112
qurilmalar (massa va hajmni nisbiy o’lchagichlar),
turbinali, ultratovushli, vixrli
(muhitning hajmini nisbiy o’lchagichlar) va nihoyat,
koriolisli hisoblagichlar
(harakatlanuvchi muhit massasini to’g’ridan – to’g’ri o’lchash) asboblari keng
qo’llaniladi. Keltirilgan hisoblagichlarning barchasi gazga nisbatan qovushqoqligi
yuqoriroq bo’lgan suyuqliklarni (suv, suv eritmalari, neft,
neft mahsulotlari,
suyultirilgan gazlar) o’lchash uchun qo’llash mumkin. An’anaga ko’ra temir yo’l va
avtomobil sisternalaridan yonilg’ini to’kishda GOSТ 12671 bo’yicha oval
shesternyali, halqali, rolik-parrakli va boshqa hajm o’lchagichlari ishlatiladi. Lekin
o’tayotgan uglevodorod miqdorini o’lchash xatoligi yuqoridir. Bunday hollarda
o’tayotgan uglevodorodning massasini o’lchash maqsadga muvofiqdir. Chunki
suyultirilgan uglevodorod gaz holida havodan og’irroq uning zichligi 20°S da —
1,205 kg/m
3
, tabiiy gazniki esa — 0,67–0,70 kg/m
3
, ya’ni tarkibida 95–98%
metan
bo’lgan tabiiy gaz havodan ancha yengil.
Neft mahsulotlari, suyuq yoki gazsimon uglevodorodlarni qabul qilish va
tarqatish orasidagi massa balansini ta’minlash muammo bo’lib kelmoqda. Тemir
yo’l va avtomobil sisternalarida yonilg’i massasi to’g’ridan - to’g’ri torozilarda
o’lchanadi. Ushbu jarayon quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan:
- GOSТ 30414-96 ―Тorozilar. Umumtexnik talablar‖;
- GOSТ R 8.595-2002 ―Тekshirish, o’lchash metodikasi, metodikaga talablar‖.
Тorozilarning ruxsat etilgan xatolik darajasi GOSТ 30414-96 bo’yicha 0,2 va
0,5 sinfiga mos kelishi shart. Nisbiy o’lchash metodi
rezervuardagi mahsulotning
zichligi va hajmini aniqlashga asoslangan. Тekshirish jarayonida GOSТ 8.570-2004
bo’yicha rezervuarning darajalangan hajm jadvallari tekshirishdan o’tkaziladi.
Ammo, rezervuarlar asosan mahsulotni saqlash uchun mo’ljallangani uchun, u
quyilgan va tarqatilgan mahsulotni yetarli aniqlikda o’lchab beraolmaydi. Bundan
tashqari rezervuarni tashish va o’rnatish jarayonida elastik va plastik deformatsiyalar
olgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun rezervuarga quyilgan va tarqatilgan
mahsulotlar barcha metrologik va qonun talablariga javob beradigan maxsus
o’lchash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak.
Neft mahsulotlarining sarfini o’lchash uchun koriolisli sarfo’lchagich
boshqalardan ko’ra muhit massasini o’lchashda xatoligi kam va shuning uchun uning
kelajakda keng qo’llanishi kutilmoqda.
Koriolisli, ya’ni bir vaqtni o’zida massani va zichlikni o’lchovchi
sarfo’lchagichni suyultirilgan va yuqori bosimli (200 kgs/sm
2
) zichlikdagi tabiiy gaz
sarfini o’lchash uchun ham qo’llash mumkin. Natijada qabul qilingan va tarqatilgan
mahsulotlarning balansini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Siqilgan gazlar uchun ishlatiladigan hisoblagichlardan biri 3.8 –
rasmda
keltirilgan. Ushbu hisoblagich tozalangan, agressiv bo’lmagan bir tekisda
o’zgaradigan, bir va ko’p komponentli (tabiiy gaz, havo, azot, argon, uglekislota va
boshqa normal holatda zichligi 0,67 kg/m
3
dan kam bo’lmagan) gazlarni sanoat va
ijtimoiy korxonalarda hamda savdo – sotiq amallarida ishlatish mumkin. Hisoblagich
truboprovodga
ham gorizontal, ham vertikal holatda va gazning pastdan yuqoriga
hamda yuqoridan pastga yo’nalishlarida o’rnatiladi.