K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

Nazorat savollari: 
 
1.
 
Neft mahsulotlarining inson va atrof muhitga ta’siri

2.
 
Ekologik xavfsizlik tushinchasi nima? 
3.
 
O’zbekiston Respublikasining tabiatni muhofazalash qonuniyati va ularning 
asosiy vazifalari.
 
4.
 
Atrof muhit sifati me’yorlari nimalardan tashkil topadi? 
 
5.
 
Atrof muhitga fizik zararli ta’sirlarning chegaraviy ruxsat etilgan darajasi 
(ChRD) nima? 
6.
 
YOQSH da qanday manbalar atrof muhitga zararli moddalar chiqaradi?

7.
 
Qaytaruvchi disklarning vazifasi. 
 
8.
 
«Kichik nafas olish» da mahsulot yo’qotilishi.
 


143 
9.
 
«Katta nafas olish» da mahsulot yo’qotilishi.
 
10.
 
Yerusti rezervuarlarining issiq qaytarish qoplamalari. 
 
11.
 
YOQSH manbalaridan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalarni 
kamaytirish tadbirlari. 
 
12.
 
Yerning tuproq qatlami va suv havzalarini neft mahsulotlardan asrash. 
 
13.
 
Тozalash inshoatlari, vazifasi va undan foydalanish. 
 
14.
 
YOQSHni chiqindilardan tozalash. 
 
 
V BOB. YONILG’I QUYISH SHOХOBCHALARINI
LOYIHALASH 
 
5.1. YONILG’I QUYISH SHOХOBCHALARINI LOYIHALASH
ASOSLARI VA BOSQICHLARI 
 
Yonilg’i quyish shoxobchalari (YOQSH) transport vositalariga yonilg’i, moy, 
sovutish suyuqliklari hamda shinalarni damlash uchun mo’ljallangan. Suyultirilgan 
gazda ishlaydigan avtomobillarning ballonlarini gaz to’ldirish stansiyalari (AGТS) da 
suyultirilgan gaz bilan, siqilgan gazda ishlaydiganlarini esa, gaz to’ldirish kompressor 
stansiyalarida siqilgan gaz bilan to’ldiradilar. Bulardan tashqari, YOQSHlarda turli 
mayda ehtiyot qismlar, moylash va boshqa ekspluatatsion ash’yo sotilishi mumkin.
YOQSHlar joylashtirishga qarab aholi yashash hududlaridagi va yo’l 
yoqasidagilarga bo’linadi. O’z navbatida aholi yashash hududlaridagi YOQSHlar, 
shahar markazining tashqi qismida joylashgan hamda harakatdagi tarkib, 
mototexnikaning hamma turlariga yonilg’i quyishga mo’ljallangan va shahar 
markazidagi tumanlarda joylashgan ―trotuar turi‖dagi YOQSHlarga bo’linadi.
YOQSH tarkibiga operator, moylash materiallari va avtomobil anjomlari bilan 
savdo qilish xonalari joylashgan bino, tarqatish kolonkalari joylashgan orolchalar, 
ichki o’tish yo’laklari va avtomobillarning turish maydonchalari kiradi.
YOQSHda avtomobillarni kichik ta’mirlash ishlari uchun bir yoki ikkita 
texnik xizmat ko’rsatish postlari, yuvish posti joylashishi mumkin. YOQSHning 
quvvati sutka davomida 250, 500, 750 va 1000 yonilg’i quyishlar soni bilan 


144 
tavsiflanishi mumkin. Shahar YOQSHlarining quvvati sutkasiga 150 dan 1000 
tagacha yonilg’i quyishi mumkin va u yonilg’i tarqatish kolonkalari soniga va 
ularning unumdorligiga bog’liqdir.
YOQSHlarni loyihalash kapital qurilishlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar 
asosida amalga oshiriladi.
Asosiy talab loyihalanayotgan YOQSHning bino va inshootlarini fan va 
texnikani yangi yutuqlaridan foydalanilgan holda yuqori texnik daraja va yuqori 
iqtisodiy samaradorligini ta’minlashdan iboratdir.
Yuqori sifatli loyihalashning zarur shartlari – YOQSHning vazifasi, quvvati 
va hududda joylashishini to’liq asoslash hamda zamonaviy, ilg’or texnologik 
jihozlarni qo’llashdan iboratdir.
YOQSHlar sanoat korxonalarini loyihalashning umumiy qoidalari asosida, bir 
yoki ikki bosqichda loyihalanadi. Ikki bosqichli loyihalash texnik loyiha va ishchi 
chizmalardan iborat bo’ladi. Bir bosqichli loyihalashda ular birlashtirilgan holda 
bajariladi. 
Loyihalashning ikkala bosqichidan oldin ob’ektni loyihalash topshirig’i 
tuziladi.
Тopshiriqda loyihalashda kerak bo’ladigan barcha asosiy ma’lumotlar 
keltiriladi:
-
loyihalash uchun asos (qaror yoki buyruq); 
-
qurilish uchastkasi, joylashgan hududi;
-
YOQSHning vazifasi, ish tartibi;
-
xizmat ko’rsatiladigan ob’ekt va mahsulot turlari;
-
loyihalanayotgan YOQSHning ko’rsatkichlari;
-
qo’llanilishi mumkin bo’lgan andozaviy loyixalar;
-
YOQSHni suv, elektr quvvati va boshqalar bilan ta’minlash manbalari.
Loyihalash topshirig’iga qurilish ob’ektining texnik-iqtisodiy asoslanishi, 
ajratilgan yer uchastkasining qurilish pasporti ilova qilinadi.
Тexnik loyiha tasdiqlangan loyihalash topshirig’i asosida bajariladi. 
U quyidagi qismlardan iborat: umumiy, texnologik, qurilish, sanitar-gigiyena, 
energetika sarf-harajat smeta va iqtisodiy.
Loyihaning texnologik va iqtisodiy qismlari YOQSH uchun o’ziga xos 
xususitga ega, boshqa qismlari esa, hamma qurilish tarmoqlarini loyihalash 
qismlariga o’xshash bo’ladi.
Loyihaning texnologik qismi hisoblash-tushintirish xatidan, YOQSH bosh 
rejasi chizmasidan va asosiy texnologik jihozlarni tanlash hamda rejalashtirishdan 
iborat bo’ladi.
Hisoblash – tushuntirish xati quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-
loyihalash uchun topshiriq (loyihalanayotgan YOQSH vazifasi, tarkibi, ish 
tartibi, asosiy texnologik jarayon tavsifi va uni hisoblash me’yorlari va 
boshqalar);


145 
-
YOQSH soni, yonilg’i quyish kolonkalar soni, yonilg’i saqlash rezervuarlar 
sig’imi va soni, texnologik jixozlar turi, rusumi, soni, egallagan maydon 
yuzalarining hisoblari; 
-
YOQSH bosh rejasi, operator, texnik va boshqa yordamchi xonalar rejalari;
-
texnologik yechimning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari;
-
loyihaning boshqa qismlarini hisoblash uchun ma’lumot, topshiriq va 
boshqalar.
Тexnik loyihaning bosh reja chizmasida YOQSHning o’zi, bino va 
inshootlarining hududda joylashuvi, avtomobillarni harakat yo’nalishlari ko’rsatiladi.
Bosh reja chizmasi 1:200, 1:400, 1:500 masshtablarda, binolarning 
rejalashtirilishi 1:50, 1:100 masshtablarda bajariladi.
Ishchi chizmalar tasdiqlangan texnik loyiha asosida va unga mos ravishda 
ishlab chiqilib, jihozlar, asbob-uskunalarni o’rnatish va qurilishni ta’minlash uchun 
xizmat qiladi. Ularda ishchi joylari, har bir joy uchun jihozlarning o’zaro o’rnashuvi, 
elektr, suv va boshqa iste’molchilari ko’rsatiladi. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish