K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev


 YONILG’I QUYISH SHOХOBCHASINING BOSH REJASI



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

5.4. YONILG’I QUYISH SHOХOBCHASINING BOSH REJASI 
 
 
YOQSHni joylashtirishga bo’lgan talablar. 
YOQSH uy-joy, ishlab chiqarish 
va madaniy-maishiy binolarga nisbatan shamol yo’nalishi bo’yicha quyi tarafida 
joylashgan bo’lishi kerak.
YOQSHni joylashtirishda:
-
maktabgacha bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari, maktab-internat, 
stansionar davolash muassasalari yer uchastkalarining chegaralarigacha;
-
xonaning yaqin turgan devorigacha bo’lgan minimal masofani aniqlash 
kerak. 
Avtomobil yo’llari va aholi yashash joylarigacha bo’lgan minimal masofa 
ularning toifasiga qarab qabul qilinadi, ya’ni:
-
umumshahar ahamiyatiga ega bo’lgan magistral ko’chalar va magistral 
yo’llargacha – I, II, va III toifali umum tarmoqli avtomobil yo’llari kabi;
-
qolgan ko’cha va yo’llargacha – me’yorlanmaydi.
YOQSH hududida transport vositalarining harakati, odatda bir taraflama 
bo’lishi kerak. Bu holda kirish va chiqish uchun alohida yo’llar ko’zda tutilgan 
bo’lishi kerak.
YOQSH hududida, gullaganda o’zidan tolali va tukli moddalar ajratib 
chiqaradigan yoki urug’i to’kiladigan daraxtlar va butalar ekishga yo’l qo’yilmaydi.
 
Bino va inshootlarga talablar. 
YOQSHda xodimlar uchun quyidagi xizmat va 
maishiy binolar (xonalar) joylashishi mumkin: operator, ma’muriyat, qozonxona, 
ovqatlanish, qorovul xizmati xonalari hamda xojatxona, maxsus kiyimlar, asboblar, 
ehtiyot qismlar, asboblar va jihozlar uchun xujralar joylashishi kerak. 
Ko’rsatilganlardan tashqari YOQSH hududida yo’lovchilarga, haydovchilarga va 
ularning transport tizimlariga xizmat ko’rsatish xonalarini joylashtirish tavsiya 
etiladi.
Haydovchi va passajirlarga qo’shimcha ravishda xizmat ko’rsatishda kafe, bar, 
magazin va xojatxonalar ko’zda tutilishi mumkin. Тransport vositalariga servis 
ko’rsatish uchun texnik xizmat ko’rsatish va yuvish postlari ko’zda tutilishi mumkin. 
YOQSH hududida ―A‖, ―B‖ (texnik xizmat ko’rsatish postlari va yuvish 
binolaridagi transport vositalarini o’rnatish xonalaridan tashqari) va ―G‖ toifali 
xonalarni joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
YOQSH hududida joylashgan bino va inshootlar I, II va III darajali o’tga 
chidamli va odatda bir qavatli bo’lishi kerak.
YOQSHdan unga ta’luqli bo’lmagan ob’ektlargacha bo’lgan minimal masofa 
5.1-jadval bo’yicha qabul qilinadi.


153 
YOQSH xodimlari uchun xonalar, operator xonasini qo’shib hisoblaganda, 
haydovchi, yo’lovchi yoki ularning transport vositalariga servis ko’rsatish binolarida 
joylashishi kerak.
Bitta binoda joylashtirishga ruxsat etilmaydi, qaysiki:
-
transport vositalariga servis ko’rsatish xonalari va yo’lovchi va 
haydovchilarga xizmat ko’rsatish xonalarini; 
-
umumiy ovqatlanish xonalari va tez o’t oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni 
sotishga mo’ljallangan do’kon xonalarini.
Тransport vositalariga servis ko’rsatish binolarida 3 tadan ko’p bo’lmagan 
texnik xizmat ko’rsatish postlari bo’lishi mumkin. 
Moy mahsulotlari (ishlatilgan moylarni hisobga olganda) umumiy sig’imi 1m

dan ortiq bo’lmagan idishlarda, qo’shni xonalardan yong’inga qarshi I turdagi 
to’siqlar bilan ajratilgan va tashqariga mustaqil chiqadigan yo’li bo’lgan maxsus 
xonalarda saqlananishi kerak.
Aholi yashaydigan punktlarda joylashtirilishi ko’zda tutilgan, YOQSHni 
loyihalanayotganda faqat yengil avtomobillarga xizmat ko’rsatish postlari xonalarini 
joylashtirishga ruxsat etiladi.
5.1 – jadval

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish