damlash va muvozanatlash, moy almashtirish, dvigatel va
uning tizimlaridagi mayda nosozliklarni bartaraf etish amalga oshirilmoqda.
Magistral yo’llar bo’yida joylashgan YOQSHlarda asosan texnik xizmat ko’rsatish,
kichik ta’mirlash ishlari
amalga oshiriladi, avtomobil ehtiyot qismlari, anjomlari va
materiallari bilan savdo qilinadi. Ulardagi ishchi postlarning soni 1 dan 5
tagacha
boradi.
Kelajakda ushbu yo’nalishni yanada rivojlanishi, ya’ni yonilg’i quyishga
kirgan mijoz uchun kerakli barcha servisni taklif
etish servis korxonasining
raqobatbordoshligini yanada oshiradigan mezondir. Shuning uchun YOQSH
xodimlari uchun asqotadigan transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlash ishlarini tashkil etish bo’yicha qisqacha ma’lumotlarni ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: